Uzbekistan Airports axborot xizmati Qarshi aeroportida yuklarni qabul qilish bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi aeroporti xodimlari tomonidan yo‘lovchilar bagajlarini yuk mashinasining orqa qismidan turib perronda (aeroport ichki hududi) tarqatilayotgani aks etgan video tarqaldi. Yo‘lovchilar ushbu holat bo‘yicha o‘z noroziliklarini bildirgan.
Ayni paytda Qarshi aeroportida uchib ketish va uchib kelish zallarini kengaytirish, xalqaro va mahalliy aviaqatnovlar terminallarini alohida faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
Ta’kidlanishicha, shu sababli terminalda qurilish ishlari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Hozirda aeroport, boshqaruv kompaniyasi bilan birgalikda bunday hodisalarning oldini olish choralarini ko‘rmoqda va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ralgan.
Izoh (0)