Rossiyaning SPB Exchange birjasi O‘zbekiston kompaniyalarining aksiyalarini listingga chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda savdo maydonchasi rahbari Roman Goryunovga tayanib, “Kommersant” xabar bermoqda.
Fond birjasida listing (birja kotirovka varag‘i) – bu kompaniyaning birja talablariga javob berishini tekshirishdan iborat maxsus birja tadbiri.
Bundan tashqari, Hindiston, Braziliya, Meksika, Janubiy Afrika va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarning ham qimmatli qog‘ozlari listingga chiqarilishi kutilmoqda.
Goryunovning so‘zlariga ko‘ra, 2023-yil oxirigacha savdo maydonchasi Gonkong fond birjasida joylashgan Xitoy aksiyalari sonini 500 taga yetkazmoqchi.
Ayni paytda fond birjasida 79 ta Gonkong qimmatli qog‘ozlari bilan bitimlar investorlar uchun mavjud.
Bundan tashqari, birja Gonkong dollari va yuan ETF’lari bilan sotiladigan investitsiya vositalari sonini oshiradi (2023-yilning birinchi yarmida 25 ta fond bo‘ladi).
SPB Exchange o‘z infratuzilmasida birja operatori maqomini va yuqori likvidli birja vositalarini chiqarish, muomalaga chiqarish uchun axborot tizimini olish uchun ariza berishni rejalashtirmoqda.
2022-yilda savdo maydonchasida 11 ta yangi ishtirokchi akkreditatsiyadan o‘tkazildi va 2023-yilda yana 5 ta yangi ishtirokchi qo‘shilishi kutilmoqda.
SPB Exchange mahalliy platformalarni rivojlantirish, fuqarolarning sarmoyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqish va bozor ma’lumotlari asosida mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun do‘stona yurisdiksiyalarga texnologiyalar va tajribani kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)