O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev energo resurslari taqchilligi bo‘yicha eng muhokama qilinayotgan savollarga javob qaytardi.
Energetika sohasidagi mavjud muammolar bo‘yicha davlat rahbari xabardor qilinyaptimi? Bu borada Prezident qanday topshiriqlar bermoqda?
Albatta, energetika sohasida tabiiy gaz va elektr ta’minotidagi muammolar hamda uzilishlar haqida har soatda davlat rahbariga hisobot kiritib borilmoqda. Prezident tomonidan masalaga jiddiy yondashgan holda, maxsus shtablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, har bir hududda, har bir vazirlik va idorada maxsus ishchi guruhlarni tuzgan holda, bor resurslarni aholi va ijtimoiy soha obyektlari o‘rtasida odilona taqsimlash bo‘yicha topshiriqlar berib borilmoqda.
Shu bilan birga, tabiiy gaz ishlab chiqarish va energiya resurslari importi hajmini oshirish bo‘yicha ham alohida topshiriqlar berilgan, — deydi vazir o‘rinbosari.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda Yangi yil bayrami kunida ham chiroq o‘chadimi? Energetika vaziri o‘rinbosari javob berdi
Izoh (0)