• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Xususiylashtirish hajmini bir mlrd dollarga yetkazamiz”. Davlatga tegishli bir qator yirik korxonalar sotilishi ma’lum qilindi

    O‘zbekistonda bir qator yirik davlat korxonalarini xususiylashtirish ishlari davom etmoqda va ayrimlarini bu jarayonga tayyorlash boshlanadi. Samarqandda bo‘lib o‘tgan iqtisodiy forumda mazkur masalada alohida sessiya tashkil etildi va unda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov ma’ruza qildi.

    Akmalxon Ortiqov

    Akmalxon Ortiqov
    Foto: “Daryo”

    “Xususiylashtirish ko‘lami kattalashmoqda”

    Bugungi kungacha mingdan ortiq davlatga tegishli ko‘chmas mulk obyektlari xususiylashtirildi. Shu bilan birga, davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayoni ham davom etmoqda. Yaqinda qabul qilingan prezident farmoni bilan xususiylashtirishga katta start berildi. Bu birdaniga hamma davlat korxonalarini sotish emas, balki xususiylashtirishga tayyorlashdir.

    Avvalo, qanday qilib sotish kerak, degan savolga aniq javob bo‘lishi zarur. Masalan, issiqlik elektr stansiyalarini xususiylashtirish kerak. Lekin qanday qilib? Har bir elektr stansiyani alohida sotish kerakmi yoki davlat ulushining bir qismini strategik investorga sotgan ma’qulmi, degan savollarga javob berish uchun ham xalqaro konsultantlarni yollayapmiz.

    “O‘zbekiston havo yo‘llari”ni xususiylashtirish bo‘yicha konsultant yollaymiz. Yoki bo‘lmasa, telekommunikatsiya sohasida mobil kompaniya bor – UMS. Uni ham xususiylashtirish bo‘yicha konsultant yollaymiz.

    Ayrim odamlar xususiylashtirish jarayonlari sekinlashib qoldi, degan fikrlarni bildirmoqda. Bu noto‘g‘ri. Hozirda xususiylashtirish jarayonlari ko‘lam jihatdan kattalashib bormoqda. Eng to‘g‘ri qarorlarni qabul qilish albatta, katta mas’uliyat. Har bir yirik korxona ortida minglab ish o‘rinlari turibdi. Biz barcha jihatlarni hisobga olishimiz zarur.

    Xususiylashtirishdan davlatga qancha mablag‘ tushmoqda?

    2021-yilgacha xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar budjetning manbai sifatida qaralmagan. O‘tgan yili xususiylashtirishdan tushgan pullar qariyb 700 million dollar atrofida bo‘ldi. Shundan 400 million dollarga yaqin pullar xususiylashtirish jamg‘armasiga kelib tushgan. 2022-yilning o‘tgan davrida xususiylashtirish jarayoni 5 trillion so‘mdan ortiq miqdorni qamrab olgan bo‘lsa, shundan 4 trillion so‘mga yaqin mablag‘lar jamg‘armamizga kelib tushgan.

    Yil oxirigacha oldimizda katta rejalar bor. Katta loyihalar mavjud. Xususiylashtirish hajmini qariyb bir milliard dollarga yetkazmoqchimiz. Buning uchun oldimizda yakuniga yetkazilishi lozim bo‘lgan ko‘p ishlar turibdi.

    “Dehqonobod kaliy zavodi”ni xususiylashtirish bo‘yicha qo‘limizda mandatimiz bor. Lekin nima uchun xususiylashtirishni e’lon qilmayapmiz? Chunki uni sotish muammo emas, zavodning ertaga ishlashi va investorga jozibador taklif kiritish eng katta masala bo‘lib turibdi. Mineral xomashyo bazasini xalqaro standart darajasiga ko‘tarib, zavodni keyin sotmoqchimiz. Investor bu yerga ishonch va kafolatga ega bo‘lsagina keladi. Yoki bo‘lmasa, oldimizda “Farg‘ona azot”ni xususiylashtirish masalasi turibdi. Bu tabiiy gazda ishlaydigan korxona. Konsultantlar tomonidan mazkur zavod bo‘yicha investorga nima kafolat berasan, degan savol bo‘ldi. Chunki tabiiy gazni bu zavodga kamida 10 yillik kafolatini berishimiz kerak. Mana shunaqangi ishlarni amalga oshirish lozim. “Farg‘ona azot”da 5 ming 500 nafarga yaqin odam ishlaydi. Ertaga zavod sotilganda tabiiy gaz ta’minotida uzilishlar bo‘lmasligi kerak. Xususiy mulkka aylantirishning shu nuqtalarni ham hisobga olish zarur. Biz bir tomondan xomashyo kafolatini beryapmiz. Albatta, u xomashyoni osmonga uchirib yubormaydi, zavodda ishlab chiqarishda foydalanadi. Ikkinchi tomondan, kafolatlangan ish o‘rinlari saqlab qolinadi. Va investor keyingi korxonani rivojlantirish uchun ham ishonch bilan pul tikadi.

