• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Chaushesku rejimini qulatgan inqilob, O‘zbekiston elchixonasiga bostirib kirgan turkman maxsus kuchlari va Nyu-York osmonida ikki samolyot to‘qnashuvi. Kun xronologiyasida 16-dekabr

    16-dekabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Chaushesku rejimini qulatgan inqilob, O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasiga bostirib kirgan turkman maxsus kuchlari hamda Nyu-York osmonida to‘qnashgan ikki samolyotga oid faktlar o‘rin olgan.

    Chaushesku rejimini qulatgan inqilob

    1989-yil 16-dekabr kuni Rumiyada boshlangan inqilob oqibatida Nikolae Chaushesku rejimi qulagan va u otib tashlangan edi. 1980-yillar oxirlari Sharqiy Yevropada “xalq demokratiyalari” tizimining parchalanish vaqti edi. 1989-yilgacha kommunistik partiyalar Polsha, Vengriya, Germaniya va Chexoslovakiyada hokimiyatni qo‘ldan boy bergan. Ushbu jarayon tinchlik xarakteriga ega edi va “bamal inqilobi” nomini olgan. Ruminiya mazkur qoidaning yagona istisnosiga aylangan. Mamlakatni 1965-yildan beri ekssentrik va avtoritar siyosatchi Nikolae Chaushesku boshqarib kelardi.

    Foto: Warspot
    Uning davrida Rumiya Sotsialistik Respublikasi Varshava bitimi va O‘zaro iqtisodiy yordam kengashini tashkillashtirishda ishtirok etgan. Ruminiya Yugoslaviya bilan faol iqtisodiy hamkorlikni olib borgan; rumin sportchilar 1984-yilda Sharqiy blok tomonidan boykot qilingan Los-Anjelesdagi Olimpiada o‘yinlari, shu bilan birga, “Do‘stlik-1984” o‘yinlarida ham ishtirok etgan.

    Ruminiyaning bunday siyosatining iqtisodiy asosi respublikaning energetik mustaqilligi edi: Ploeshti tumanida neft va gaz qazib olingan. Bundan tashqari, mamlakat rahbariyati tomonidan “alohida yo‘nalish” belgilab olingan.

    Buxarest G‘arb dunyosi, Moskva, Belgrad va Pekin o‘rtasida manyovr qilib, iloji boricha ko‘proq foyda olishga intilardi. Chaushesku o‘z mamlakatida haqiqiy shaxsga sig‘inishni paydo qilgan. 1978-yilda uning 60 yoshga to‘lgani tantanasi katta dabdaba bilan nishonlangan. Unga nisbatan “Karpat dahosi” va “Nurimiz manbai” ta’riflarini ishlatish odatiy holga aylangan.

    Foto: Warspot

    1980-yillar boshida mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat yomonlashishni boshlagan. Xalqaro kreditlarni majburiy qaytarishga qaratilgan siyosat turmush darajasining pasayishiga olib kelgan. Targ‘ibot mashinasi “ratsional iste’mol” haqida bong urgan: shu orqali oziq-ovqat uchun navbatlar, xalq iste’moli tovarlarining yetishmovchiligi maskirovka qilingan.

    Ko‘plab ruminlar xorijga qochishga tushgan. Transilvaniyadagi venger ozchiliklarining noroziligi kengaya boshlagan. Shu bilan birga Chaushesku SSSRdagi “qayta qurish”ni qabul qilmagan, jamiyat ustidan nazoratni kuchaytirilgan — buni Davlat xavfsizlik xizmati (sekuriatate) amalga oshirardi.

    1989-yil noyabrda Buxarestda Ruminiya Kommunistik partiyasining XIV syezdi o‘tkazilgan. Unga to‘planganlar gulduros qarsaklar bilan bir necha bor kondukatorning nutqini bo‘lgan. Chaushesku sotsialistik blok mamlakatlaridagi “kapitalistik tiklanish”ni tanqid qilgan. Ammo o‘shanda ham mamlakat g‘arbida namoyishlar boshlandi. Vengriyalik protestant ruhoniysi Laslo Tyokeshning hukumatga qarshi va’zlari uchun Timisoaradan chiqarib yuborilishi detonator vazifasini o‘tagan. Dekabr o‘rtalariga kelib shaharda ommaviy namoyishlar boshlanib, unda ruminlar va vengerlar ishtirok etgan. Chaushesku namoyishlarni qanday bo‘lmasin to‘xtatishni talab qilgan, ammo kuch tuzilmalari armiya va politsiyani oxiriga qadar nazorat qilmayotgandi.

