2022-yilning yanvar—sentabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 2,3 million dollarga teng bo‘lgan 340 tonna kofe import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, kofe importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 8 tonnaga oshgan.
9 oyda O‘zbekistonga import qilingan kofening eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlar quyidagicha:
- Italiya – 88,4 tonna;
- Rossiya – 51,6 tonna;
- Braziliya – 50,4 tonna;
- Germaniya – 29,6 tonna;
- Polsha – 29,1 tonna;
- Turkiya – 13,9 tonna.
Izoh (0)