Toshkentning Mirobod tumanidagi ko‘p qavatli uyda gaz portlagandi. Energetika vazirligi holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Unda aytilishicha, voqea 30-dekabr kuni soat 08:21 lar atrofida Sodiq Azimov ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida yuz bergan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, xonadon egasi 84 yoshli fuqaro bo‘lib, u gaz plitasidan foydalanib, gazni o‘chirmasdan qoldirgani sababli xonada gaz to‘planib, chaqnash sodir bo‘lgan va u jarohatlangan.
“Hududgaz poytaxt” gaz ta’minoti mas’ullari voqea joyiga yetib borgan.
Izoh (0)