• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    SSSR hududidagi greklarning repressiyaga uchrashi, butunlay faoliyatini to‘xtatgan Chernobil AES va AQSH—Xitoy munosabatlarining tiklanishi. Kun xronologiyasida 15-dekabr

    15-dekabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan SSSR hududidagi greklarning repressiyaga uchrashi, faoliyatini butunlay to‘xtatgan Chernobil atom elektr stansiyasi hamda AQSH va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning qayta tiklanishiga oid faktlar o‘rin olgan.

    Repressiyaga uchragan SSSR hududidagi greklar

    1937-yil 15-dekabr kuni Sovet Ittifoqidagi greklarga qarshi ommaviy repressiyalar boshlangan edi. 1938-yilning martiga qadar davom etgan NKVD operatsiyalari davomida taxminan 15 ming grek hibsga olingandi.

    Foto: Wikipedia

    Rossiyadagi greklar doim rus xalqi bilan diniy va madaniy umumiylik hamda ular asosida rivojlangan ko‘p asrlik mustahkam aloqalar bilan belgilanadigan alohida o‘rinni egallagan. Greklar o‘zlarining qiyin davrida Rossiyani yagona rahnamo va pravoslavlarning asosiy himoyachisi sifatida hisoblab kelgan. Tarixan greklarning Rossiyaga bog‘liqligi SSSR davrida ham davom etgan. Ammo Rossiyada o‘rnatilgan bolshevism greklar uchun turkiy davridan kam bo‘lmagan dahshatli rejimga aylangan.

    Greklarga qarshi rejali repressiyalar 1929—1933-yillardagi “quloqlashtirish” vaqtida boshlangan. U etnik jihatga bog‘liq bo‘lmasa-da, mol-mulki musodara qilingan holda haydalgan greklar soni taxminan 4-5 ming kishini tashkil qilgan.

    Azov, Kuban, Qrim va Odessa greklari eng ko‘p mulkidan mahrum qilingan. Shimoliy o‘lkalar, Ural, Qozog‘iston va G‘arbiy Sibirga surgunlar boshlangan. NKVD tomonidan o‘tkazilgan “Katta terror”ning 14 ta etnik operatsiyasining bittasi greklarga to‘g‘ri kelgan. Eng qisqa vaqt davom etgan Gretsiya operatsiyasi “qonli” ekani bilan yetakchilar sifati qayd etilgan: hibsga olinganlarning 90 foizdan ortig‘i otib tashlangan.

    Uning debochasi 1937-yil 1-dekabrda Sovet Ittifoqidagi milliy maktablarning yopilishi edi. Gruziya, Krasnodar o‘lkasi, Qrim va Azovdagi 250 ga yaqin grek maktablari faoliyatini to‘xtatgan. Asosiy voqealar o‘sha yilning 11-dekabridan boshlangan. Shu kuni SSSR NKVD o‘zining respublika, viloyatlar va boshqa o‘lkalardagi boshqarmalariga 50215-sonli direktivasini yo‘llagan. Nikolay Yejov tomonidan imzolangan hujjatda operatsiyaning o‘tkazish muddati, ayblovlar ko‘lami va jazo turlari belgilab berilgan edi.

    Grek direktivasining kirish qismida shunday deyilgan: “Tekshiruv materiallari shuni ko‘rsatadiki, yunon razvedkasi SSSRda faol josuslik, qo‘poruvchilik va qo‘zg‘olonchilik ishlarini olib boradi, ingliz, nemis va yapon razvedkalarining vazifalarini bajaradi...”. NKVD organlari oldiga “greklarning yirik josuslik va sabotaj va millatchi aksilinqilobiy tashkilotlarini tugatish” vazifasi yuklatilgan. 1937-yil 15-dekabrdan boshlab barcha respublikalar, o‘lka va viloyatlarda bir vaqtning o‘zida “josuslikda, qo‘poruvchilik, antisovet millatchilik ishlarida gumon qilingan barcha yunonlarni hibsga olish” ishlarini o‘tkazish buyurilgan.

