• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” kundaligida 14-noyabrda sodir bo'lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 14-noyabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

    Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasida sho‘ba mudiri etib tayinlandi

    Bugun 14-noyabrda Prezident farmoyishi bilan Saida Shavkatovna Mirziyoyeva Prezident administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘ba mudiri lavozimiga tayinlandi.

    Ta’kidlanishicha, ushbu sho‘ba yangidan tuzilgan bo‘lib, administratsiya rahbarining jamoatchilik fikrini o‘rganish va axborot siyosati uchun mas’ul o‘rinbosari tizimi tarkibiga kiradi. Shuningdek, Saida Mirziyoyeva ijtimoiy soha, madaniyat va ta’lim sohalaridagi islohotlar ijrosining borishini ham nazorat qiladi.

    Vladimir Zelenskiy Rossiya bosqinidan ozod qilingan  Xersonga tashrif buyurdi 

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Xersonga tashrif buyurdi. Bu haqda guvohlarga tayanib, Reuters xabar bermoqda.

    Nashrning yozishicha, u yerda Zelenskiy Ukraina tinchlik muzokaralariga tayyorligini yana bir bor ma’lum qilgan va u yerdagi harbiylarni nishon bilan taqdirlagan.“Biz olg‘a intilyapmiz va tinchlikka, butun mamlakatimiz uchun tinchlikka tayyormiz”, — degan Zelenskiy.

    Ayni vaziyatda Ukraina mudofaa vaziri Qrimning jangsiz qaytarib olinishiga ishonch bildirgan.Xersonda davom etayotgan “barqarorlashtirish choralari” va minalarni zararsizlantirish ishlari tufayli jurnalistlarga shaharga kirish hozircha taqiqlangan.

    Bir qancha jurnalistlar, jumladan, CNN va Sky News g‘arbiy telekanallari Xersondan reportaj tayyorlaganidan so‘ng, Ukraina hukumati ularni akkreditatsiyadan mahrum qildi.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Rossiya Mudofaa vazirligi Xersondan chekinayotgani haqida xabar berdi.

    11-noyabr kuni kechqurun Ukraina harbiylari Xerson shahri va uning atrofidagi qishloqlarga kira boshladi. Ularni kutib olish uchun minglab aholi Ukraina bayroqlari bilan ko‘chaga chiqdi. Ayni vaziyatda ushbu holat yuzasidan Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga: "Biz buni izohsiz qoldiramiz. Bu Rossiyaning hududi ekanini bilasiz" deya ma'lum qilgan.

    Rossiyada Sovet davridagi maktab o‘quvchilarini harbiy tayyorlash dasturi qaytarildi

    Rossiyada 1993-yilda bekor qilingan Sovet davridagi maktab o‘quvchilarini harbiy tayyorlash dasturi qaytarildi. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi ma’lumot berdi.Vazirlik e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, bu chora-tadbirlar boshqa davlatga qarshi bosqinchilik urushi fonida Rossiyada ko‘plab “vatanparvarlar”ni shakllantirish uchun zarur.

    Harbiy tayyorgarlik davomida boshqa narsalar qatori Kalashnikov avtomatlaridan foydalanish ham o‘rgatilishi ma’lum qilingan. Tahlilchilar 2014-yilda Rossiya Qrimga bostirib kirganidan keyin bu treningni jonlantirishga harakat qilinganini eslatdi.

    Hozirda o‘quv dasturi ishlab chiqilmoqda va 2022-yil oxirigacha yakunlanadi. Keyin u tasdiqlash jarayonidan o‘tadi”, — deyiladi Britaniya razvedkasi hisobotida. Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu jarayonni qo‘llab-quvvatladi va har o‘quv yilida kamida 140 soat ushbu mashg‘ulotga bag‘ishlanishi kerakligini ta’kidladi.

    “Mazkur mashg‘ulotlar o‘quvchilarni harbiy yoshga yetganda harbiy ko‘nikmaga ega bo‘lish, ularning safarbarlik va harbiy xizmatga shayligini oshirish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa kerak”, — deydi tahlilchilar.

    Bloomberg nashri avvalroq Rossiyada sovet davrlaridan buyon foydalanilmagan bombapanohlar yashirincha tekshirilib, yangilanayotganini xabar qilgandi. Bundan tashqari, Rossiya OAVlari Moskvadagi yerosti parkinglarida uxlash uchun joylar tayyorlanib, isitish uskunalari va aptechkalar o‘rnatilayotgani haqida yozgandi.

    Turkiya portlash yuzasidan AQSH tomonidan bildirilgan hamdardlikni qabul qilishdan bosh tortdi

    Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Istanbuldagi portlash munosabati bilan AQSH tomonidan bildirilgan hamdardlikni Anqara qabul qilishdan bosh tortishini ma’lum qildi, deb yozadi CNN Turk. “Biz Amerika elchixonasidan bildirilgan ta’ziyani qabul qilmaymiz. Biz hech kimga sotqinlik qilmayapmiz, lekin bizga qilinayotgan sotqinlikka ortiq chidab turolmaymiz”, — dedi u va Turkiya hukumati “hujum qayerda muvofiqlashtirilganidan xabardor bo‘lganini” ta’kidladi.

    Avvalroq vazir AQSH Istanbuldagi terakt yuzasidan bildirgan rasmiy hamdardlikni tanqid qilgan va tez orada unga javob berilishini aytgandi. “Menimcha bugun AQSH tomonidan e’lon qilingan hamdardlikni qotilning voqea joyiga birinchilardan bo‘lib yetib kelishiga qiyoslash kerak. Va bu ta’ziyaga munosabat juda aniq bo‘ladi. Buni yaqin kelajakda ko‘rasiz”, — degan u.

    Turkiya prezidenti 12-noyabr kuni AQSH prezidenti Jo Baydenni Anqarada taqiqlangan FETO tashkiloti rahbari Fatxulla Gulenni Pensilvaniyada yashirib o‘tirishda aybladi. Turkiya hukumati Gulenni 2016-yilgi davlat to‘ntarishiga urinishda asosiy javobgar deb hisoblaydi, uning o‘zi buni rad etadi. Gulen AQSHda yashaydi, Turkiya uni ekstraditsiya qilishni so‘ramoqda, ammo Vashington buni amalga oshirmayapti.

    Bundan tashqari, Turkiya Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishiga rozilik berganicha yo‘q. Erdo‘g‘onning aytishicha, bu mamlakatlar Turkiyada terroristik deb tan olingan tashkilotlar, xususan, Kurdiston ishchilar partiyasi ishtirokchilariga boshpana bergan.Istanbuldagi portlash 13-noyabr kuni sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Istiqlol ko‘chasida yuz berdi. Olti kishi halok bo‘lib, kamida 81 kishi jabrlandi. Oradan vaqt o'tib, Turkiya IIV portlashni sodir etgan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Ichki ishlar vaziri portlash ortida Kurdiston ishchilar partiyasi tarafdorlari turganini ma’lum qilgan.

    O‘zbekiston energotizimida og‘ir oqibatli “avariya” – blekaut xavfi borligi ma’lum qilindi.“Har kuni elektr energiyasini tejash kunini nishonlayapmiz”. Namanganliklar Energetika vazirligidan hafsalasi pir bo‘lganini aytmoqda

    Namanganda elektr ta’minotida muntazam uzilishlar ro‘y bermoqda va bu holat aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar berdi.

