Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatidagi AYQSHlarda Ai-80 benzini 8000 so‘mdan sotilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Energetika vazirligi huzuridagi “Neftgazinspeksiya” bayonot berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, holat o‘rganilganda, Termiz shahridagi “DON” xususiy firmasiga tegishli AYQSH haqiqatan ham narxni asossiz oshirgani tasdiqlangan.

Benzin narxini sun’iy ravishda oshirganligi sababli ushbu AYQSHga avtobenzin yetkazib berish to‘xtatish yuzasidan tegishli tashkilotlarga ko‘rsatma berildi, — deyiladi inspeksiya bayonotida.
Siz istiqomat qilayotgan hududda ham benzin narxining asossiz oshirilishiga guvoh bo‘lsangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi boti (@daryo_livebot)ga bu haqda xabar bering. Biz bu haqda jamoatchilikka oshkor etamiz va muammoga mas’ullar e’tiborini qaratamiz.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi