• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Faqat Ukraina emas: 2023-yilda qaysi davlatlarda urush boshlanishi prognoz qilindi

    2022-yil Qozog‘istonda ommaviy norozilik namoyishlari bilan boshlanishini hech kim kutmagan edi. Rossiya Ukrainaga keng miqyosli hujum boshlashiga ham ko‘pchilik ishonmasdi. Navbatdagi urush va namoyishlar qayerda boshlanishini oldindan aytish deyarli imkonsiz. Ammo “Belsat” nashri hozir qayerlarda notinchlik bo‘layotgani sanab o‘tilgan maqola e’lon qildi.

    Foto: “Marines.mil”

    Rossiya va qo‘shnilari

    Ukraina yaqin orada tinch hayotga qaytishi dargumon. Agar mo‘jiza ro‘y bermasa, Ukrainadagi urush 2023-yilda ham davom etadi: front chizig‘i deyarli o‘zgarmagan bo‘lsa-da, har ikki tomon ham kurashni davom ettirishga bel bog‘lagan. Ukraina energetika infratuzilmasining keng miqyosda o‘qqa tutilishidan keyin ham taslim bo‘lishni istamayapti, Kreml esa vaqti-vaqti bilan muzokaralarga ishora qilsa-da, qo‘shinlarni Ukrainadan olib chiqish niyatida emas.

    Ukraina artilleriyachilari Baxmut yaqinida 130 millimetrli M-46 to‘pidan o‘t ochmoqda. Donetsk viloyati, Ukraina. 2022-yil 15-noyabr.

    Ukraina artilleriyachilari Baxmut yaqinida 130 millimetrli M-46 to‘pidan o‘t ochmoqda. Donetsk viloyati, Ukraina. 2022-yil 15-noyabr.
    Foto: “Belsat”

    Rossiyaning o‘zi 2023-yilda ommaviy noroziliklarga duch kelishi mumkin: bunga yangi safarbarlik to‘lqini, yangi harbiy mag‘lubiyatlar yoki boshqa iqtisodiy inqiroz va turmush darajasining yanada yomonlashishi sabab bo‘lishi mumkin. Rossiyada davlat to‘ntarishi yoki fuqarolar urushi prognoz qilinmagan, biroq tahlilchilar ko‘pincha Checheniston rahbari Ramzan Qodirov va “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojinning jamoat faoliyatiga e’tibor qaratadi. Ularning xatti-harakatlari Rossiya kuch tizimining zaifligini, qonunsizlik ham Rossiya kuch tizimi ekanini ko‘rsatishi mumkin, deb ta’kidladi “Belsat”.

    Rossiyaning Ukrainaga yangi hujumlariga Belarus ham jalb qilinishi mumkin. Qariyb ikki oydan beri Belarus mintaqaviy Belarus—Rossiya qo‘shinlari guruhini joylashtirmoqda va keng ko‘lamli safarbarlik tekshiruvini o‘tkazmoqda. Ammo hozircha Belarusda zarba berish kuchlarini shakllantirish belgilari ko‘rinmayapti.

    Dnestrbo‘yi, Abxaziya va Janubiy Osetiya Ukrainadagi urush va Rossiyaning harbiy mag‘lubiyatlari fonida qo‘l qovushtirib turolmaydi. 2022-yil davomida Ukrainadagi urushda tan olinmagan Dnestrbo‘yi respublikasining ishtiroki haqida mish-mishlar tarqaldi. Qisman tan olingan Janubiy Osetiya Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazishni rejalashtirgandi, biroq fikridan qaytdi.

    Tog‘li Qorabog‘ hamisha to‘qnashuv zonasi bo‘lib kelgan. 2022-yilda Ozarbayjon hatto Armanistonning xalqaro tan olingan hududidagi shaharlarni ham o‘qqa tutdi. Ilgari tinchlikparvar sifatida xizmat qilgan Rossiya hozir Ukrainadagi urush bilan band: Armaniston asta-sekin bunday “ittifoqchi”dan voz kechmoqda. Afsuski, 2023-yilda mintaqada yana qon to‘kilishi ehtimoli bor.