    15-dekabrga o‘tar kechasi SSSRning barcha grek qishloqlarida va greklar zich yashaydigan shaharlarda ommaviy hibsga olishlar boshlangan. Dekabr oyining oxiriga kelib, SSSRda NKVD yashirin “grek josusi” yoki “grek aksilinqilobchisi” topilmaydigan bunday burchak qolmagan edi. “Yunon millatchi tashkilotlari” birin-ketin Xarkovda, Krasnodar o‘lkasining Grecheskiy tumanida, Suxumi, Batumida, Moskva yaqinidagi Lyubersida, Azov dengizining har bir grek qishlog‘ida va hattoki shaharlarda zararsizlantirilgan.

    Hibsga olinganlarning aksariyati, qoida tariqasida, savodsiz, uzoq vaqtdan beri Rossiya (Sovet) fuqaroligini olganlar edi. “Jinsiy” jihatdan greklar operatsiyasida asosan erkaklar hibsga olingan. Ushlanganlarning 90 foizdan ortig‘i 20 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan erkaklar edi.

    Foto: Wikipedia

    Mahbuslar oldida beshta yo‘l qolgan: aybi isbotlanmaganidan keyin ozodlik (bular 50—100 kishidan oshmagan), mamlakatdan quvib yuborish (bular sanoqli edi) va qamoqdagi o‘limdan (bir necha o‘nlab odam) tashqari ikkita yo‘nalish — otilish va konslager.

    1938-yil 10-yanvar kuni Moskvada Maxsus yig‘ilishning birinchi chaqiruvi boshlangan. NKVD rahbari Yejov va SSSR bosh prokurori Vishinskiy tomonidan tasdiqlangan 1-sonli protokolda Donetsk viloyatidagi 174 nafar grekning familiyasi keltirilgan. Ularning barchasi o‘limga hukm etilgan.

    Greklar mintaqaga qarab, yapon, rumin, ingliz, nemis, polyak, eston josuslari deb e’lon qilindi. Lekin eng muhimi, ular Gretsiya foydasiga “josuslik qilishda” ayblangan. Hatto ayrimlariga barcha 4-5 talab ayblov qo‘yilgan.

    Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1937-yilning ikki haftasi ichida Donetsk viloyatining o‘zida 3 mingdan ortiq grek hibsga olingan.

    Butunlay faoliyati to‘xtatilgan Chernobil AES

    2000-yilning 15-dekabr kuni Chernobil AESning oxirgi reaktori yopilib, elektrostansiya o‘z faoliyatini butunlay to‘xtatgandi. Matbuotda bu holat “CHAESning yopilishi” deyilgan bo‘lsada, aslida faqatgina elektr stansiyada elektr energiyasini ishlab chiqarish to‘xtatilgan edi xolos. Chunki oradan 10 yil o‘tgandan keyin ham 1986-yil aprelida portlashdan omon qolgan uchta energoblokdagi yadroviy yoqilganlar qolgandi.

    Foto: “Uea.kiev.ua”

    Chernobil AESning uchinchi energobloki 2000-yilning 15-dekabrida Ukrainaning CHAESni yopish dalolatnomasi to‘g‘risidagi majburiyati doirasida to‘xtatilgan. Ushbu hujjat bilan Ukrainaga Chernobilning to‘xtatilgan energobloklari o‘rniga Roven va Xmelniskiy AESlarda “kompensatsiya qiluvchi quvvatlarni” qurish uchun jahon hamjamiyati tomonidan moliyaviy yordam ajratilishini ta’minlagan.

