Toshkentning Mirobod tumanidagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 30-dekabr kuni soat 08:21 larda Sodiq Azimov ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlarning birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi yuz bergan.
Hodisa oqibatida bir kishi jabrlangan.
Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati va boshqa ixtisoslashtirilgan tuzilmalar vakillari yetib borgan.
Izoh (0)