• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tunisda o‘ziga o‘t qo‘yib, “Arab bahori”ni boshlagan savdogar, Yaponiya elchixonasida diplomatlarning asirga olinishi va Iroqda “Cho‘l tulkisi” operatsiyasi. Kun xronologiyasida 17-dekabr

    17-dekabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Tunisda “Arab bahori”ni boshlab bergan savdogar, Yaponiya elchixonasida qariyb 500 kishining asirga olinishi hamda Saddam Husayn rejimiga qarshi boshlangan “Cho‘l tulkisi” operatsiyasiga oid faktlar o‘rin olgan.

    O‘ziga o‘zi o‘t qo‘yib, “Arab bahori”ni boshlab bergan savdogar

    2010-yilning 17-dekabr kuni Tunisda Muhammad Buaziziy ismli erkak shahar markazida o‘ziga o‘t qo‘ygandi. Arab olami uchun o‘z joniga qasd qilishning bunday usuli mamlakatdagi inqilobga “moy sepib”, “Arab bahori”ning boshlanishiga sabab bo‘lgan.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    Sidi-Buzid — aholisi 40 ming kishini tashkil etadigan Tunis markazidagi mitti shahar. 2010-yil 17-dekabrdan keyin bu joy Muhammad Buaziziyning o‘limiga bog‘liq, Tunis inqilobi “piligi” va Yaqin Sharqdagi davlatlarning yuzlab aholisi uchun muhim rol o‘ynagan shaharga aylangan.

    Buaziziyning hayoti oddiy va fojiaviy. Uch yoshida otasidan ayrilgan, onasi esa amakisiga turmushga chiqqan. Bir necha yil qishloq maktabiga qatnagan, keyin esa yetishmovchilik sabab bormay qo‘ygan. Shu bois ko‘plab OAVlar yozganidek marhumning hech qanaqa oliy ma’lumoti bo‘lmagan va u qandaydir yuqori mafkuraviy sabablarni ko‘zlamagan. Buaziziyning oilasi yetti nafar bo‘lgan, oliy ma’lumot faqatgina uning singlisida bo‘lgan va u qo‘lgan kelguncha puldan yordam qilib turgan.

    Onasining so‘zlariga ko‘ra, Buaziziy armiyaga ketishga uringan, ammo uni qabul qilishmagan. Muntazam ravishda ish qidirgan, biroq bundan ham ish chiqmagan, o‘sha vaqtlarda mintaqadagi ishsizlik darajasi 30 foizni tashkil etgan. Natijada u savdo rastalarida meva-cheva sotish bilan kun kechira boshlagan. Butun oilasini boqqan va kichkina yuk mashinasi sotib olish uchun pul yig‘gan.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    Jurnalistlarning aniqlashicha, Sidi-Buziddan Tunis uchun oddiy holat bo‘lgan korrupsiya va politsiya rasmiylarining o‘zboshimchaligi hukmronlik surgan. Muhammadni ham ko‘plab ko‘cha savdogarlari kabi muntazam quvishgan yoki pul talab qilishgan. Tunisning aynan bu viloyatida rastalar orqali savdo qilish uchun hech narsa talab qilinmasdi.

    16-dekabr kuni Muhammad Buaziziy odatdagidek 140 dollar qarzga meva olgan — ularni ertasi kuni foyda bilan sotishga umid qilgan. 17-dekabr tongida savdoni boshlashi bilan amaldor va politsiyachilar tekshiruvga kelgan.

    Buaziziydan savdo uchun aslida talab etilmaydigan ruxsatnomani ko‘rsatishni so‘rashgan. Ruxsatnoma esa yo‘q edi. Pora talab qilishgan — Muhammad esa pul bera olmagan yoki berishni istamagan. Shunda Faaida Hamdi ismli amaldor ayol sotuvchining yuziga urgan, elektron tarozisini tortib olgan, mevalari ortilgan peshtaxtasini qulatgan. Boshqa guvohlar ham peshlavha yiqitilib, tarozi tortib olinganini, ammo tarsaki voqeasi bo‘lmaganini tasdiqlagan. Hamdining o‘zi ham shunday degan.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    Tarsaki voqeasining ahamiyati shundaki, Muhammadning oilasini aytishicha, erkak omma oldida kamsitilgani sabab shunday yo‘l — o‘ziga o‘t qo‘yishgacha borgan. Kamsitilganda ham ayol kishi tomonidan kamsitilgan, musulmon qishloqlarida bu sharmandalik hisoblangan.

    Muhammad mahalliy hokimiyatga borib, tarozisini qaytarishlarini so‘ragan, ammo Sidi-Buzid meri uni tinglashni ham xohlamagan. Shunda u “zapravka”ga borib benzin olgan va meriya oldida ustiga yonilg‘ini quyib, “Sizningcha, men qanday yashashim kerak?!”, deya baqirgan hamda gugurt chaqqan. Holat tasvirlangan video internetda shu zahoti tarqalgan.

    Politsiyaning bozordagi reydi va o‘ziga o‘t qo‘yish jarayonigacha orada bir soat vaqt o‘tgan. Ammo Buaziziy oilasining ta’kidlashicha, bunday yo‘l tutishga yillar davomida mahalliy hokimiyat tomonidan zug‘umga uchrash, kamsitilib kelinish sabab bo‘lgan. Muhammad o‘ziga o‘t qo‘yganidan keyin shahar bo‘ylab norozilik namoyishlari boshlangan.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    Shahar aholisi shunchaki “baqir-chaqir” qilib, tinchib qolmoqchi emasdi. Aksiyalar ertasi kuni ham, undan keyin ham davom etgan. Uni kuch bilan bostirishga bo‘lgan urinishlar, odamlarni battar g‘azabga solgan. Hodisaning “tergov qilinishi” ham vaziyatni yaxshilamagan.

    Muhammadning isyoni va xatti-harakati olov kabi tarqalib, tez orada Tunisning boshqa shaharlarini ham qamrab olgan. Aftidan, mamlakatda ko‘pchilikning sabr-kosasi to‘lib turgan va bu uchun birgina sabab yetishmayotgandi. Bir necha hafta ichida inqilob alangasi poytaxtga ham yetib borgan. Hukumat jangsiz taslim bo‘lishni istamasdi, namoyishchilar bilan to‘qnashuvlar ikki tomondan ham qurbonlarning paydo bo‘lishiga olib kelgan.

    Muhammad Buaziziy voqea joyida vafot etmagan. U mamlakatning eng yaxshi shifoxonasiga joylashtirilgan. Afsuski, terisining 90 foizi kuyib ketgan erkak 2011-yilning 4-yanvarida vafot etgan.

    Buaziziyning dafn marosimiga 5 mingdan ortiq inson to‘plangan va ularning kayfiyati yomon edi. Norozilik aksiyalari ko‘lami kengayib, vaziyat nazorat ostidan chiqib ketgan. Natijada yanvar o‘rtalariga kelib mamlakatni 23 yil davomida boshqargan prezident Zin el-Abidin Ben Ali oilasi bilan avvaliga Fransiyaga qochishga majbur bo‘lgan. Fransuz hukumati unga boshpana berishdan bosh tortgani sabab sobiq prezident Saudiya Arabistoniga kelgan. Oqibatda Tunisda saylovlar o‘tkazilgan va mamlakatning oliy rahbariyati almashgan.

    Yaponiyaning Perudagi elchixonasiga hujum

    1996-yil 17-dekabr kuni Tupak Amaru Inqilobiy harakatining (MRTA) 14 a’zosi Yaponiyaning Peru poytaxtidagi elchixonasini egallab olib, 490 kishini asirga olgandi.

    Foto: ICRG

    Foto: ICRG
    Kuba inqilobidan ilhomlangan va o‘z kurashini mayda burjua millatchiligi nuqtayi nazariga asoslagan partizan harakatlari Lotin Amerikasining deyarli barcha qismlarida sinfiy kurashda ayanchli rol o‘ynagan va 1996-yildagi asirlar inqirozi bunday partizan harakatlarining boshi berk ko‘chaga kirib qolganini ko‘rsatgandi.

