• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Hyatt Regency mehmonxonasi qurilish narxidan arzonga emas, 1,7 barobar qimmatga sotildi” – Davaktiv 

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 10-noyabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasining 100 foiz davlat ulushini “Abu Dhabi Uzbek Investment” MCHJ kompaniyasiga 87 million AQSH dollariga sotish bo‘yicha kelishuvga erishilganini xabar qilgandi. Ijtimoiy tarmoqlar faollari mehmonxonaning sotilgan narxi uning qurilish xarajatlaridan (205 million dollar deyilgan) ancha arzonligi to‘g‘risida xabar tarqatgan va bu muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Agentlik direktori Akmalxon Ortiqov “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida mehmonxona qurilishi va sotilishi bilan bog‘liq jarayonlarga izoh berdi.

    Akmalxon Ortiqov

    Akmalxon Ortiqov
    Foto: “Daryo”

    Akmalxon Ortiqovning aytishicha, bu yerda asosiy nuqta mehmonxonaning qurilish davridagi valyuta kursi bilan bugungi kurs tafovutiga bog‘liq.

    Ma’lumki, mehmonxona qurilishi 2012-yilda boshlangan bo‘lib, 2016-yil oxirida yakunlangan. Mehmonxona “Poytaxt qurilish va xizmatlari” MCHJ balansiga tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslantirish(TEO)da ko‘rsatilgan qiymatga asosan (1 dollar – 2 ming 750 so‘m, valyuta kursi bozor bahosini ifodalamaydi) qabul qilingan va uning umumiy qiymati 566  milliard so‘mni tashkil etgan. Xarajatlarning asosiy qismi milliy valyuta so‘mda amalga oshirilgan.

    Xalqaro baholash standartlariga muvofiq, mehmonxona biznes sifatida baholanadi va Mehmonxonani baholash xalqaro umume’tirof etilgan baholash yondashuvlari asosida amalga oshirilgan.

    Investorning narx taklifi mehmonxonaning baholash qiymatidan ancha yuqori, konsultantning mehmonxona indikativ narx diapazoniing yuqori qismiga kiradi.

    Bunda, amortizatsiya ta’siri darajasini ham inobatga olish kerak: hisob siyosatiga asosan bino va inshootlarga o‘rtacha 20 foizni, mebel jihozlarga esa o‘rtacha 70 foizni tashkil etadi.

    Mehmonxonaning daromadi har bir xona narxi va xonalar bandligi kabi omillarga bog‘liq. Mehmonxonaning bandligiga mamlakatga sayyohlar oqimini to‘xtatgan pandemiya davri ham ta’sir ko‘rsatdi. Amalda mehmonxona biznesi va turizm 2021-yil oxiridagina tiklana boshladi.

    Mehmonxona faoliyat boshlaganidan hozirgi kunga qadar o‘z segmentidagi eng yaxshi mehmonxonalardan biri bo‘lib, barcha majburiyatlarini bajarib kelmoqda, xususan 2020-yilga qadar sof foydasining 30 foizini, 2021-yilda esa 50 foizini budjetga o‘tkazgan.

    Hozirgi geosiyosiy vaziyatga ko‘ra, sayyohlar oqimining ijobiy prognozi, shuningdek, xalqaro mehmonxona brendlarining kirib kelishi tufayli mintaqadagi raqobatni rivojlanishi, mehmonxonaning kelgusida kutilayotgan pul oqimlarini hisoblashda o‘z aksini topgan.

    2017-yildagi valyuta siyosatining liberallashtirilishi (chet el valyutasini erkin sotish va sotib olish) bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar natijasida milliy valyutaning kursi o‘zining adolatli qiymatiga moslashgan, xususan, 2013-yildagi AQSH dollari/so‘m kursi o‘rtacha 1 AQSH dollari uchun 2 ming 97 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2022-yilning 10 oyida o‘rtacha 1 AQSH dollari uchun 11 ming 10 so‘m bo‘lgan.

