O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasida mast holda kelib, elchixona mulkini zarar yetkazgan ostonalik erkak 3 yilga qamaldi. Bu haqda Ostona shahar sudi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 2022-yil yanvar oyida yuz bergan va yetkazilgan zarar oqibatida O‘zbekiston elchixonasiga katta miqdorda moddiy zarar yetgan. Sudlanuvchining aybi kuzatuv kameralaridagi videoyozuvlar yordamida isbotlangan.
Sud hukmi bilan erkak Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 202-moddasi 2-qismi 5-bandi “O‘zganing mulkini qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash” bilan aybdor deb topilib, uch yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, sud ostonalik fuqarodan O‘zbekiston elchixonasi foydasiga moddiy zarar miqdorini undirdi. Bundan tashqari, unga qamoqxonada alkogolizmdan majburiy davolanish belgilandi.
Izoh (0)