    Shunga qaramay, 2010-yilda Cheklash va shartsiz ko‘chirish zonasi ma’muriyati departamenti boshlig‘i Dmitriy Bobo CHAES haliyam ishlashni davom etayotganini, chunki u yerda amaldagi yadroviy uskunalar borligini ma’lum qilgandi. “Istalgan energoblokda yadroviy yoqilg‘i bor ekan, u yadroviy uskunaligicha qoladi”, — degan Bobro. Bu xavfsizlikni ta’minlovchi barcha tizimlar va qurilmalarni ishchi holatda saqlash zarurligini anglatadi.

    Ta’kidlanishicha, bu boradagi xarajatlarga har yili ajratiladigan millionlab dollarlar ajratilgan, ammo energoblokdagi yadroviy yoqilg‘ilarni yo‘qotishning imkoni yo‘q. “Biz ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘ini saqlashga mo‘ljallangan ombor foydalanishga topshirishini 7-8 yil oldin kutgandik”, — degan edi o‘shanda Bobro.

    Foto: “Uea.kiev.ua”

    Mazkur omborni qurish ishlari 2003-yilda Fransiyaning Framatome konserti tomonidan boshlangan. Biroq 2007-yilda konsern o‘z majburiyatlarini bajara olmayotgani ma’lum bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Framatome yoqilg‘ini quritish va uran yoqilg‘isi sterjenlaridan suvni bug‘latish bo‘yicha muammoga yechim topa olmagan. Ukrainaning Yadroviy nazorat bo‘yicha davlat qo‘mitasi fransiyalik mutaxassislarning boshqa muqobil takliflarini “radiatsion va yadroviy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy tamoyillariga javob bermaydi”, deya rad etgan.

    O‘zi Chernobil AESni boshqa elektr energiyasi manbalari bilan almashtirish imkoniyati Amerika—Ukraina mutaxassislari tomonidan 1994-yildayoq ko‘rib chiqilgan. O‘shanda AES faoliyatini 15 yil davomida to‘xtatish uchun 464 million dollar kerakligi aytilgandi.

    Foto: “Uea.kiev.ua”

    Avariyadan keyin ikkita energoblok normal holatda ishlashni davom etgan va 1986-yil 27-aprelda to‘xtatilgan. To‘rtinchi energoblok bilan bog‘liq uchinchisi esa avariyadan 1,5 soat o‘tib to‘xtatilgan. Chernobil AESning dastlabki uchta energobloklarini qayta tiklash, buning uchun zarur ishlarni amalga oshirish masalalari avariya oqibatlarini bartaraf etish nuqtayi nazaridan eng muhimlaridan biri bo‘lib, to‘rtinchi blok quvvatini konservatsiyalash ishlari bilan parallel ravishda hal qilingan.

    Qayta tiklash ishlari energiya bloklarining asosiy va yordamchi bino va inshootlari, ularda joylashgan jihozlar va xodimlarning ish joylari hamda unga tutash hududni zararsizlantirishdan boshlangan. Dastlabki ikkita energoblokni zararsizlantirish ishlari 1986-yil uchinchi choragining boshida yakunlangan. Shunday qilib energobloklar qayta ishga tushirilgan:

    • 1986-yil 1-oktabrda — birinchi energoblok;
    • 1986-yil 5-noyabrda — ikkinchi energoblok;
    • 1987-yil 4-dekabrda — uchinchi energoblok.
    2000-yil 15-dekabr kuni Chernobil AES rasman elektr energiya ishlab chiqarishni to‘xtatgan. Shu kuni soat 13:17 da Ukraina prezidenti Leonid Kuchma buyrug‘i bilan 3-sonli energoblok reaktorining avariyaviy himoyasi butunlayga buralgan.

    Foto: “Uea.kiev.ua”

    Avariyadan keyin Chernobil AES 1986-yildan 2000-yilga qadar 158,6 milliard kilovatt/soat elektr energiya ishlab chiqargan. Avariyaga qadar — 1977-yildan 1986-yilgacha ushbu ko‘rsatkich 150,2 milliardni tashkil etardi.