    Mehmonxonaning to‘lov qiymati joriy kurs bilan hisoblanganda 974  milliard so‘mdan oshadi, bu qurilish xarajatining milliy valyutadagi qiymati (566  milliard so‘m, ushbu xarajatlar 2013-yilgi valyuta ayirboshlash kursi bo‘yicha so‘mda tan olingan)ga nisbatan 1,7 barobarga yuqori demakdir.

    Shu bilan birga, Investor tomonidan to‘lov summasiga qo‘shimcha ravishda 12 million AQSH dollari hajmida mehmonxonani rivojlantirish uchun investitsiya kiritish taklifini ham bergan.

    Akmalxon Ortiqov, Davlat akativlarini boshqarish agentligi direktori.

    Suhbat davomida Akmalxon Ortiqov “Abu Dhabi Uzbek Investment” MCHJ to‘g‘risida ham ma’lumot berdi.

    “Abu Dhabi Uzbek Investment” MCHJ QK investitsiya fondi bo‘lib, uning asosiy aksiyadori (75 foiz) 1971-yilda tashkil etilgan Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi hisoblanadi. So‘nggi 50 yilda jamg‘arma dunyoning 97 ta davlatidagi loyihalarga sarmoya kiritgan. Investitsiyalar hajmi qariyb 41 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. “Abu Dhabi Uzbek Investment” MCHJ QK 2022-yil sentabrda Samarqand infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun 300 million AQSH dollari ajratgan, shuningdek, 757 ta kichik va o‘rta biznes subyektlarini qariyb 50 million AQSH dollari miqdorida moliyalashtirgan. Kompaniyaning boshqaruv raisi Abu Dabi amirligining hukmron qirollik oilasi a’zosi, Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti devonining rahbari, shuningdek, “Manchester Siti” futbol klubi egasi Mansur ibn Zoid Al Nahayon hisoblanadi. Davlat ulushini sotib olish faqatgina xorijiy investorning o‘z kapitali hisobidan amalga oshiriladi. To‘lov oldi-sotdi shartnomasi imzolangandan so‘ng bir yo‘la amalga oshiriladi”, – dedi agentlik rahbari.

    18.11.2022, 19:17   Izoh (0)   17615
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Angren shahri hokimining tadbirkorni haqoratlagani eshitilgan audio tarqaldi

    18.11.2022, 19:02

    Prezident havo ifloslangani va ko‘chat ekishda hokimliklar bilan O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi vazifalari aniq taqsimlanmagani haqida gapirdi

    18.11.2022, 18:52

    Samarqandda fuqaro 40 ming dollar berib AQSHga bormoqchi bo‘ldi

    18.11.2022, 18:37

    Uzbekistan Airways’ga tegishli samolyotda shikastlanish borligi aytilgan xabarga munosabat bildirildi

    18.11.2022, 18:12

    Senat Qirg‘iziston bilan chegarani delimitatsiya qilish va Kampirobod suv ombori to‘g‘risidagi shartnomalarni ma’qulladi

    18.11.2022, 17:56

    Bosh prokuratura: 464 ta sport muassasasida 27 mlrd so‘m zarar aniqlandi

    18.11.2022, 17:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Biz har doim noto‘g‘ri saqlab kelgan 12 mahsulot

    Maslahatlar | 20 iyun, 20:50

    Endi davlat tashkilotlari xodimlarining tana vazni indeksi o‘lchab boriladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:40

    Tramp Eronning yadro dasturini rivojlantirishda Obamani aybdor deb atadi

    Dunyo | 20 iyun, 20:30

    O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:20

    Afsonaviy inson: Maykl Jekson haqida kutilmagan haqiqatlar

    Musiqa | 20 iyun, 20:10

    Bloomberg: Eron Isroildagi shaxsiy kameralarga ulanib hujumlarini aniqlashtirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 20:01

    Yangi buklanadigan iPhone 2026-yilda sotuvga chiqadi

    Gadjetlar | 20 iyun, 19:50

    Qozog‘iston politsiyasi tergovda sun’iy intellekt yordamchisini qo‘lladi

    Dunyo | 20 iyun, 19:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.