    Dunyoning qolgan qismi

    Urushlar, inqiloblar va davlat to‘ntarishlari umuman kutilmagan joylarda boshlanishi mumkin. Germaniyada davlat to‘ntarishi tayyorlanyapti, deb hech kim o‘ylamagandi. Dekabr oyida bir guruh “Germaniya imperiyasi fuqarolari” Bundestagga bostirib kirishni va monarxiyani tiklashni rejalashtirgani ma’lum bo‘ldi: to‘ntarish uyushtirmoqchi bo‘lgan guruh mamlakat kansleri Olaf Sholsga suiqasd qilishni rejalashtirgan.

    Perudagi siyosiy inqiroz besh yildan ortiq davom etdi. Dekabr boshida parlamentni tarqatib yubormoqchi bo‘lgan prezident hozir hibsda.

    Ko‘pchilik urush va inqiloblarni oldindan bashorat qilishga urinadi. Masalan, Amerikaning Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi yaqinda birgina 2022—23-yillarning qishi uchun o‘z prognozlari bilan ellik sahifali hisobot e’lon qildi.

    Xitoy ushbu hisobotda alohida bo‘limga kiritilgan. Gap faqat Tayvanga ehtimoliy hujum haqida emas. Xitoy asosan harbiy salohiyatini oshirib, Rossiyaga yaqinlashmoqda. Masalan, Economist jurnali Xitoy va Hindiston o‘rtasida Himolay tog‘laridagi bahsli chegaralar bo‘yicha mojaro bo‘lishini prognoz qilmoqda. Bundan tashqari, Xitoy 2022-yilda muvaffaqiyatsizlikka uchragan koronavirus siyosati tufayli keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshdan kechirdi —namoyishlar 2023-yilda yana avj olishi istisno qilinmayapti. Demokratik kayfiyatdagi Gonkong ham yana kommunistlarga qarshi norozilik bildirishi mumkin. Bundan tashqari, Xitoy uyg‘ur xalqiga nisbatan Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya va boshqalar genotsid deb ataydigan siyosatini hanuz to‘xtatmagan.

    Eron poytaxti Tehrondagi namoyishlar. 20-sentabr, 2022-yil.

    Eron poytaxti Tehrondagi namoyishlar. 20-sentabr, 2022-yil.
    Foto: Darafsh

    Eronda 2022-yilda boshlangan va “Diktatorga o‘lim” shiori ostida kechayotgan ommaviy norozilik namoyishlari kelasi yil ham davom etishi yoki zo‘ravonlik bilan bostirilishi mumkin. Namoyishchilarga berilgan imtiyozlar siyosiy emas, ko‘proq ramziy ma’noga ega. Bundan tashqari, Eron Saudiya Arabistoni bilan ochiq urush boshlashi mumkin: noyabr oyida bu mojaro muqarrar deb atalgandi.

    Kosovo yana qaynoq nuqtaga aylanishi mumkin. 2022-yilda Serbiya Kosovo unga hujum uyushtirmoqchiligini da’vo qildi va Rossiyaning “denasifikatsiya” haqidagi ritorikasini ishlatdi, Serbiya prezidentiga esa “mini-Putin” sifatida qarashmoqda. U yerdagi mojaro muzlatib qo‘yilgan, lekin butunlay yumshatilmagan: Serbiya haligacha Kosovo mustaqilligini tan olmaydi (va “Kosovo Kosovoni okkupatsiya qilganidan” norozi), Kosovo esa mustaqil davlat sifatida ishlashga harakat qilmoqda.

    AQSH dengiz piyodalari korpusining shahar sharoitidagi mashg‘uloti, askarlar jangarilar rolini o‘ynamoqda. Tventynayn Palmz, AQSH. 2022-yil 21-oktabr.

    AQSH dengiz piyodalari korpusining shahar sharoitidagi mashg‘uloti, askarlar jangarilar rolini o‘ynamoqda. Tventynayn Palmz, AQSH. 2022-yil 21-oktabr.
    Foto: “Marines.mil”

    Yaqin Sharq va Afg‘oniston, Shimoliy va Markaziy Afrika qonli to‘qnashuvlar maydoni bo‘lib qolmoqda. Yaman, Somali, Suriya va Efiopiyada urushlar, Kongo demokratik respublikasi, Nigeriya va boshqa joylarda nisbatan kichik mojarolar davom etmoqda, “Tolibon” Afg‘onistonni nazorat qilmoqda. 2023-yilda mintaqada yangi keng ko‘lamli urush boshlanadimi yoki yo‘qligi noma’lum, ammo tinchlikka deyarli umid yo‘q.

