Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston hududida narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta zapravkaga benzin yetkazib berish to‘xtatildi. Bu haqda Energetika vazirligi huzuridagi “Neftgazinspeksiya” ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistondagi 2000 dan ortiq AYQSHlarga kuniga o‘rtacha 3200 tonna benzin o‘rniga 4000 tonnadan ziyod benzin yetkazib berilmoqda. Gaz to‘ldirish shoxobchalaridagi vaqtinchalik cheklovlar avtobenzin narxining oshishiga olib kelmaydi.

“Olib borilgan o‘rganishlarda 299 ta AYQSHda narxni asossiz oshirish, mahsulot sifatini buzish holati aniqlangan va ularga avtobenzin yetkazib berish to‘xtatilgan. Bundan tashqari, 15 million litrga yaqin sifatsiz neft mahsulotlari aniqlangan. Iste’molchilarning kunlik ehtiyojidan uch-to‘rt barobar ortiqcha avtobenzin sotib olayotganligi sababli zapravkalarda ham ma’lum vaqt avtobenzin uzilishiga sabab bo‘lmoqda. Kamchilikka yo‘l qo‘ygan tadbirkorlarni qat’iy ogohlantiramiz hamda fuqarolardan xavotirga tushmaslikni so‘raymiz”, — deyiladi inspeksiya bayonotida.

Avvalroq Surxondaryoda narxni asossiz oshirgan AYQSHga benzin yetkazib berish to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi