• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Kichkina demang bizni: Dog‘istonlik mitti “odamcha” Hasbik kim va u qanday qilib MMA yulduziga aylandi?

    Hasbulla Magomedov — 2 yil ichida jahon yulduziga aylangan dog‘istonlik 20 yoshli bloger. Internetda u Hasbik nomi bilan tanilgan va mitti kavkazlik bolakayning videolari ijtimoiy tarmoqlarda million martalab ko‘rilmoqda.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Dunyo yulduzlari ham Hasbik bilan do‘st — Shakil O’Nildan tortib Habib Nurmagomedovgacha. Magomedov Forbes jurnalining 30 yoshgacha bo‘lgan eng istiqbolli rossiyaliklar ro‘yxatiga kirdi. Yaqinda aralash yakkakurash bo‘yicha asosiy promoushen — UFC Hasbik bilan shartnoma imzoladi.

    Dunyoni zabt etgan kichik bloger Hasbekning siri nimada?

    Hasbik qulupnay haqidagi virusli videodan so‘ng Dog‘istonda yulduzga aylandi.

    2020-yilda Dog‘istonda bloger paydo bo‘ldi — Hasbulla Magomedov. Yigitcha 18 yoshda bo‘lsa ham bolaga o‘xshardi: uning bo‘yi bor-yo‘g‘i 93 santimetr, vazni 18 kilogramm edi. Hasbullaning ovozi juda baland bo‘lib, foydalanuvchilar mehrini qozondi.

    Dog‘istonlik yigitcha qulupnay yegan videosi bilan mashhur bo‘ldi. Aytarli biror narsa bo‘lmasa-da, video qanday qilib virusga aylanishi mumkin? Ammo videoda Hasbulla mashhur bo‘lib ketgan iborani aytadi: “Rostini aytsam, qulupnay bomba. Qulupnayni juda yaxshi ko‘raman”.

    Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va mashhur bo‘ldi, Magomedov esa vatanida yulduzga aylandi.

    Birinchi muvaffaqiyatdan so‘ng Hasbik tarmoqda tez-tez paydo bo‘la boshladi. Hasbulla — bloger, lekin u hech qachon o‘zini videoga olmagan. Hasbik atrofida uning hayotini kameraga tushirib, yigitchani qo‘llarida ko‘tarib, sovg‘a-salomlar berib yuradiganlar ko‘p.

    Hasbikning atrofidagilar haqida ko‘p narsa ma’lum emas. Taxminlarga ko‘ra, uning eng yaqin do‘sti Magomed bo‘lib, u nafaqat unga uy ishlarida yordam beradi, balki videoda ham tez-tez ko‘rinib turadi.

    Ajablanarlisi, Hasbikning prodyuseri yo‘q, uning ko‘tarilishida do‘stlarining xizmati katta. Shunday vaqtlar bo‘ldiki, Hasbikning vloglari ijtimoiy tarmoqlarni to‘ldirib, million martalab ko‘rildi. Do‘stlari Hasbikning hayotini suratga olishdi, bloger esa kontent yaratdi. Foydalanuvchilarni hatto Hasbikning mashina haydash usuli ham hayratda qoldirdi va uning jumlalari mashhur bo‘lib ketdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Biroq Hasbikning ota-onasi o‘g‘lining sevimli mashg‘ulotlariga qarshi edi, ular o‘g‘liga tinchroq kelajakni xohlashardi. Ularni juda tez paydo bo‘lgan xeyterlar yanada ko‘proq qo‘rqitardi. Ammo Hasbik mashhurlikni yoqtirardi va u oilasi uchun mustaqil pul ishlab topishni istardi.

    Hamma Hasbikning o‘ziga xos shaxs ekanini tushundi, u shu sababli mashhur bo‘ldi. Ammo blogerning o‘zi kasalligi haqida gapirishni yoqtirmaydi. Magomedovning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar irsiy o‘zgarishlarning sababini aniqlay olmagan va aniq tashxis qo‘yishmagan.

    Men o‘zimni nogiron deb hisoblaymanmi? Yo‘q, men bunday deb o‘ylamayman, lekin ota-onam shunday deb o‘ylashadi. Shifokorlar ham. Menda faqat o‘sish bilan bog‘liq muammolar bor. Tez yurganimda esa charchab qolaman. Aqlim 18 yoshlarnikidek. Boshqa 18 yoshli bolalar menga hasad qilishadi, chunki ular uyda o‘tirib, pul topishni xohlashadi, lekin qo‘lidan kelmaydi, — deydi Hasbik.
    Abdurozik bilan omadsiz jangidan keyin dunyo Hasbikni sevib qoldi

    Qulupnay haqidagi videodan keyin Hasbikning mashhurligi pasayishni boshladi. Ammo keyinchalik uning hayotida Asxab Tamayev paydo bo‘ldi — Hasbikni o‘z kanali uchun suratga tushishga taklif qilgan chechen blogeri.

