• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    CNN telekanali Luvr muzeyida ochilgan “O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari” ko‘rgazmasi haqida reportaj tayyorladi

    Parijdagi Luvr muzeyida 22-noyabr kuni “O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi ochildi. CNN telekanali ushbu namoyishga oid reportaj tayyorladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ko‘rgazmada namoyish etilgan tarixiy boyliklar qatorida eng qadimiy Qur’on sahifalari va o‘zbekcha “Mona Liza” deb nomlangan sur'at ham o‘rin olgan. “O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari” mamlakat o‘tmishiga nazar tashlaydigan 170 dan ortiq asarlar, jumladan, mashhur devor rasmlari, budda haykallari va qadimiy sivilizatsiyalarga oid uy-ro‘zg‘or buyumlarini o‘z ichiga oladi. Ko‘rgazma kuratorlaridan biri 2009-yildan buyon Buxoroda qazish ishlari bilan shug‘ullanib kelayotgan arxeolog Rokko Rante hisoblanadi.

    “O‘zbekistonlik hamkasblarimizning ko‘magi bilan VIII asrga oid eng qadimiy Qur’onlardan birini topdik va qayta tikladik, bu juda katta kashfiyot”, — deydi Rokko Rante.

    O‘zbekistonlik mutaxassislar bilan birgalikda Luvr ko‘plab eksponatlarda keng ko‘lamli restavratsiya ishlarini amalga oshirgan. Ular qatoridan Samarqand shahridagi XIV asrga oid Go‘ri Amir maqbarasining eshigi ham o‘rin olgan.

    “Eshikda biz Samarqand jamiyatini aks ettiruvchi katta ikonografiya aniqladik”, — deydi Rante.

    Luvrdagi islom san’ati bo‘limi hammuallif va sobiq direktor Yannik Linzning so‘zlariga ko‘ra, Ipak yo‘li karvon yo‘llari bo‘ylab topilgan yodgorliklarga bag‘ishlangan ko‘rgazmaning markazida joylashgan.

    “Hamma biladiki, bu yo‘llar Sharq va G‘arb o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar uchun mo‘ljallangan, ammo shu bilan birga, ular intellektual, badiiy va texnologik aloqalar uchun ham xizmat qilgan”, — deydi Linz.

    U XIV asrda Markaziy Osiyo imperiyasiga asos solgan Iskandar Zulqarnayn, Chingizxon va Amir Temur (shuningdek Temurlan nomi bilan ham mashhur) davridagi xazinalar bilan odamlarni o‘tmishga olib borishga umid qilmoqda.

    “Men uchun tashrif buyuruvchilarga dunyoning bu qismida Xitoy, Hindiston va Eron o‘rtasida madaniy, diniy va badiiy muloqot bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish muhim, chunki O‘zbekiston o‘rtada joylashgan”, — deydi Linz.

    Shuningdek, IX asrga oid so‘g‘d freskasi qadimiy Afrasiyob shahri tasvirlangan devoriy suratlar turkumi bilan ko‘rgazmadan joy olgan. Sog‘d freskasi “Elchilar surati” nomi bilan ham mashxur bo‘lgan.

    “Bu suratning qismlari yo‘q va uning ma’nosi faqat qisman tushuniladi, lekin shunga qaramay, u eng yaxshi asar sifatida qabul qilinadi. Elchilar rasmi o‘zbek xalqi uchun milliy boylikdir. Uni o‘zbek Mona Lizasi deya olaman”, — dedi Lintz.

    Reportajda keltirilgan Rokko Rantening so’zlariga ko’ra, ushbu obyektlarni saqlash, ushbu tarihni yangi avlodlarga hikoya qilish juda muhim. Shu bilan birga mamlakat uchun, mamlakat aholisi uchun yagona hududda turli davrlarda aralashib ketgan madaniyatlarni anglash ham alohida ahamiyatli.

    Ko‘rgazmaning tashkil etilishida bosh bo‘lgan Saida Mirziyoyeva ta’kidlaganiday, uni o‘tkazish g‘oyasi tug‘ilganidan to uni ro'yobga chiqarguncha to'rt yil vaqt talab etilgan.

    “‘Sharq karvoni’” xuddi ming yil avvalgidek, Yevropaga yetib kelib, barchani hayratga solmoqda. Bu esa biz uchun madaniyatimizni jahon tarixiga kiritish yo‘lidagi yana bir katta qadamdir”, — degan edi u.

    Luvrdagi mazkur ko‘rgazma 2023-yil 6-martgacha davom etadi

    Mavzuga doir: Turkiyaning TRT kanali Luvr muzeyidan Katta Langar Qur’oni namoyishiga oid reportaj tayyorladi (video)

    15.12.2022, 21:56   Izoh (0)   6824
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘istonda elektr tanqisligi kuzatilmoqda, hududlarda cheklovlar joriy etilishi mumkin

    15.12.2022, 20:32

    JSST rahbari Efiopiyada tog‘asi Eritreya armiyasi tomonidan o‘ldirilganini aytdi

    15.12.2022, 19:56

    “Tolibon” chegaradagi otishmada Pokistonni aybladi

    15.12.2022, 19:34

    Eronda ikki o‘smir namoyishlar sababli o‘limga hukm qilinishi mumkin

    15.12.2022, 19:11

    Yevroparlament 1932—1933-yillardagi Golodomorni Ukraina xalqining genotsidi deb tan oldi

    15.12.2022, 18:58

    Qozog‘istonda askarlar xizmat muddati davomida kredit to‘lashdan ozod qilindi

    15.12.2022, 18:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25

    “Isroilning G‘azodagi harakatlari yahudiy qadriyatlariga zid” — niderlandiyalik ravvin

    Dunyo | 1 avgust, 23:10

    AQSHdagi muzey ekspozitsiyadan Trampning impichmentlari haqidagi ma’lumotni olib tashladi

    Dunyo | 1 avgust, 23:00

    Xitoyda odamlar anomal issiqdan metroda o‘tirib saqlanmoqda

    Dunyo | 1 avgust, 22:40

    Chet ellarda og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish aksiyasiga start berildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 22:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.