    Ping-pong va Moskva bilan qarama-qarshilik: Xitoy va AQSH qanday qilib yarashib olgandi?

    1978-yil 15-dekabr kuni AQSH prezidenti Jimmi Karter Xitoy bilan diplomatik munosabatlarni qayta tiklash niyatini ma’lum qilgan. Ertasi kuni esa tomonlar qo‘shma kommyunikeni e’lon qilgan.

    AQSH prezidenti Jimmi Karter va Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Den Siaping

    AQSH prezidenti Jimmi Karter va Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Den Siaping
    Foto: Jimmy Carter Library
    Mazkur voqea kommunistik Xitoy va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi qarama-qarshilikka nuqta qo‘ygan hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni boshlab bergan. “Ushbu qadamsiz AQSH va Xitoy munosabatlari cheklangan maqsad va vazifalardan ortmaydigan doiradan chiqmagan bo‘lardi”, — deb yozgan The Washington Post gazetasiga o‘sha vaqtda davlat kotibining yordamchisi bo‘lgan Richard Xolbruk.

    Amerikalik diplomat mazkur sanani “Xitoy eshiklari keng ochilgan kun” deb ataydi. Aslida, Karter AQSH—Xitoy munosabatlarini normallashtirish masalasiga nuqta qo‘ygan, ammo bu qadam uchun zamin o‘n yil davomida tayyorlanayotgan edi.

    Barchasi 1969-yil 20-yanvarda AQSHning yorqin antikommunist prezidenti Richard Niksonning inauguratsiya nutqidan boshlangan, o‘shanda u dunyoning barcha davlatlari bilan munosabatlarni rivojlantirish niyatida ekanini ma’lum qilgandi.

    Foto: AP Photo

    Bu Amerika yetakchisining birinchi shamasi edi va Pekin buni tushungan. AQSH yangi prezidentining nutqi Xitoy Kommunistik partiyasining “Jenmin Jibao” gazetasida to‘liq chop etilgan. Niksonning navbatdagi gapi ancha “yog‘li” edi. 1970-yil oktabrda u Times’ga bergan intervyusida quyidagicha degandi: “Mendan orzung nima deb so‘rashsa, Xitoyga borishni aytgan bo‘lardim. Orzum amalga oshmagan taqdirda ham farzandlarim u yerga borishiga umid qilaman”.

    Ushbu bayonot o‘z vaqtida berilgan edi, chunki bundan 1,5 yil oldin Xitoy va SSSR o‘rtasida Damanskiy oroli bo‘yicha chegara mojarosi yuz bergan. Stalinning o‘limidan keyin mafkurafiy ittifoqchilarning munosabatlari keskinlashishni davom etgan.

    Buning bachasi Xitoy SSSRda Stalin siyosatini yo‘qqa chiqarilayotganiga juda salbiy qaragani bilan bog‘liq. Sovet rahnamosi Xitoyda Mao Szedun kabi ulug‘langan, chunki Ikkinchi jahon urushida Yaponiya ustidan erishilgan g‘alabadan keyin Xitoy SSSR yordami bilan qayta tiklangan edi.

    Bundan tashqari, Sovet Ittifoqining yangi rahbariyati Xitoyga ko‘rsatilayotgan yordamni qayta ko‘rib chiqishga qaror qilgan, bu esa Pekinni mamlakat modernizatsiyasi uchun yangi drayver topishga majburlagan. Natijada 1960-yillarning o‘rtalarida, Xitoyda yuz bergan madaniy inqilob vaqtida Sovet Ittifoqi revizionist mamlakat deb ataldi. Aynan shu sabab bilan Mao Niksonning shamaliga tezkorlik bilan javob qaytargan.