    Janubi-Sharqiy Osiyo ham beqaror: masalan, 2023-yilda Shri-Lankadagi norozilik namoyishlari yangi kuch bilan avj olishi yoki Myanmada yana norozilik boshlanishi mumkin — u yerda hokimiyatni harbiy xunta egallab turibdi.

    Shimoliy Koreya odatda xavf sezsa, urush va hatto yadroviy zarba bilan tahdid qiladi. The Economist tomonidan “oilaviy kallakesarlar” deb atalgan Kim rejimi o‘nlab yillar davomida ko‘plar tahdid qilib keladi. To‘g‘ri, bu tahdidlarni amalda qo‘llamaydi, lekin rejim ulkan armiya va yadro quroliga ega, shuningdek, Xitoy va Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. 2023-yilda buning o‘zgarishiga hech qanday belgi yo‘q, biroq Shimoliy Koreyaning tashqi agressiyasini ham inkor etib bo‘lmaydi.

    Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In qiziga qit’alararo ballistik raketani ko‘rsatib qaytmoqda. KXDR. 2022-yil 19-noyabr.

    Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In qiziga qit’alararo ballistik raketani ko‘rsatib qaytmoqda. KXDR. 2022-yil 19-noyabr.
    Foto: KCNA

    Yuqorida sanab o‘tilgan mamlakatlardan tashqari, Jahon banki Burkina-Faso, Burundi, Iroq, Kamerun, Liviya, Mozambik, Mali, Niger, Janubiy Sudan va Markaziy Afrika respublikasidagi qurolli to‘qnashuvlarni qayd etdi; Burundi, Venesuela, Gaiti, Gvineya-Bisau, Zimbabve, Komor orollari, Livan, Liviya, Marshall orollari, Mikroneziya, Falastin, Papua-Yangi Gvineya, Solomon orollari, Sudan, Kongo, Tuvalu, Sharqiy Timor, Chad, Eritreyada esa institutsional va ijtimoiy beqarorlik hukm surmoqda.

    2022-yilda ommaviy norozilik namoyishlari osoyishta Kanadada ham, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lsa-da, Yevroparlament deputatlari hisobotiga ko‘ra, endi demokratik hisoblanmaydigan Vengriyada ham avj oldi. Hatto Mo‘g‘ulistonda hozir minus 21 daraja haroratga qaramay aholi norozilik o‘tkazmoqda.

    Islandiya ayni damda Global tinchlik reytingida birinchi o‘rinda turadi. Ammo u yerda ham ommaviy norozilik namoyishlari boshlansa, hayron qolmaslik kerak, deb yakunlanadi “Belsat” maqolasi.

    16.12.2022, 06:00   Izoh (0)   78640
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bosniya va Gersegovinaga Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomi berildi

    15.12.2022, 23:42

    Hindiston yadro kallagini olib yurishga qodir ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi

    15.12.2022, 23:27

    “Daryo” kundaligida 15-dekabrda sodir bo’lgan eng muhim voqealar

    15.12.2022, 22:00

    CNN telekanali Luvr muzeyida ochilgan “O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari” ko‘rgazmasi haqida reportaj tayyorladi

    15.12.2022, 21:56

    Qozog‘istonda elektr tanqisligi kuzatilmoqda, hududlarda cheklovlar joriy etilishi mumkin

    15.12.2022, 20:32

    JSST rahbari Efiopiyada tog‘asi Eritreya armiyasi tomonidan o‘ldirilganini aytdi

    15.12.2022, 19:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriya prezidentiga so‘nggi yetti oyda uch marta suiqasd uyushtirilgan — OAV

    Dunyo | 23 iyul, 18:55

    Meva-sabzavot yetishtirishda imtiyozli moliyalashtirishni joriy etish taklif qilindi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 18:00

    Vitaliy Denisov: “Fayzullayevning transferi ‘SSKA’ga ham, futbolchining o‘ziga ham foydali”

    Sport | 23 iyul, 18:54

    Toshkentdagi svetoforlar holatini xaritada onlayn ko‘rish imkoniyati yaratildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 18:45

    Namanganda sigir uy oldida o‘ynayotgan bolakay va uning onasini suzib, jarohat yetkazdi (video)

    O‘zbekiston | 23 iyul, 18:25

    Nima uchun kechasi bosh “yorilguday” og‘riydi? Shifokor izohi

    Layfstayl | 23 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda naqd pulga bo‘lgan talab keskin ortdi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 18:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.