The Muslim 500 — “Dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni” ro‘yxatining 2023-yil uchun reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham o‘rin oldi.
Birinchi o‘rinni Saudiya Arabistoni podshosi Salmon ibn Abdul Aziz al-Saud egalladi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on to‘rtinchi o‘rinni egallagan.
Ro‘yxatdan yana bir qator davlat rahbarlari — Qozog‘iston prezidenti Qosim Jo‘mart To‘qayev, BAA prezidenti Muhammad bin Zoid al-Nahayon, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon al-Saud, Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif ham o‘rin olgan.
Ma’lumot uchun, The Muslim 500 ro‘yxati 2009-yildan buyon e’lon qilib kelinadi va unga musulmon dunyosiga siyosiy, mafkuraviy, madaniy va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ta’sir ko‘rsata olgan taniqli insonlar kiritiladi.
Izoh (0)