    MRTA Peru prezidenti Alberto Fuximorini harakatning qamoqda saqlanayotgan a’zolarini ozod etilishga majburlash, asirlar uchun tovon puli undirish va mamlakatning qashshoq aholisiga nisbatan shafqatsiz munosabatga qarshi norozilik bildirish maqsadida yapon elchisi qarorgohini egallagan.

    Fuximori rejimi Lotin Amerikasidagi eng zulmkorlardan biri hisoblanardi. Fuximori Peruni favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi qarorga asoslanib boshqargan, bir vaqtning o‘zida isyonchilarga qarshi kampaniyalar o‘tkazgan va bu minglab insonlarning umriga zomin bo‘lgan. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) tomonidan ishlab chiqilgan tarkibiy islohot dasturlari uchun namuna sifatida e’tirof etilgan Peru iqtisodiyoti chet el kapitali va mamlakat jamiyatining yuqori qismidagi boylarning tor qatlami uchun kutilmagan foyda keltirgan, shu bilan birga keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirgan, biroq ommani qashshoqlikka solgan.

    MRTA aholidan yordam so‘ramagan. Ommaviy axborot vositalari “marksist partizanlari” deb atagan bu harakatning usullari va siyosatining marksizm bilan hech qanday aloqasi yo‘q edi. MRTA ishchilar sinfidan ajratilgan holda faoliyat yuritib, asosan Fuximori rejimini ag‘darish o‘rniga unga bosim o‘tkazishga qaratilgan qurolli norozilik harakatlarini amalga oshirib kelgan.

    Foto: ICRG

    Foto: ICRG

    Mazkur harakatga 1983-yilda uchta fraksiya tomonidan asos solingan: sobiq “so‘l” general Velasko harbiy xuntasining ajralib chiqqan Sotsialistik inqilob partiyasi, Kastroistik inqilobiy so‘l harakat guruhi va Kommunistik partiya fraksiyalaridan.

    Elchixonaga bosqinchilik amalga oshirilgan vaqtda u yerda imperator Akixitoning 63 yoshga to‘lishi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etilgandi. Jami 490 kishi (26 davlatning 40 nafar diplomati, ko‘plab vazirlar, Peruning amaldagi prezidentini ukasi Alberto Fuximora va hokazo) asirga olingan. Terrorchilar qamoqda saqlanayotgan harakat rahbarlari va 400 nafar a’zosini ozod etishni talab qilgan. Ko‘p o‘tmay ular ayollar va bolalarni qo‘yib yuborgan: bosqinning o‘ninchi kuni elchixonada 103 asir, 1997-yil 22-aprelda esa 72 asir qolgandi.

    Xorijlik ayol asirlar birinchi kechadagi otishmadan keyin qo‘yib yuborilgan, qolgan chet el fuqarolari besh kun davom etgan tahdidlardan keyin ozod etilgan. Peru qurolli kuchlari tomonidan 1997-yil 22-aprel kuni asirga olingan yuqori martabali amaldorlar ozodlikka erishgan — ular 126 kun qaramlikda yashagan. Operatsiya davomida bir nafar asir, ikki nafar kommandos va harakatning barcha a’zolari o‘ldirilgan.

    Foto: ICRG

    Foto: ICRG

    Keyinroq bir necha isyonchi elchixona ozod etilganidan keyin qatl etilganini bildirgan. Yaponiyalik diplomat Xidetaka Ogura uch nafar isyonchi qiynoqlarga solinganini ko‘rsatgan. Ikki nafar kommandos harakat yetakchilaridan biri Eduardo Kruz bino orqasida tirik ko‘rganini aytgan. Bu kabi ma’lumotlar halok bo‘lgan jangarilarning qarindoshlari tomonidan harbiy xizmatchilarga nisbatan fuqarolik da’volarini ilgari surishga sabab bo‘lgan.