    Foto: AP Photo

    Kechagi dushmanlar o‘zaro munosabatlarini faol yaxshilashni boshlab yuborgan. 1971-yili Xitoyga prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Genri Kissinjer ikki marta tashrif buyurgan. Aynan u Sovet Ittifoqini tutib turish uchun Xitoy bilan alyans tuzish g‘oyasini muallifi hisoblanadi.

    Parallal ravishda “ping-pong diplomatiyasi” rivojalangan — 1971—1972-yillarda davlatlar stol tennis bo‘yicha o‘yinchilarni almashgan. Mazkur diplomatik usul “Forrest Gamp” badiiy filmida ko‘rsatib berilgan: uning bosh qahramoni amerikalik sportchilarning Xitoyga tashriflaridan biri davomi bellashadi.

    AQSH prezidentining Xitoyga tashrifini tashkillashtirish uchun yana bir nozik masalani hal etish kerak edi. AQSH hokimiyati Tayvanda joylashgan Xitoy Respublikasini tan olardi, XXRni emas. Va aynan Tayvan BMTda ushbu tashkilotning asoschilaridan biri darajasiga ega edi.

    Biroq 1971-yilda BMT a’zolarining ovoz berish jarayoni orqali Tayvan tashkilot a’zoligidan chiqarilib, bu boradagi huquq XXRga berilgan. Bularning barchasi Niksonning tashrifi uchun yaxshigina vaziyatni yuzaga keltirgan va 1972-yilda tashrif amalga oshgan. Oradan uch yil o‘tgach, AQSHning navbatdagi prezidenti Jerald Ford ham Xitoyga borgandi.

    Xitoyga tashrif buyurgan AQSH prezidenti Richard Nikson

    Xitoyga tashrif buyurgan AQSH prezidenti Richard Nikson
    Foto: AP Photo

    Prezident Karter davrida AQSH bilan diplomatik munosabatlarning o‘rnatilishi Xitoyning SSSR bilan munosabatlarini oxir-oqibat butunlay buzilishiga olib kelgan. 1979-yil 3-aprel kuni Xitoy rahbariyati sovet tomonida Pekin 1950-yilda imzolangan “Do‘stlik, ittifoq va o‘zaro yordam” to‘g‘risidagi bitimni davom ettirish niyatida emasligini bildirgan notani yuborgan.

    AQSH va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanishni davom etgan. Ikki mamlakatning iqtisodiy hamkorligi Donald Tramp prezidentligi davrida kelib yomonlashgan. Vashington va Pekin munosabatlarini qayta ko‘rib chiqish zarurati haqida Tramp saylovoldi kampaniyasida ham gapirgandi. U bir necha bor Rossiya emas, aynan Xitoy Qo‘shma Shtatlarning asosiy va jiddiy raqibi ekanini ta’kidlagan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: AQSHdagi boshlang‘ich maktabda 26 kishini o‘ldirgan o‘smir, O‘zbekiston SSRga tegishli samolyot halokati va Tan imperiyasida “Shirin shudring fitnasi”. Kun xronologiyasida 14-dekabr

    15.12.2022, 09:36   Izoh (0)   35743
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevroittifoq va NATO qo‘shma bayonot e’lon qilib, Rossiyani Ukrainani tark etishga chaqirmoqchi — Politico

    15.12.2022, 09:33

    Polsha Seymi Rossiyani “terrorizm homiysi” deb tan oldi

    15.12.2022, 09:25

    Yer aholisi sonining o‘sib borishi asl muammo emasligini isbotlovchi 3 ta fakt

    14.12.2022, 23:40

    Erdo‘g‘on Turkmaniston gazini G‘arbga sotish bo‘yicha choralar ko‘rishga chaqirdi

    14.12.2022, 23:27

    Rossiyada Ukraina tomonida jang qilmoqchi bo‘lgan erkak 5 yilga qamaldi

    14.12.2022, 23:14

    Britaniyada 2023-yildan boshlab yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning genomlarini sekvensiyalash boshlanadi

    14.12.2022, 22:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.