• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Turkiy Davlatlar Tashkilotining fenomeni, hamkorlik tarixidagi burilish nuqtasi, O‘zbekiston uchun ustuvor vazifa. TDTning Samarqand sammiti haqida

    Koronavirus pandemiyasining global miqyosda tarqalishi, iqlim o‘zgarishi, yirik davlatlar (AQSH, Rossiya, Xitoy, Eron) o‘rtasidagi “sanksiyalar urushi”, ta’minot zanjirlaridagi uzilishlar, oziq-ovqat mahsulotlari inqirozi bilan bog‘liq dunyo siyosati va iqtisodiyotidagi noaniqlik va notinchlik sharoitida dunyoda obyektiv tarzda mintaqaviylashuv tendensiyasi, mintaqaviy tashkilotlarning, jumladan, Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) harakatlarida faollik ortib bormoqda.

    Turkiy Davlatlar Tashkilotining fenomeni nimada?

    TDT – ushbu global o‘zgarishlarning Yevroosiyodagi yangi geoiqtisodiy voqeliklar ta’sirida yuzaga kelgan mintaqaviy darajadagi yangi fenomeni. Bunday yangi tarixiy va geoiqtisodiy sharoitlarda Buyuk Ipak yo‘lining tiklanishi TDTga a’zo barcha davlatlarni ham o‘z ichiga olgan Markaziy Yevroosiyoda integratsiya harakatlarini kuchaytirishga kuchli omil bo‘lib xizmat qiladi.

    O‘zbekiston obyektiv omillar va parametrlar – tarixiy, madaniy, tadrijiy, geografik va geoiqtisodiy jihatdan turkiy dunyoda asosiy ishtirokchi hisoblanadi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan turkiy dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlar tubdan o‘zgardi, inqilobiy tashabbuslar ilgari surilib, muhim qarorlar qabul qilindi. Bu O‘zbekiston bilan turkiy dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarni butunlay yangi darajaga olib chiqdi.

    Hamkorlik tarixidagi burilish nuqtasi

    O‘zbekiston prezidenti Shakat Mirziyoyevning 2018-yil 3-sentyabr kuni Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tgan TDT 6-sammitida faxriy mehmon sifatida qatnashishi – O‘zbekiston rahbarining sammitda ilk bor ishtirok etishi TDT bilan o‘zaro hamkorlik tarixidagi burilish nuqtasi bo‘ldi. 2019-yil sentyabr oyida Naxichevan bitimini ratifikatsiya qilgan O‘zbekiston Tashkilotning teng huquqli a’zosiga aylandi. O‘zbekistonning tashkilotga kirishi tabiiy tarixiy jarayonlarning in’ikosidir.

    O‘sha paytdan boshlab O‘zbekiston TDT bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha aniq tashabbuslarni ilgari surdi. Xiva shahrini Turk dunyosi madaniy poytaxti deb e’lon qilish (2020-yil) va biznes-forum tashkil etgan holda TDT Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlaridan birini Toshkentda o‘tkazish (2019-yil 5-oktyabr) bo‘yicha takliflarni shular jumlasidandir.

    Rasmiy Toshkent boshqa ko‘p tomonlama formatlar qatori TDT doirasida ham oddiy kuzatuvchi emas, balki o‘z qarashlarini taklif etuvchi faol ishtirokchi bo‘lib, bu bilan TDT kun tartibini bugungi kun voqeligiga mos ravishda boyitishga hissa qo‘shmoqda. Umuman olganda, 2019 (Boku), 2020 (VKS), 2021 (onlayn, Istanbulda) O‘zbekiston prezidenti TDT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan 35 dan ortiq aniq tashabbuslarni ilgari surdi. Bugungi kunga qadar 20 dan ortiq tashabbuslar ro‘yobga chiqarildi.

    O‘zbekiston uchun ustuvor vazifa nimada?

    O‘zbekiston uchun TDT mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish ustuvor vazifa hisoblanadi – bu sohalarda mutlaqo yangi dinamika yuzaga kelgan. Mazkur davlatlar orasida O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari Qozog‘iston (TDT doirasidagi birinchi o‘rindagi savdo hamkori) va Turkiya (TDT doirasidagi ikkinchi o‘rindagi savdo hamkori) hisoblanadi.

    2016-yildan buyon O‘zbekiston va TDT davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi umumiy hisobda qariyb 3 barobarga oshdi. TDT mamlakatlari oldida mintaqalararo savdo sohasida jiddiy siljish qilish masalasi turibdi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi TDTga a’zo davlatlarning 970 mlrd dollarlik umumiy savdo aylanmasida 3 foizdan kamroqni (21 mlrd dollar) tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichni bir necha barobar oshirish salohiyati mavjud.

    Turkiy davlatlarning tili va dini mushtarakligi, tarixiy va madaniy aloqalari TDTning tashkil etilishi va rivojlanishida mustahkam poydevor bo‘lib, bu ularning xalqaro maydondagi mavqeni mustahkamlash va ushbu mamlakatlar xalqlari milliy qadriyatlarini ommalashtirish imkonini beradi. TDTning asosiy vazifalari sifatida bejizga quyidagilar belgilanmagan:

    1. Ta’lim, madaniyat va turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish;
    2. Turkiy xalqlarning buyuk madaniy va tarixiy merosini targ‘ib qilish va ommalashtirishda ommaviy axborot vositalarining o‘zaro hamkorligini rag‘batlantirish.

    Nega aynan Samarqand?

    O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan TDT sammiti hamda ushbu tadbir uchun Samarqand shahrining tanlanishida ham katta ramziy ma’no bor. Tarixdan ma’lumki, Samarqand jahon tamaddunining qadimiy beshiklaridan biridir. Bu qadimiy shahar ming yillar davomida Ipak yo‘li bo‘ylab sivilizatsiyalar o‘rtasidagi aloqa chorrahasi bo‘lib kelgan. Bu zaminda qardosh xalqlar umumiy tarixining ko‘plab shonli sahifalari yozilgan.

    Sharqdagi Birinchi va Ikkinchi Renessans davrining asosiy poydevorlaridan biri bo‘lgan Samarqand insoniyat tamadduni rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Turkiy davlatlar tashkilotida Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro mukofotning ta’sis etilishi barcha turkiy xalqlarning buyuk mutafakkir shoiri siymosida o‘zlikni anglash va his qilishdek muqaddas tuyg‘uga chuqur hurmat timsoliga aylanadi.

    10.11.2022, 11:01   Izoh (0)   7100
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev dunyoning 500 nafar eng nufuzli musulmonlari ro‘yxatidan o‘rin oldi

    10.11.2022, 10:45

    Namanganda harakatlanib ketayotgan Damas yonib ketdi (video)

    10.11.2022, 10:22

    Xorazmda Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

    10.11.2022, 09:54

    Turkiy davlatlar tashkiloti Investitsiya jamg‘armasi ta’sis etiladi

    10.11.2022, 09:10

    O‘zbekiston mahsulotlarining Saudiya Arabistoniga eksporti ko‘paytiriladi

    10.11.2022, 08:10

    O‘zbekistonga eng ko‘p kofe Italiyadan olib kelinmoqda — Statistika qo‘mitasi

    10.11.2022, 07:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.