    Foto: Warspot

    21-dekabr kuni ommaviy tashviqot hujumidan so‘ng (Ruminiya rahbari Timisoaradagi tartibsizliklarni xorijiy davlatlar josuslik xizmatlari uyushtirganini aytgan) Buxarestda katta miting tashkil etilgan. Biroq ularning bir qismi Chausheskuga qarshi shiorlar bilan chiqqan. Bundan norozilik to‘lqinlari poytaxt bo‘ylab tarqalgan. Shu kuni yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida 100 dan ortiq inson halok bo‘lgan. 22-dekabr kuni esa shaharda barrikadalar qurish boshlangan, ammo ertasi kuni Buxarest ko‘chalariga 100 minglab odamlar chiqqan, jumladan, poytaxtdagi yirik zavodlarning ishchilari ham.

    Bunday kunlarda Chausheskuning tarafini hech kim olmagan. Sovet va Amerika yetakchilar Buxarestdagi qonli voqealarga hatto izoh ham bermagan. Shu kuni kondukator va uning rafiqasi Yelena Chaushesko Tirgovishtega qochgan hamda o‘sha yerda hibsga olingan.

    Foto: Warspot

    Er-xotin ustidan sud jarayoni qisqa davom etgan va u adolat ustidan parodiyaga o‘xshab ketardi. Ularning qatl etilishi tasvirlari butun dunyo bo‘ylab tarqalgan. Mamlakatda armiya va maxsus xizmatlar vakillari, shuningdek, sirli “terrorchilar” o‘rtasidagi to‘qnashuvlar 28-dekabrga qadar davom etgan kamida 1030 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. Ularning aksariyati ko‘chalardagi otishmalar jarayonida halok bo‘lgan.

    O‘zbekiston elchixonasiga bostirib kirgan turkman maxsus kuchlari

    Bundan 20 yil oldin Turkmaniston maxsus kuchlari O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasiga bostirib kirib, ruxsatsiz tintuv o‘tkazgan edi. Shundan so‘ng o‘zbek—turkman chegarasida keskinlik alomatlari yuzaga kelgan va qo‘shimcha postlar o‘rnatila boshlangan.

    Foto: Wikipedia

    16-dekabr kuni kechqurun Turkmaniston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) maxsus kuchlari guruhi Ashxobod markazida joylashgan O‘zbekiston elchixonasiga bostirib kirgan. Xavfsizlik kuchlarining 15 nafar xodimi diplomatlarning e’tirozlariga qaramay nafaqat xizmat xonalarini, balki elchi qarorgohi va diplomatik missiyaning turar joy kompleksini ham ko‘zdan kechirgan. Turkman hukumati suveren o‘zbek hududiga bostirib kirilishini “elchixonada yashiringan terrorchilarni qidirish” bilan izohlagan.

    Turkman maxsus xizmatlarining ma’lum qilishicha, ularda O‘zbekiston elchisining rafiqasi mamlakat prezidenti Saparmurat Niyozovga suiqasd uyushtirgan bir necha mahalliy fuqaroning Turkmanistondan chiqib ketishiga yordam bergani to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan. Ushbu ma’lumot manbasini oshkor etmagan holda MXQ xodimlari o‘zbek elchisining rafiqasini “Turkmaniston prezidentiga suiqasd qilishga aloqador”, deb hisoblagan.

    Milliy xavfsizlik manfaatlarini ko‘zlab, diplomatik vakolatxonalarning ekstraterritorialligi tamoyili kabi “diplomatik nayranglar”ni e’tibordan chetda qoldirish mumkinligi hisobga olinib, maxsus xizmatlar Turkmaniston hududini tark etishga ulgurmagan terrorchilarni O‘zbekiston elchixonasi hududidan qidirishga qaror qilgan.

    Elchixonaga bostirib kirilgan vaqtda O‘zbekiston elchisi rafiqasi bilan birga Qozog‘iston Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda bo‘lgan. Holatdan xabar topgan o‘zbek diplomatik missiyasining barcha xodimlari elchixona tomon yo‘l olgan. Ular bilan birga boshqa bir nechta davlatning elchilari, jumladan, YHXT missiyasi rahbari ham otlangan. Ammo bu vaqtga kelib turkman maxsus kuchlari diplomatik missiya hududini tark etib bo‘lgandi, terrorchilar esa topilmagan. Shunday bo‘lsa-da ular elchixona fonidagi videokamera qarshisida turgan noma’lum turkmandan ko‘rsatma olgan bo‘lib, u bir necha kun davomida u yerda mahalliy huquq-tartibot organlaridan yashiringanini aytgan.