    2005-yilda Peru Bosh prokuraturasi holat bo‘yicha ayblov e’lon qilishga ruxsat bergan. Kommandos himoyasi uchun o‘tkazilgan ommaviy noroziliklar va harbiy sud nazoratidan keyin barcha ayblovlar yechib tashlangan. Biroq keyingi tergovlar Inson huquqlari bo‘yicha Amerika sudiga topshirilgan. U 2015-yilda Kruz sud qilinmasdan qatl etilgan deb topgan va Peru hukumatini xalqaro huquqni buzishda ayblagan.

    Iroqqa qarshi boshlangan “Cho‘l tulkisi” operatsiyasi

    AQSH va Buyuk Britaniya qurolli kuchlarining Iroqqa qarshi “Cho‘l tulkisi” harbiy operatsiyasi 1998-yilning 17-dekabrida boshlangan. Uning maqsadi Iroq tomonini ommaviy qirg‘in qurolini ishlab chiqarish va foydalanish imkoniyatidan mahrum etishdan iborat bo‘lgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Fors ko‘rfazidagi urush yakunlangach, Iroqda BMTning maxsus komissiyasi faoliyat ko‘rsatib, ommaviy qirg‘in qirolini yaratish bo‘yicha Iroq dasturini tekshirish bilan shug‘ullangan. Uning nazorati ostida Iroq 40 ming kimyoviy jangovar kallanchani, kimyoviy qurol yaratishga mo‘ljallangan 700 tonna reagentni, 3,6 ming tonna taqiqlangan kimyoviy moddalar va 100 dan ortiq qurilmalarni yo‘q qilgan.

    1998-yilgi inqiroz bundan yetti yil oldin joriy etilgan sanksiyalarni yechish bilan bog‘liq edi. Mazkur masala BMTning ijobiy javobini olmagach, 31-oktabr kuni Iroq xalqaro komissiya bilan hamkorlikni to‘xtatgan. Inqiroz esa yana ikki hafta davom etgan.

    Iroq tomoni 14-noyabr kuni komissiya bilan dastlabki shartlarsiz hamkorlikni qayta tiklashga tayyorligini ma’lum qilgan. Bu vaqtga kelib AQSH Iroqqa qarshi harbiy operatsiyani tayyorlab bo‘lgandi. Prezident Bill Klintonning aytishicha, u jangovar samolyotlar havoda bo‘lib turganida so‘nggi daqiqalarda zarbalar berilishini bekor qilgan.

     

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Komissiya Iroq to‘liq hamkorlik qilishga tayyor emasligi ma’lum bo‘lgunga qadar ishini davom ettirgan. Komissiya rahbari Richard Batler Iroqni komissiyaga bir necha obyektlarga kirishga ruxsat bermayotganlik va kimyoviy qurollarni ishlab chiqarishga oid hujjatlarni taqdim etmayotganlikda ayblagan. Tekshiruvlarni davom ettirish imkoniyatining yo‘qligi sabab komissiya 16-dekabr kuni Iroqni tark etgan.

    Iroqqa qarshi harbiy operatsiya “Cho‘l tulkisi” nomini olgan. U ikkita maqsadni o‘z oldiga qo‘ygan: harbiy — ommaviy qirg‘in qurollarini yaratish, ishlab chiqarish va saqlashga mo‘ljallangan obyektlarga maksimal zarar yetkazish; siyosiy — Saddam Husayn rejimini kuchsizlantirish.