    Tamayev internet tendensiyalari qanday ishlashini yaxshi bilardi, uning o‘zi ham g‘ayrioddiy ko‘rinishi bilan hayratda qoldirardi. Tarmoqda Asxab chechenistonlik Halk nomi bilan mashhur bo‘lib, bloger, ayniqsa, bir paytlar 56 sm ga yetgan katta bo‘yni bilan hayratda qoldirardi.

    Asxab mitti dog‘istonlik va yana bir “odamcha” — tojikistonlik 17 yoshli qo‘shiqchi va bloger Abdurozik o‘rtasida mushtlashuv uyushtirishga qaror qiladi. Abdurozik ham Hasbikka o‘xshash o‘lchamga ega edi, shu tufayli ham internetda mashhur bo‘lib ketgandi: Abdurozik go‘dakka o‘xshardi, lekin shu bilan birga u yaxshi qo‘shiq kuylar va chiroyli kiyinib yurardi.

    Hasbik va Abdurozik o‘rtasidagi jang 2021-yilning bahorida e’lon qilingandi. Mitti blogerlarining matbuot anjumani ijtimoiy tarmoqlarni portlatib yubordi. Rossiyadan g‘ayrioddiy duel shon-shuhrati G‘arbgacha yetib bordi, UFC jangchilari va hatto promouterlik rahbari Dueyn Uayt Hasbik va Abdurozikning videolarini repost qila boshladi.

    Biroq jang bo‘lmadi: go‘yo Hasbikni ko‘ndirisholmagan. Shartlar oddiy edi: har biri bir daqiqadan ikki raund. Umuman olganda, Tamayev Hasbik va Abdurozikka zarbalarsiz kurashadigan grappling jangini taklif qilgandi.

    Tamayev ikki-uch oy ichida uni millioner qilishga va’da berib, Hasbikni yanada ruhlantirmoqchi bo‘ldi. Ammo Hasbik yaxshigina gonorarni rad etdi: ehtimol, ko‘ngli o‘zi pul ishlay olishini sezgandir. Va bu to‘g‘ri qaror edi — tez orada Hasbik  butun dunyoga tanildi. Bloger faol intervyu bera boshladi.

    Hasbik millionlab pul ishladi va UFC bilan shartnoma imzoladi

    Abdurozik bilan muvaffaqiyatsiz jang Hasbullohni yanada mashhur qildi. Butun dunyo bloger haqida bildi va kichkina odamchalarning videolari ijtimoiy tarmoqlarni portlatib yubordi. Shubhasiz, bundan keyin Hasbik yangi imkoniyatlarga ega bo‘ldi, gonorari ham sezilarli darajada oshdi. Biroq dog‘istonlik uchun burilish nuqtasi Abu-Dabidagi UFC 267 ga sayohat bo‘lib, u yerda MMA olamini zabt etdi.

    Turnir 2021-yil oktabr oyida bo‘lib o‘tdi, Hasbik u yerga UFS prezidenti Dueyn Uaytning shaxsiy taklifiga binoan keldi. Bloger Dog‘istondagi ko‘pchilik kabi aralash yakkakurashni yaxshi ko‘rardi va respublikaning mashhur jangchilari: Habib Nurmagomedov, Islom Maxachev, Zabit Magomedsharipov va boshqalar bilan do‘st edi.

    Abu-Dabida Hasbik turnir boshlanishidan oldin ham bir qancha virusli videolarni suratga oldi. Bloger hazillashib, sobiq UFC chempioni Deniel Kormyening yuziga “kutilmagan” zarba berdi. Uayt bilan ham ko‘rinish berdi, zalda ham video suratga oldi – Abu-Dabiga kelgan Abdurozik bilan janjallashib qolishiga sal qoldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Turnirda Hasbikka oktagon ro‘parasidagi birinchi qatordan maxsus joy berildi. Dog‘istonlik Islom Maxachev asosiy kardda jang qildi. Den Xukerni mag‘lub etgandan so‘ng, u Hasbikni oktagonga olib chiqdi va boshi uzra ko‘tardi. Turnirda bo‘lgan Maxachevning yaqin do‘sti Habib esa blogerni yelkasiga mindirib oldi.

    Shov-shuvli gastroldan keyin Hasbik “mini-Habib” laqabini oldi — G‘arbda papax kiygan har qanday dog‘istonlik Nurmagomedov bilan assotsatsiya qilinadi.

    Turnirdan so‘ng UFC rahbari Uayt Hasbik ishtirokidagi video uning ijtimoiy tarmoqlarida eng ommabopi bo‘lganini tan oldi: “6,7 million obunachim bor va ulardan 6,4 millioni ushbu videoni tomosha qilgan. Aqlbovar qilmaydi!”

