Ijtimoiy tarmoqda Cobalt avtomobili haydovchisi transport vositalarining oqimiga qarama-qarshi tarzda harakatlanib, piyodani turtib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi qoidabuzarga chora ko‘rilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, surishtiruvlar davomida piyoda tan jarohati olmagani aniqlangan.
Video Toshkent shahar YHXB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilgan. Natijada ushbu haydovchi topilib, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi (transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi) ikkinchi qismi tartibida bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Izoh (0)