Toshkentning Shayxontohur tumani Olmazor hamda Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasida Kia K5 va Spark to‘qnashdi.
Poytaxt IIBB YHXB bergan ma’lumotga ko‘ra, voqea 14-noyabr kuni soat 21:30 larda yuz bergan. Kia K5 1999-yilda tug‘ilgan S.T., Spark esa 2002-yilda tug‘ilgan D.S. boshqaruvida bo‘lgan.
YTH oqibatda Spark yo‘lovchisi 1991-yilda tug‘ilgan U.Sh. tan jarohat bilan shifoxonaga yuborilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Mavzuga doir: Toshkentda 4 ta avtomobil to‘qnashishi oqibatida Equinox ag‘darilib ketdi (video)
Izoh (0)