    Kechga borib O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi turkman maxsus xizmatlarining harakatiga qarshi norozilik bildirgan. Vazirlik buni “xalqaro huquq normalari va tamoyillari, Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konventsiyasi qoidalari, shuningdek, ikki tomonlama davlatlararo kelishuvlarning qo‘pol buzilishi” sifatida baholagan. O‘zbekiston Turkman tomonidan “sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha zudlik bilan tushuntirish berilishini”, shuningdek, “aybdorlarni aniqlash va qat’iy javobgarlikka tortish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish”ni talab qilgan. Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchisi TIVga chaqirtirilib, unga tegishli nota topshirilgan.

    O‘zbekiston diplomatik missiyasi va savdo vakolatxonalarining norasmiy suhbatlarida mazkur holat “ochiq-oydin provakatsiya” deb ta’riflangan. Kimligini oshkor etmagan turkman amaldorlari ham bunga qo‘shilgan. “O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi munosabatlarda katta muammolar borligi anchadan beri ma’lum. Dushanba kungi voqeadan tashqari, O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Ashxobodga yaqinda bosh vazir O‘tkir Sultonov boshchiligidagi tashrifi buning so‘nggi tasdig‘idir”, — degan edi Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlaridan biri.

    Tashrif davomida o‘zbekistonlik mehmonlar ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilish o‘rniga turkmanistonlik hamkasblarining ma’naviyatini, Turkmanistonga neft-gaz sohasida imtiyozlar berish bo‘yicha “talab-tavsiya”larini tinglashga majbur bo‘lgan. Sultonov muzokaralar muhitidan shu qadar g‘azabga minganidan “eshikni qattiq yopib”, majlis rasmiy yakunlanishini kutmasdan Toshkentga uchib ketgan. Shundan keyin ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar sezilarli darajada yomonlashgan.

    Islom Karimov va Saparmurot Niyozov

    Islom Karimov va Saparmurot Niyozov
    Foto: “O‘zarxiv”

    O‘zbekistonning o‘sha vaqtda prezidenti Islom Karimov Saparmurat Niyozovga uyushtirilgan suiqasddan xabar topib, unga telegramma yuborgandi. “Terakt — Sizning joningizga qasd qilishga bo‘lgan urinish xabari O‘zbekistonda chuqur tashvish va g‘azab uyg‘otdi. O‘zbekiston terrorizmni har doim har qanday ko‘rinish va shaklda qoralab keladi va qoralaydi hamda bu illatga qarshi kurashda har tomonlama hamkorlik qilishga tayyor”, — deyiladi maktubda. Ammo Turkmanboshi aftidan o‘zbekistonlik hamkasbining bu so‘zlariga ishonmagan ko‘rinadi.

    Turkmaniston rasmiylari O‘zbekistonni prezident Saparmurod Niyozovga muvaffaqiyatsiz suiqasd uyushtirgan va davlat to‘ntarishini amalga oshirgan Boris Shixmurodov boshchiligidagi turkman muxolifatini qo‘llab-quvvatlayotganlikda ayblagan. O‘zbekiston tomoni barcha ayblovlarni rad etgan.

    Yuzaga kelgan keskinlik oqibatida ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi tushib ketgan, chegara rejimi kuchaytirilgan. Mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar 2006-yil dekabrda Niyozovning vafoti va hokimiyatga Gurbanguli Berdimuhamedov kelganidan keyin yana yaxshilangan.

    Nyu-Yorkda ikki samolyot to‘qnashuvi

    1960-yil 16-dekabr kuni soat 10:33 da Nyu-York osmonida ikkita yo‘lovchi avialayneri to‘qnashib ketgandi. Qo‘nishga harakat qilayotgan Douglas DC-8 samolyoti o‘zi uchun ajratilgan havo makoniga soatiga 557 kilometr tezlikda kirib, 1600 metr balandlikda Lockheed L-1049 Super Constellation samolyotini turtib ketgan.

