• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Qarigan chog‘ingizda men sizning emas, siz mening xizmatimni qilyapsiz, derdi”. Jasur Rafiqovning onasi uning armoni haqida (video)

    “Daryo” internet nashrining YouTube’dagi kanalida sobiq “Ummon” guruhi xonandasi Jasur Rafiqovning onasi bilan suhbat tashkil etildi. Noila Rafiqova o‘g‘lining hayotdagi so‘nggi armoni va hayotining so‘nggi kunlari haqida so‘zlab berdi.

    — O‘g‘lim o‘limidan avval “Qarigan chog‘ingizda suyanchiq bo‘ladigan farzand bo‘lolmadim. Sizlarga xizmat qilmoqchi edim. Aksincha sizlar menga xizmat qilayapsizlar”, deb ko‘p aytardi.

    Chunki dadasi ikkimiz ham kun-tun yonida hamroh edik. “Onajon, sog‘ayib ketsam jamoatga chiqib namoz o‘qisam”, deb niyat qilardi. “Nasib qilsa, niyatlaringga yetasan, Allohdan so‘raganlarim bor”, deb tasalli berardim.

    Bir kuni do‘sti Shohruhga ham bu haqida gapirgan ekan. “Mendan keyin onamga qiyin bo‘ladi”, degan gaplarini aytib berganida o‘zimni yig‘idan tutib turolmadim.

    O‘limidan 10 kun avval “Onajon tug‘ilgan kuningizga nima qilamiz?” deb so‘rab qoldi. “O‘g‘lim sovg‘ang emas, sog‘lining kerak”, deb kulgandim. O‘tgan yili tug‘ilgan kunimni nishonlamaymiz, deganimda ham uyga harajat qilib, yaqinlarni mehmonga chaqirgandi. Jasur ko‘chada emas, uyda mehmon kutishni yaxshi ko‘rardi.

    Hatto, “Ummon” guruhi tanilgan vaqtda ham biror marta tug‘ilgan kunini ko‘chada o‘tkazganini eslolmayman. Jasur o‘ksib qolmasin deb katta akasi uning nomidan ham gul olib kelibdi. Jasur gulni berib mahkam bag‘riga bosdi. Qarangki, o‘sha gul haligacha turibdi, ammo o‘g‘lim yo‘q, — deydi Noila Rafiqova.

    Ona farzandini saqlab qolish uchun ikki yil davomida internetdagi onkologiyaga oid maqola va kitoblarni o‘qib chiqqani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — O‘g‘lim tushkunlika tushib qolmadi. Boshida shish bo‘lsa-da, shapkasini bostirib, to‘y va choyxonalarga borardi. Tashqaridan ko‘rgan inson uni kasal deb o‘ylamasdi. Besh mahal namoz o‘qishni kanda qilmasdi, aka-ukalarini ham namoz o‘qishga da’vat qilardi. Ammo shu yilning fevral-mart oyida umurtqasida kasallik zo‘rayib ketgani uchun butunlay to‘shakka mixlanib qoldi.

    Tanish-bilishlardan qayerda yaxshi shifokor yoki tabib haqida eshitsam, albatta unga olib borardim. Bir tabibga ixlos bilan qatnab yurdi. “O‘g‘lim sen mendan davo topmayapsan, natija ko‘rayotganim yo‘q. Sening kasaling ilm-u amal bilan bog‘liqqa o‘xshayapti”, degandi. Bu gapni Zohid ham ko‘p aytardi. “Bizga ko‘z tekkan, sehr qilishgan”, deb gapirganida Jasur kulib qo‘yardi.

    Mahalliy kimyoterapiya topdim. O‘shani olgach, ahvoli ijobiy tomonga o‘zgardi. Ammo oxirgi muolajani olgandan keyin negadir o‘zini holsiz sezayotgani haqida aytib qoldi. “Sekundomer ishga tushgan, ona” degan gapni ko‘p aytardi.

    14-noyabr kuni kechasi og‘ir nafas olayotganini eshitib, yoniga bordim. “Suv ichasanmi Jasur” desam indamasdi. Ikki qo‘lini ko‘kragigi qo‘yib yotardi. O‘sha lahzada “Sekundomer ishga tushgan, ona” degan gapining ma’nosini tushundim.

    O‘g‘lim iymon bilan bu yorug‘ olamdan o‘tganidan xursand bo‘laman.

    Ba’zi erkaklar xotini ketib qolgach, aysh-ishratga beriladi. Yoki o‘lim soati yaqinlashayotganini sezib, tushkunlikka tushib qoladi. Ammo o‘g‘lim ibodatda bu dunyoni tark etdi.

    O‘g‘limning marakalari o‘tgach, Davron Kabulov 3 kun bel bog‘lab turgani va ketish oldidan “Jasur konsert berganimizda 10 kun yonimizda turgandi, uning menda haqqi bor”, deb 500 AQSH dollari tashlab ketgani haqida aytishdi.

    Do‘stlari bu pulga masjidga gilam olib, ehson qilishibdi. Juda quvondim, ilohim savobi o‘g‘limga yetib borsin, — deydi Noila Rafiqova.

    Mavzuga doir:

    “Hindistonga bormayman deb turib oldi”. Jasur Rafiqovning onasi Sardor Rahimxon uning davolanishi uchun 25 ming dollar bermoqchi bo‘lgani haqida (video)

    “Hayotdagi ketma-ket zarbalar o‘g‘limni kasal qildi”. Marhum xonanda Jasur Rafiqovning onasi bilan suhbat (video)

    13.12.2022, 10:55   Izoh (0)   21789
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Yulduz Usmonovaning noodatiy tug‘ilgan kuni, “O‘rikzor”da non sotgan Feruza Normatova, to‘ylarga bepul chiqayotgan Nilufar Usmonova

    12.12.2022, 22:57

    “Hindistonga bormayman deb turib oldi”. Jasur Rafiqovning onasi Sardor Rahimxon uning davolanishi uchun 25 ming dollar bermoqchi bo‘lgani haqida (video)

    12.12.2022, 15:37

    Voyaga etgan farzandlari bilan chinakamiga faxrlanadigan mashhurlar (foto)

    12.12.2022, 10:48

    “Hayotdagi ketma-ket zarbalar o‘g‘limni kasal qildi”. Marhum xonanda Jasur Rafiqovning onasi bilan suhbat (video)

    11.12.2022, 22:44

    “O‘rtadagi 13 yosh farq pasportdagi raqamlar xolos”: aktyor Xyu Jekman rafiqasi bilan birga o‘tkazgan yaxshi-yomon kunlari haqida

    11.12.2022, 19:45

    Xit bo‘lgan birgina qo‘shig‘i tufayli umrining oxirigacha yetadigan boylik orttirgan yulduzlar (video)

    11.12.2022, 16:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.