O‘n yillik globallashuv nihoyasiga yetdi. 2023-yilda geosiyosiy tafovut kapital bozori va investitsiyalar uchun katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda JPMorgan Asset Management institutsional portfel strategiyasi rahbari Jared Grossga tayanib Bloomberg xabar beradi.
“Ta’minot zanjirlari, sanoat siyosati, energetika va mudofaa bozorga ta’sir qilishda davom etadi”, — deydi u.
JPMorgan 2023-yilning asosiy mavzusi sifatida uchta toifani aniqladi: iqtisodiy globallashuv, siyosiy globallashuv va ijtimoiy globallashuv.
Uning ta’kidlashicha, “deglobalizatsiya” tendensiyasi COVID-19 pandemiyasi va Rossiyaning Ukrainadagi urushidan oldin ham boshlangan.
Gross bunga qisman AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining siyosati va amaldagi yetakchi Jo Baydenning Xitoyga nisbatan siyosati ham ta’sir qilganini ta’kidladi.
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Xitoyni nohaq raqobatda va mamlakatning intellektual mulkini o‘g‘irlashda tanqid qilgan.
Mavzuga doir: Mutaxassislar fikri: global logistika ta’minoti 2024-yilgacha tiklanmaydi
Izoh (0)