Yevroparlament 1932–1933-yillardagi Golodomorni Ukraina xalqining genotsidi deb tan oldi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 15-dekabr kuni parlamentning 507 nafar deputati tegishli rezolyutsiya uchun ovoz bergan, 12 nafari esa qarshi chiqqan. Xuddi shunday qaror allaqachon bir qator davlatlar tomonidan qabul qilingan. 30-noyabr kuni Germaniya Bundestagi tegishli rezolyutsiya uchun ovoz bergan.
“Golodomor oqibatida 20-asrning birinchi yarmida Yevropada millionlab odamlar halok bo‘ldi. Nafaqat g‘alla hududlari, balki Ukrainadagi hamma ochlik va repressiyadan aziyat chekdi. Bugungi kun nuqtai nazaridan bu genotsid sifatida baholanishi kerak”, deyiladi Berlin bayonotida.
Irlandiya, Ruminiya, Moldova, Chexiya va Germaniya parlamentlari Golodomorni Ukraina xalqining genotsidi sifatida tan olgan. AQSH Senati 2018-yilda Ukrainadagi Golodomorni ham genotsid sifatida tan oladigan rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlagan.
Golodomor genotsid sifatida
SSSRda Stalin hukmronligi davrida amalga oshirilgan qishloq xo'jaligini majburiy kollektivlashtirish oqibatida 1932-33 yillarda mamlakatda ommaviy ocharchilik yuzaga keldi, uning qurbonlari millionlab odamlarga yetdi. Ukraina bu falokat Sovet Ittifoqi rahbariyati tomonidan ataylab qo‘zg‘atilganini ta’kidladi.
Golodomor uzoq vaqtdan beri Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi asosiy bahs mavzusi bo‘lib kelgan. Moskva Kiyevning yirik ocharchilik qurboni faqat ukrainaliklar bo‘lgan degan fikrini rad etib, Markaziy Osiyo va Rossiyadagi millionlab odamlar ham ocharchilikdan jabr ko‘rganini ilgari surgan. 2006-yilda Ukraina Oliy Radasi Golodomorni Ukraina xalqiga qarshi genotsid akti deb e’lon qilgan.
Izoh (0)