Daryo

Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)

Uning haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan

1 daqiqa o‘qish37 310 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, poytaxtda to‘rtta avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot berdi.

Kadr: Telegram
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 14-noyabr kuni soat 21:10 da Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi TATU universiteti qarshisida:
  • haydovchi, 2000-yilda tug‘ilgan A.K. boshqaruvidagi Lada Vesta; 
  • haydovchi, 1993-yilda tug‘ilgan L.M. boshqaruvidagi Equinox;
  • haydovchi, 1998-yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi Mercedes-Benz;
  • yo‘l chetida to‘xtab turgan Nexia (haydovchining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) avtomobillari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan va Equinox avtomobili ag‘darilgan.

Hodisa oqibatida Equinox haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar