Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 15-noyabr kuni Kiyev shahri va qator viloyatlarga berilgan raketa zarbalari tufayli mamlakat aholisiga murojaat qildi. Tegishli murojaat prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qilindi.

Kadr: Telegram/@V_Zelenskiy_official

Kadr: Telegram/@V_Zelenskiy_official

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga 80 dan ortiq raketa uchirilgan bo‘lib, ularning aksariyati energetika infratuzilmasiga zarba bergan. Oqibatda bir qancha viloyatlarda, shuningdek, Kiyevda ham elektr ta’minotida jiddiy nosozliklar yuzaga keldi.

“Dushman nimani xohlayotgani aniq. U o‘z maqsadiga erisha olmaydi”, — deydi Ukraina rahbari.

U mamlakat bo‘ylab yana 20 ga yaqin raketa hujumlari uyushtirilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

“Shuning uchun o‘zingizni ehtiyot qilishni va bir muddat boshpanalarda qolishni iltimos qilaman. Raketa zarbalari ko‘plab shaharlarda elektr energiyasi uzilishiga sabab bo‘lganini bilaman. Ta’minotni tiklash ustida ishlayapmiz, buni yengib o‘tamiz”, — deya ta’kidladi u.

Zelenskiy murojaatining so‘ngida “Ukrainaga shon-shuhrat” va “Ofarin” so‘zlari bilan yakunladi.

Ma’lumot o‘nida, 15-noyabr kuni Kiyev va Ukraina viloyatlariga raketa zarbalari berildi. Oqibatda binolarda yong‘in chiqdi, ko‘plab viloyatlar elektr ta’minotidan uzildi.

Havo hujumidan mudofaa tizimi mintaqada bir nechta raketalarni urib tushirdi. Raketa zarbalari 4 soatdan ko‘proq davom etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi
Dunyo
Nabirasining jasadi oldida o‘tirgan bobo, o‘qqa tutilayotgan rossiyalik harbiylar, bo‘lajak to‘yini nishonlayotgan shahzoda —1-iyun suratlari
Mahalliy
O‘zbekiston va Jahon banki sheriklik dasturi 4 mlrd dollarlik loyihalarni o‘z ichiga olishi ma’lum bo‘ldi