Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Azhar Giniyat mamlakatda cho‘chqa grippi tarqalayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.
Respublikada grippning uch turi, jumladan, ro‘yxatga olingan cho‘chqa grippi ham tarqalmoqda.
“Qozog‘istonda H1N1 cho‘chqa grippi qayd etilgan. Adenovirus ham ro‘yxatga olingan. Viruslar bir-biri bilan aralashib, miks-infeksiyani hosil qilmoqda. Mamlakatda superinfeksiya ham kuzatilmoqda”, — deydi Giniyat.
Vazir mamlakatda koronavirusning “omikron” shtammi ham aylanib yurganini qo‘shimcha qilgan.
“ ‘Omikron’ning bir necha turlari mavjud, chunki virus o‘zgarishga uchramoqda. U atrof-muhitda ham saqlanib qoladi. Mamlakatimizda esa ‘Serber’ varianti tarqalmoqda”, — deydi rasmiy.
Giniyatning ta’kidlashicha, grippga qarshi emlanish viruslardan himoyalanishga yordam beradi. Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari oktabrda grippga qarshi emlangan. Bundan tashqari, u hamma joyda niqob taqishga harakat qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, Qirg‘izistonda ham aholi orasida cho‘chqa grippi aniqlangan. Kasallik Rossiyada ham qayd etilgan.
Izoh (0)