Nodirjon Xolbo‘tayev (Jonuzoq) prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
O‘zAning xabar qilishicha, u boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Qanday ishga o‘tishiga aniqlik kiritilmagan.
Nodir Jonuzoq 2022-yilning aprel oyi o‘rtalarida Dilshod Kenjayev o‘rniga prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangunga qadar 2019-yilning dekabridan buyon O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Izoh (0)