    UFC bilan hamkorlik qilgandan so‘ng, Hasbikning karyerasi o‘sdi va u dollarlik millionerga aylandi. Joriy yilning aprel oyida Forbes jurnali Rossiyaning 30 yoshgacha bo‘lgan eng istiqbolli yulduzlari reytingiga kiruvchi nomzodlarni taqdim etdi — Hasbik ham ro‘yxatga kirdi.

    Xuddi shu oyda bloger NFT portretlaridan 160 million rubl ishlab oldi. Aktyorlar, musiqachilar va sportchilar obrazidagi Hasbik tasvirlarining sotuvi dekabr oyida boshlangan. To‘rt oydan kamroq vaqt ichida u 590 dona Ethereum (o‘sha paytdagi kurs bo‘yicha taxminan 2 million dollar) qiymatidagi 1700 ta asar sotdi.

    Sentabr oyida esa Hasbik UFC bilan besh yillik shartnoma imzolagani ma’lum bo‘ldi. Hamkorlik faqat ommaviy axborot vositalarida ishlashni, shu jumladan, turnirlarga tashrif buyurishni nazarda tutadi. Hasbik obrazi esa yangi UFC simulyatoriga qo‘shilishi rejalashtirilgan.

    Hasbik Konordan u bilan jang qilishni talab qildi

    2019-yilda irlandiyalikni mag‘lub etgan Habib bilan bo‘lgan jangi tufayli Hasbik Dog‘istondagi ko‘pchilik kabi Makgregorga yomon munosabatda bo‘lgan. Shu bois Hasbik Uaytdan Konor bilan jang tashkil qilishni so‘ragan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Hozir UFC bilan shartnomam bor. Agar MakGregor haqiqatan ham erkak bo‘lsa, Abu-Dabida ko‘rishamiz. Uni Habib allaqachon yenggan. Menimcha, Konorning Meyvezer bilan jangidan olgan pullari tugagan, endi unga ko‘proq e’tibor kerak”, — deb yozadi Hasbik.

    Albatta, Hasbik va MakGregor o‘rtasidagi jang dog‘istonliklarning UFC’dagi odatiy jangi kabi bo‘lmaydi: sog‘lig‘i sababli Hasbikka ruxsat berilmaydi. Har bir turnir oldidan jangchilar puxta tekshiruvdan o‘tadi, sport komissiyalari ularni hatto sog‘lig‘idagi kichik muammolari uchun ham ringga chiqarmaydi. Shuning uchun Hasbikni UFC’da jangchi sifatida ko‘rmasligimiz aniq, lekin u albatta turnirlarda qatnashadi.

    Katta ehtimol bilan UFC va Hasbik o‘rtasidagi hamkorlik yanada muvaffaqiyatli bo‘ladi. Axir, dunyo dog‘istonlik blogerni sevadi. Bu arab mintaqalariga ham tegishli — UFC ko‘pincha Abu-Dabida turnirlar o‘tkazadi, u yerda Kavkazdan kelgan rossiyalik jangchilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Biroq Hasbikning faoliyati sharq mamlakatlari bilan chegaralanib qolishi dargumon — katta ehtimol bilan UFC u uchun kattaroq rejalar tayyorlayotgan ko‘rinadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mavzuga doir:

    • Yiliga 28 mln dollar topadigan 8 yoshli bloger: Like Nastya qanday qilib mashhurlikka erishdi? (foto)
    • 10 yoshli boyvachcha Momfa: afrikalik dunyodagi eng yosh milliarder qanday hayot kechiradi? (foto)

    14.12.2022, 16:59   Izoh (0)   19357
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi” filmi haqida ko‘pchilik bilmaydigan 5 ta fakt

    14.12.2022, 14:55

    Megan Markl va shahzoda Garri ajrashgan taqdirda juftlikning hayotida nimalar o‘zgaradi?

    14.12.2022, 11:08

    Instagram: Shahram G‘iyosovning Toshkentdagi dabdabali to‘yi, tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Mirzabek Xolmedov, Hindiston sayohatidagi Durdona Qurbonova

    13.12.2022, 22:48

    “Top Gan: Meverik” AQSH Milliy kinotanqidchilari kengashi tomonidan yilning eng yaxshi filmi deb topildi

    13.12.2022, 18:47

    Ularning hech biri 40 ga ham kirmagan edi: sirli tarzda vafot etgan Gollivud yulduzlari (foto)

    13.12.2022, 16:48

    “Qarigan chog‘ingizda men sizning emas, siz mening xizmatimni qilyapsiz, derdi”. Jasur Rafiqovning onasi uning armoni haqida (video)

    13.12.2022, 10:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Sistit — bu uyat emas!


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40

    Qizil kitobga kiritilgan 15 ta ilonni O‘zbekistondan olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 31 may, 11:20

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50

    TikTok tashxis qo‘ymoqda: ChatGPT va ijtimoiy tarmoqlardagi tibbiy maslahatlarga qanchalik ishonsa bo‘ladi?

    Maslahatlar | 31 may, 10:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.