Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida haydovchi avtomashinasiga ham propan, ham metan gaz ballonlari o‘rnatib olgani aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Kitob tumanidagi “Mingchinor” muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanida xizmat qilayotgan YPX xodimlari Labo transport vositasini to‘xtatib, ko‘zdan kechirgan. Natijada mashinaga ham metan (siqilgan tabiiy gaz), ham propan (suyultirilgan gaz) o‘rnatib olgani ma’lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.
Izoh (0)