• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bayden: “Dastlabki ma’lumotlar Polshaga raketalar Rossiyadan uchirilganini rad etmoqda”

    Dastlabki ma’lumotlar Polshaga raketalar Rossiyadan uchirilganini rad etmoqda. Bu haqda AQSH prezidenti Jo Bayden Balida dunyo yetakchilari bilan uchrashuv yakunida aytib o‘tdi.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    “Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu inkor etilmoqda. Men bu haqda tekshiruv to‘liq yakunlanmagunicha gapirishni istamayman, lekin trayektoriya nuqtai nazaridan, bu Rossiyadan uchirilgani ehtimoldan uzoq. Lekin ko‘ramiz”, — dedi u.

    Amerika yetakchisi Balida G7 va NATO yetakchilari bilan uchrashgani, ular Polshaning Ukraina bilan chegara yaqinidagi qishlog‘ida yuz bergan portlash yuzasidan tekshiruv o‘tkazishda Polshani qo‘llab-quvvatlashga kelishib olganini ham aytdi.

    “Shundan keyin biz navbatdagi qadamimizni birgalikda aniqlashtirib olamiz. Biz, to‘planganlar, bir yoqadan bosh chiqardik”, — deya qo‘shib qo‘ydi Bayden.

    Polshaga raketalar kelib tushganidan keyin ko‘p o‘tmay, Polsha prezidenti Anjey Duda Bayden bilan shoshilinch muzokaralar o‘tkazgan. Oq uy xabariga ko‘ra, ular Polshadagi portlashlar yuzasidan keyingi qadamlarni muvofiqlashtirish haqida kelishib olgan.

    “Prezident Bayden Polshada tekshiruvlar olib borish uchun AQSHning to‘liq yordamini taklif qildi. Bayden Qo‘shma Shtatlarning NATOga qat’iy sodiqligini tasdiqladi”, — deyiladi xabarda.

    Polshaga raketalar kelib tushdi

    15-noyabr kuni Ukraina hududi yoppasiga hujumga uchradi, energetika infratuzilmasi obyektlari uning nishoniga aylandi. Hukumat portlashlar va elektr energiyasidagi uzilishlar haqida ma’lum qildi.

    Shundan keyin Polshaning Radio Zet radiosi Ukraina bilan chegaradan 8 km uzoqlikda, Lyublinsk viloyatidagi Pshevodov qishlog‘ida joylashgan don quritish inshootida portlash yuz berib, oqibatda ikki kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Yong‘in xizmati hodisa sababi hozircha noma’lumligini qayd etdi.

    Polshada milliy xavfsizlik qo‘mitasi favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi, shundan keyin Varshava ba’zi harbiy qismlarda jangovar shaylikni oshirdi. Polsha prezidenti Anjey Duda 16-noyabrga Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini ham belgilagan.

    Reuters yozishicha, shu kuniyoq Polsha iltimosi bilan NATO elchilari favqulodda uchrashuv o‘tkazadi, u alyans ustavining tomonlardan birining hududiy yaxlitligi, siyosiy mustaqilligi yoki xavfsizligi tahdid ostida qolgan taqdirda, maslahatlashuvlar olib borish haqidagi 4-moddasi asosida tashkil etiladi. Shuningdek, 16-noyabrga BMT Xavfsizlik kengashining Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha majlisi ham belgilangan.

    Rossiya portlashga aloqadorligini rad etmoqda

    Bir qator mamlakatlar hodisada Rossiyani aybladi. Rossiya Mudofaa vazirligi portlashga aloqadorligini rad etdi va Polsha-Ukraina chegarasiga yaqin obyektlarga zarbalar berilmaganini ma’lum qildi. Mudofaa idorasi bunday xabarlarni “keskinlikni kuchaytirishga qaratilgan provokatsiya” deb atadi. Pentagon Polshaga kelib tushgan raketalar Rossiyaniki bo‘lganini hozircha tasdiqlay olmasligini bildirdi. OAVlarga ko‘ra, voqea joyidan topilgan raketa bo‘laklarida yozuvlar yo‘q.

    Duda Varshavada raketalarning kelib chiqishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘qligini aytdi. “Kun bo‘yi Rossiyaning Ukrainaga qarshi raketa hujumi davom etganini aniq bilamiz, biroq ayni paytda bizda bu raketani kim uchirgani yuzasidan aniq dalillar yo‘q”, — dedi u.

    Bu orada Polsha Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisi Sergey Andreyevni chaqirtirdi va undan Ukraina o‘qqa tutilganidan keyin Polshaning chegaraga yaqin qishlog‘iga “Rossiyada ishlab chiqarilgan snaryad kelib tushgani” yuzasidan “zudlik bilan batafsil tushuntirishlar” berishni talab qildi.

    Mavzuga doir: Polshaga raketalar kelib tushgani munosabati bilan Bayden G7 yetakchilarining favqulodda majlisini o‘tkazdi

    16.11.2022, 09:36   Izoh (1)   10190
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 585059383@telegram.org / 16.11.2022, 14:11

      Бир суткадами

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dog‘istondagi chegarachilar uyida terakt, Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan samolyot halokati va AQSH—SSSR diplomatik munosabatlarining o‘rnatilishi. Kun xronologiy...

    16.11.2022, 09:30

    Polshaga raketalar kelib tushgani munosabati bilan Bayden G7 yetakchilarining favqulodda majlisini o‘tkazdi

    16.11.2022, 09:18

    Ramzan Qodirov Ukraina bilan tinchlik muzokaralari shartlarini ilgari surdi

    16.11.2022, 09:06

    Qirg‘izistonda lolaning fanga noma’lum turi aniqlandi (foto)

    16.11.2022, 08:09

    “Yer aholisi uchun oziq-ovqat yetarli emas” — ekspert

    16.11.2022, 07:53

    “Pokiston askarlarini otish bizning ishimiz emas” — “Tolibon”

    16.11.2022, 07:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.