Yevropa Ittifoqi davlatlari gaz narxiga cheklov o‘rnatishni yoqlab ovoz berdi. Cheklov 1 MVt/soat gaz uchun 180 yevroni tashkil etadi va u 15-fevraldan kuchga kiradi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Polshaning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakolatxonasi erishilgan kelishuvni tasdiqladi.
Hujjatdan kelib chiqilsa, cheklov dastlab birjadan tashqari operatsiyalarga nisbatan qo‘llanmaydi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Chexiya narx chegarasini 220 yevroga, farqni esa 35 yevroga tushirishni taklif qilgan.
12 davlatdan iborat guruh Chexiya hukumatiga bunday cheklovlarni qabul qilib bo‘lmasligini va ularni sezilarli darajada kamaytirish kerakligini aytgan.
15-dekabr kuni Yevropa Ittifoqi sammitida gaz narxining yuqori chegarasi bo‘yicha kelishuvga erishilmadi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari muhokamani 19-dekabrda davom ettirishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)