    Kuz-qish mavsumi kirib kelganidan so‘ng viloyatda elektr energiyasi bo‘yicha murojaatlar ko‘paygani, fuqarolar dispetcherlik xizmatlari yoki Call-markazlarga qo‘ng‘iroq qilib tushishga qiynalayotganidan so‘ng “Namangan hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda “Namangan elektr ta’minoti” deb nomlangan guruh ochilgan. 7,5 mingga yaqin a’zosi bo‘lgan ushbu guruh viloyatning turli hududlaridan yo‘llangan murojaat, shikoyat va savollarga ko‘milib ketgan.

    “11-noyabr Xalqaro elektr energiyasini tejash kuni ekan. Namanganda bu sanani har kuni nishonlayapmiz” deya kinoya qiladi foydalanuvchilardan biri.

    Chortoq tumanidan yozilgan shikoyatda esa: “Bizda to‘rt soatlab elektr yonmayapti. Eng qizig‘i, atrofimizda beshta sanatoriy bor. Dam olayotganlar respublikaning barcha viloyatlaridan kelishadi. Bu ‘svet’ o‘chishining oxiri bormi o‘zi?” deya murojaat qilgan. Yana bir foydalanuvchi esa “Elektr ta’minoti korxonasini UzAuto’dan nima farqi bor? Sizlar ham oldindan to‘lov qildirib istalgan payt ‘svet’ berasizlar, u ham nari borsa 5 daqiqaga” deya munosabat bildirgan.

    Milliy dispetcherlik markazi Namangan hududiy bo‘limi boshlig‘i Muhammadali Irisqulovning aytishicha, sovuq kunlar boshlanishidan avval viloyatga kuniga 13 million kilovatt-soat elektr energiyasi yetkazib berilgan va ta’minotda deyarli muammo yuzaga kelmagan. Hozirda bu ko‘rsatkich 15,5 million kilovatt-soatga chiqarilgan, biroq ehtiyojni qoplab bo‘lmayapti.

    Ijtimoiy tarmoq faoli Shukurjon To‘xtasinovning aytishicha, chindan ham Uychi tumani eng muammoli hududlardan biri bo‘lib, ba’zan tuman elektr tarmoqlari korxonasi, hatto hokimlikda ham “svet” yo‘q. “Masalaning yana bir tomoni bor. Aholi va ijtimoiy muhim obyektlarga tabiiy gaz yetkazib beramiz degan bahona bilan Namangandagi barcha metan gaz zapravkalar 12 soatlik cheklovga o‘tkazildi. Lekin baribir ahvol o‘zgarmadi, aksincha battar bo‘ldi: aholida baribir gaz yo‘q, elektr energiyasida doimiy uzilishlar, ustiga-ustak avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalaridagi turnaqator navbatlar”, — deya ma'lum qilgan Shukurjon To‘xtasinov.

    Avvalroq O‘zbekiston energotizimida og‘ir oqibatli “avariya” – blekaut xavfi borligi ma’lum qilingan.

    14.11.2022, 22:46   Izoh (0)   23113
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tashqi ishlar vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi

    14.11.2022, 22:41

    O‘qish maqsadida chetga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni ma’lum qilindi

    14.11.2022, 22:25

    So‘xliklarga Qirg‘iziston chegarasidan o‘tib-qaytishda yengillik beriladi

    14.11.2022, 21:45

    Tasqarani otib o‘ldirganlar shaxsiga aniqlik kiritildi

    14.11.2022, 21:20

    “Simyog‘ochlar qulab tushib, tok urish xavfi bor, yo‘llar abgor”. Andijonning Buloqboshi tumanida yashovchi aholi muammolar girdobida yashamoqda

    14.11.2022, 20:38

    O‘zbekistonda sudyalar sonini bosqichma-bosqich ko‘paytirish taklifi ma’qullandi

    14.11.2022, 20:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57

    Air China aviakompaniyasi Pekindan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 22:55

    Janubiy Koreyada 4 kundan beri yog‘ayotgan yomg‘ir sabab 5 kishi halok bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 19 iyul, 22:35

    Latviya minglab rossiyalikni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 19 iyul, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.