Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekiston havo yo‘llari”ga tegishli Boeing 757 samolyotining dum qismi shikastlangani (ezilgani) aytilgan xabar tarqaldi. Uzbekistan Airways holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, barcha rusumdagi havo kemalarida fyuzelyajning dum qismi gorizontal stabilizatorni o‘rnatish sohasida qoplamaning qayrilgan qismiga ega. Stabilizatorning burchagi o‘zgartirilganda namlikdan, yot jismlardan bo‘shliqlarni berkitish va aerodinamik profilni tiklash uchun pastdan va yuqoridan stabilizatorning ildiz qismiga fartuk biriktiriladi. Stabilizatorning burchagi o‘zgartirilganda, fartuk ham stabilizator bilan fyuzelaj qoplamasining burchak qayrilgan yuzasi bo‘ylab harakatlanadi. Bu qismda hech qanday shikastlanish mavjud bo‘lmagan.
“Uzbekistan Airways aviakompaniyasi uchun eng muhimi yo‘lovchilar xavfsizligi ekanligini eslatib o‘tamiz. Agar havo kemasida biron-bir shikastlanish va texnik nosozliklar yuzaga kelsa, aviakompaniya barcha aniqlangan texnik nosozliklarni tezda bartaraf etadi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)