Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

UNG Petro 6-dekabr kuni Toshkent shahrida benzin quyish shoxobchalaridagi narxlarni e’lon qildi.

Foto: UNG Petro

Foto: UNG Petro

Unga ko‘ra, Ai-80 Tatneft benzin quyish shoxobchasida eng qimmat narxda sotilmoqda — 1 litr uchun 7 500 so‘m. Bu narx 25-noyabrga nisbatan 300 so‘mga arzonlagan. 

Tatneft shoxobchasi, shuningdek, Ai-92 va Ai-95 turdagi benzinlarni ham  eng baland narxda taklif qilmoqda — 1 litr uchun mos ravishda 12 500 so‘m va 14 000 so‘m bilan sotilmoqda. Narxlar 25-noyabrga nisbatan o‘zgarmagan. 

Ai-80 benzinini eng arzon narxda UNG Petro, IBR Petroleum Station, “Intrant Servis” va Miss Petrol 6 800 so‘mdan quyib bermoqda. Bu narx noyabr oxiriga nisbatan 200 so‘mga oshgan.   

Ai-92 uchun eng arzon narxni ushbu benzin quyish shoxobchalari taklif qilmoqda — 9 500 so‘m. Narxlar noyabr oxiriga nisbatan o‘zgarmagan.  

Ai-95 turdagi benzinni esa eng arzon narxda mijozlarga UNG Petro quyib bermoqda — 1 litriga 10 500 so‘m. Ai-95 narxi ham 25-noyabrga nisbatan o‘zgarmagan. 

Mart oyidagi ma’lumotlardan farqli ravishda Ai-98 narxlari hech qaysi benzin quyish shoxobchasida ko‘rsatilmagan.

Avvalroq O‘zbekistonda benzin narxlarini sun’iy oshirgan AYOQSHlarga tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2022-yilda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi
Dunyo
“Ikkinchi Chernobil” — Dunaydagi ekologik halokat, qimmatbaho kartinalar ortilgan Boeing’ning bedarak yo‘qolishi va Gandiga uyushtirilgan suiqasd. Kun xronologiyas...
Moliya
Chorva mollaridan avtomobilgacha: nega o‘zbekistonliklar o‘z jamg‘armalarini bankda saqlamaydi?