Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston 2022-yilning yanvar—sentabr oylarida xorijdan qiymati 25,9 mln dollarga teng bo‘lgan 99,7 ming dona televizor import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Televizor importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 13,6 mingtaga kamaygan. O‘zbekiston 15 ta davlatdan televizor import qilgan. 

To‘qqiz oy mobaynida eng ko‘p televizor import qilingan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda — 58,1 mingta. Bu borada 37,7 ming dona bilan Rossiya ikkinchi bo‘lgan. 

O‘zbekiston xuddi shu davrda xorijiy davlatlarga 135,9 mingta televizor eksport qilgan. Shu tariqa mamlakatda televizor eksporti uning importidan 36 mingtaga ko‘p bo‘lgan. 

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan televizorlar asosan Rossiya va Ozarbayjonga yetkazib berilmoqda — mos ravishda 73 mingta va 40,5 mingta.  

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)