    United Airlines avialaynerining Bruklin ko‘chasidagi qoldiqlari, 1960-yil 16-dekabr

    United Airlines avialaynerining Bruklin ko‘chasidagi qoldiqlari, 1960-yil 16-dekabr
    Foto: AP Photo

    Birinchi samolyotning ba’zi qismlari Bruklinning aholi ko‘p istiqomat qiladigan dahalariga, cherkov va turar joy binolariga tushgan hamda yong‘in chiqqan. Shu bilan birga, uchuvchilar mo‘jizaviy tarzda sho‘ng‘iyotgan samolyotni maktab va yonilg‘i quyish shoxobchasidan nariga olib ketgan. Guvohlarning aytishicha, o‘t o‘chiruvchilar yonayotgan konstruksiyaga tonnalab suv quygan, ko‘chalarda esa ko‘mirga aylangan jasadlar yotgan. Ikki bort Staten-Aylenddagi Miller Fild aviabazasi yaqiniga qulagan.

    Fojia oqibatida 134 kishi — yo‘lovchilar, ekipaj a’zolari va Nyu-Yorkda yashovchi olti kishi halok bo‘lgan. Aviahalokatda omon qolgan yagona shaxs — 11 yoshli Stiven Bals bo‘lib, u Nyu-Yorkka Rojdestvo uchun yo‘l olayotgan bo‘lgan. Yigitcha ham ertasi kuni shifoxonada olamdan o‘tgan. Bu o‘z davrining eng yirik aviahalokatlaridan biri sifatida tarixga kirgan.

    Douglas DC-8 samolyoti qulaganidan keying vaziyat

    Douglas DC-8 samolyoti qulaganidan keying vaziyat
    Foto: AP Photo

    Bruklindagi aviahalokat oqibatida yuz bergan yong‘inni o‘chirish jarayoni

    Bruklindagi aviahalokat oqibatida yuz bergan yong‘inni o‘chirish jarayoni
    Foto: AP Photo

    United Airlines avikompaniyasiga tegishli Douglas DC-8 samolyotining halokatiga guvohlar voqea joyida

    United Airlines avikompaniyasiga tegishli Douglas DC-8 samolyotining halokatiga guvohlar voqea joyida
    Foto: AP Photo

    Bruklindagi aviahalokat oqibatida yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirish

    Bruklindagi aviahalokat oqibatida yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirish
    Foto: AP Photo

    United Airlines samolyotining Bruklin ko‘chasiga qulagan qanot va dum qismi

    United Airlines samolyotining Bruklin ko‘chasiga qulagan qanot va dum qismi
    Foto: AP Photo

    Patrul Steyten-Aylenddagi reaktiv dvigatel bo‘laklarini ko‘zdan kechirmoqda, 1960-yil 17-dekabr

    Patrul Steyten-Aylenddagi reaktiv dvigatel bo‘laklarini ko‘zdan kechirmoqda, 1960-yil 17-dekabr
    Foto: AP Photo

    7-avenyu va Streling-Pleysda yotgan United Airlines samolyot qoldiqlari

    7-avenyu va Streling-Pleysda yotgan United Airlines samolyot qoldiqlari
    Foto: AP Photo

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: SSSR hududidagi greklarning repressiyaga uchrashi, butunlay faoliyatini to‘xtatgan Chernobil AES va AQSH—Xitoy munosabatlarining tiklanishi. Kun xronologiyasida 15-dekabr

    16.12.2022, 09:30   Izoh (0)   43363
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi bahs: 60 yil avvalgi urush qayta boshlanadimi?

    16.12.2022, 09:14

    “Rossiya o‘z yo‘qotishlarini O‘zbekiston va Tojikistondan kelgan mehnat muhojirlari hisobiga to‘ldirmoqda” — Ukraina qurolli kuchlari shtabi

    16.12.2022, 08:57

    Faqat Ukraina emas: 2023-yilda qaysi davlatlarda urush boshlanishi prognoz qilindi

    16.12.2022, 06:00

    Bosniya va Gersegovinaga Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomi berildi

    15.12.2022, 23:42

    Hindiston yadro kallagini olib yurishga qodir ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi

    15.12.2022, 23:27

    “Daryo” kundaligida 15-dekabrda sodir bo’lgan eng muhim voqealar

    15.12.2022, 22:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05

    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

    Reklama | 20 iyun, 21:00

    Ronaldudan penaltini tortib olgan, Kasilyas bilan mojaroda Mourinyoni qo‘llab-quvvatlagan va maydondagi “o‘ynovchi murabbiy” bo‘lgan Xabi Alonso haqida

    Futbol | 20 iyun, 22:03

    O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:45

    Endilikda davlat xizmatchilariga oylik maoshining 30 foizgacha intizomiy jazo qo‘llaniladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.