Xorazmda terroristik tashkilot safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Xorazm viloyatida yashovchi 23 yoshli A.S. internetdan foydalanishi davomida Suriyadagi xalqaro terroristik tashkilot jangarilari ta’siriga tushib, ular safiga qo‘shilish uchun chiqib ketayotgan vaqtda viloyat huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan.
Aniqlanishicha, A.S. o‘zining tanishlariga diniy da’vatlar qilib, internet orqali ularga “jangari”larning qo‘poruvchilik faoliyati aks etgan videoroliklarni tarqatib kelgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hibsga olindi. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)