Qozog‘istonning “Kazmunaigas” davlat kompaniyasi (KMG) 2023-yil yanvar oyida neftni Germaniyaga sinov tariqasida jo‘natish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Kompaniya boshqaruvi raisi Mag‘zum Mirzagaliyev Germaniya Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish vazirligi davlat kotibi Mixayel Kellner bilan muzokaralardan so‘ng bu haqda ma’lum qilingan.
Tomonlar bir kun avval, 20-dekabr kuni videoaloqa orqali uchrashuv o‘tkazdi. Mirzagaliyev Ostonada Germaniya so‘l partiyasi parlament guruhidan Bundestag deputati Kristian Gerke bilan ham uchrashdi.
Xususan, Qozog‘iston neftini Germaniyaning Shvedt shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga eksport qilish masalasi muhokama qilindi.
Bundestag deputati, shuningdek, “Drujba” neft quvuri orqali “barqaror yetkazib berishdan manfaatdorligini” bildirdi.
KMG rahbari Qozog‘iston neftini ushbu quvur orqali Germaniyaga eksport qilish imkoniyatini tasdiqladi, biroq “shartnomaviy va texnik masalalar”ni hal qilish kerakligini ta’kidladi.
“Qozog‘iston Prezidentining topshirig‘iga ko‘ra, “Kazmunagaz” 2023-yilning yanvarida Germaniyaga neft partiyasini sinov tariqasida jo‘natish variantini ko‘rib chiqmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi kompaniya matbuot xizmati.
Izoh (0)