    Havodan hujumlarni amalga oshirish uchun AQSHning Harbiy-havo kuchlari, Harbiy-dengiz kuchlari, shuningdek, Buyuk Britaniyaning qirollik Harbiy-havo kuchlari jalb etilgan. Quruqlikdagi kuchlar jangovar harakatlarda ishtirok etmagan. Birinchi zarba 1998-yil 17-dekabr kuni Iroq vaqti bilan soat 01:00 da amalga oshirilgan. Butun mamlakatga 14 ta raketa-bomba zarbalari berilgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    AQSH va Buyuk Britaniya Qurolli Kuchlarining Fors ko‘rfazidagi qo‘mondonligi 20-dekabr kuni “Cho‘l tulkisi” operatsiyasi yakunlanganini e’lon qilgan. Aviahujumlar oqibatida Iroq hududidagi jami 97 ta nishon, jumladan, 32 ta havo hujumidan mudofaa tizimlari obyektlari, 20 ta qo‘mondonlik markazlari, 18 ta xavfsizlik kuchlari obyektlari, ommaviy qirg‘in qurollarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq 11 ta obyekt, 9 ta respublika gvardiyasi obyekti, 6 ta aerodrom, 1 ta iqtisodiy obyekt yakson qilingan.

    AQSH va Buyuk Britaniya samolyotlari 650 martadan ortiq havoga ko‘tarilgan bo‘lib, 415 dan ziyod dengiz va havodan qanotli raketalar uchirilgan. Iroqning havo hujumidan mudofaa tizimlari sust ishlagan bois Amerika—Britaniya aviatsiyasi yo‘qotishlarga uchramagan. Operatsiya davomida “B-1B Lanser” strategik bombardimonchisidan birinchi marta qo‘llanilgan. Bundan tashqari, AQSH Harbiy-dengiz kuchlari tarixida birinchi uchuvchi ayollarning jangovar parvozlari amalga oshirilgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, nishonlarning 85 foizi ishg‘ol etilgan, shu bilan birga, 43 tasi to‘liq yakson etilgan yoki jiddiy zarar keltirilgan, 30 tasiga o‘rtacha, 12 tasiga yengi shikast yetgan.

    Amerika hamjamiyati umuman olganda Iroqqa qarshi harbiy aksiyani qo‘llab-quvvatlagan. Shu bilan birga, tanqidchilar Klintonni Iroqqa qarshi harbiy harakatlar bilan Monika Levinski bilan ishqiy munosabatlariga oid ishni omma e’tiboridan chetlanish uchun boshlaganlikda ayblagan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Harbiy operatsiyaning o‘tkazilishi Yaponiya, Kanada, Avstraliya, janubiy Koreya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Chaushesku rejimini qulatgan inqilob, O‘zbekiston elchixonasiga bostirib kirgan turkman maxsus kuchlari va Nyu-York osmonida ikki samolyot to‘qnashuvi. Kun xronologiyasida 16-dekabr

    17.12.2022, 09:30   Izoh (0)   47502
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    BMT Bosh assambleyasi Qrim bo‘yicha yangilangan rezolyutsiyani qabul qildi

    16.12.2022, 23:54

    Rossiya Kiyevga hujum qilishga tayyorlanayotganini ko‘rmadik — Oq uy

    16.12.2022, 22:41

    Hindiston bosh vaziri Ukrainadagi urushni tugatish uchun Putinni muloqot va diplomatiyaga chaqirdi

    16.12.2022, 21:41

    Serbiya Kosovoga armiya va politsiya kuchlarini joylashtirish uchun NATOga so‘rov yubordi

    16.12.2022, 21:09

    Turkmaniston fuqarolari chipta narxi qimmatligi uchun Rossiyadan uyiga O‘zbekiston orqali qaytmoqda

    16.12.2022, 20:55

    Putin Ukrainaga bostirib kirish Rossiya iqtisodiyotini o‘ldirishini bilgan — Financial Times

    16.12.2022, 20:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    To‘rt yoshli bloger qiz Forbes’ning “30 dan 30 gacha” ro‘yxatiga kirdi

    Layfstayl | 17 may, 14:35

    Toshkentdagi maktabda bolani urgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatilib, yana ishga tiklandi

    O‘zbekiston | 17 may, 14:13

    Olimlar musiqa yordamida ozishning yangi usulini kashf etdi

    Maslahatlar | 17 may, 13:40

    Yaqin yillarda sun’iy intellekt egallashi mumkin bo‘lgan 10 ta kasb

    Layfstayl | 17 may, 12:45

    Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni tavallud kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 17 may, 12:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.