    Coca-Cola’ning davlat ulushi sotilgandan keyingi taqdiri haqida

    O‘tgan yili Coca-Cola’dagi 57 foiz davlat ulushini xususiylashtirganimiz yaxshi jarayon bo‘ldi. Yuqori narxga xususiylashtirdik. U haqiqiy egasiga sotilgani uchun, tadbirkor butun korxonani sifat jihatdan yaxshilash ustida ishlamoqda. Ya’ni hozirda Coca-Cola Samarqandda zavod qurishni boshladi. Bu zavod qurilishiga investor tomonidan 78-80 million dollar atrofida investitsiya qilinishi rejalashtirilgan. Yana bir yo‘nalish Urganchda Coca-Cola zavodlaridan biri joylashgan. U yerda jihozlar eskirgan. Unga yana 40 million dollar sarflanmoqda. Uchinchisi, kompaniyaning Namangan shahri markazida zavodi bor. Uni shahardan chetroqqa ko‘chirish taklifi bildirilyapti. Buning uchun ham kamida 40 million dollar pul sarflash rejasi mavjud.

    Tadbirkor 252 million dollar davlatga pul to‘lab zavodni sotib oldi. Uning orqasidan yana 160 million dollar investitsiya olib kelyapti. Korxona O‘zbekistonda ishlab turibdi, unga soliq to‘layapti, ishchilar ishlamoqda. Hammasi amalga oshirilyapti. Demak, davlat korxonalarini xususiylashtirishga investorni jalb qiladigan darajada tayyorlash juda muhim ahamiyatga ega.

    Jamshid Qo‘chqorov

    Forumda ishtirok etgan Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov “Daryo muxbiriga bergan intervyusida davlat korxonalarini xususiylashtirishda qaysi mamlakatlardan ko‘proq takliflar tushayotganini aytdi.

    Davlat aktivlarini xususiylashtirish borasida turli mamlakatlardan investorlar takliflar bildirmoqda. Masalan, Buyuk Britaniya, Hindiston, Singapur, Turkiya, Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan, qo‘shni Qozog‘istondan ham o‘rta darajadagi korxonalarni sotib olishga qiziqish kuchli. Davlatga qarashli mehmonxonalarni sotyapmiz. Bunga ayniqsa, Arab mamlakatlaridan qiziqish juda katta bo‘lmoqda. Shuning uchun yaqin haftalarda Hyatt regency mehmonxonasini sotamiz. Bu jarayon yakuniy bosqichda turibdi. Shu bilan birga, “Toshkent” mehmonxonasi ham xususiylashtirish jarayonida.
    Shuningdek, Jamshid Qo‘chqorov “Farg‘ona azot”ni sotish ishlari nega kechikayotganiga ham izoh berdi.

    “Yaqinda “Farg‘ona azot”ni sotish ishlari yakunlanadi. Yaxshi hamkorlar bor. Qiziqish juda yuqori. To‘g‘ri, bu korxonani xususiylashtirish ishlari rejadan biroz ortda qolmoqda. Ya’ni bu oktabr oyi oxirigacha amalga oshishi kerak edi. Lekin xaridorlar yana ikki hafta cho‘zishga ruxsat so‘radi. Umid qilamizki, kelishuvni shu yil imzolashga erishamiz. Shu bilan birga, “Dehqonobod kaliy zavodi”ni ham xususiylashtiramiz. 2023-yilning uchinchi choragida bu ish yakunlanadi. Kelgusi yili “Navoiy azot”ni ham to‘liq xususiylashtirishni boshlaymiz”, – dedi bosh vazir o‘rinbosari.

    08.11.2022, 22:06   Izoh (1)   10203
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 5418570948@telegram.org / 09.11.2022, 08:55

      Prezidentni boʻsh, samarasiz, foydalanilmayotgan binolarni xususiylashtirish maqsadida auksionga chiqarish toʻrisidagi qarorini roʻkach qilib biz 10 yilga icharaga olib samarali foydalanayotgan binoni auksionga chiqarib yuborishdi. Shu adolatdanmi. Bilaman xatimni yana viloyatga qaytarib yuborasizlar shu sizlarning chora koʻrishingiz ular prezident qarorini roʻkach qilishadi. Nahot prezident tadbirkordan binosini tortib ol puli boʻlsa sotib olsin boʻlmasa yigʻishtirisin deb qaror chiqarsa.

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezident topshirig‘i: Qrim va Sevastopol hududlaridagi talabalar ham o‘qishini ko‘chirishi mumkin

    08.11.2022, 22:03

    O‘zbekiston delegatsiyasi Oq uy va AQSH Davlat departamentida muzokaralar o‘tkazdi

    08.11.2022, 21:23

    Video: “Hisor” qo‘riqxonasida ikki bolasi bilan oziqlanib yurgan ona ayiq

    08.11.2022, 20:45

    “Samarqandda bo‘lib o‘tgan iqtisodiy forum menda juda bir tashvishli hissiyot uyg‘otdi” — iqtisodiy tahlilchi Abdulla Abduqodirov

    08.11.2022, 20:19

    Farg‘onada musodara qilingan Nexia-3 ni qariyb 4 ming dollarga olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    08.11.2022, 19:57

    O‘zbekiston 9 oyda Rossiyaga 73 mingta televizor eksport qildi

    08.11.2022, 19:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ramzan Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li uylandi

    Dunyo | 29 iyun, 23:40

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” Messi boshchiligidagi “Inter Mayami” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi

    Sport | 29 iyun, 23:09

    “Uy oldi-sotdisini naqdsiz shaklga o‘tkazmoqchimiz” — Mubin Mirzayev

    O‘zbekiston | 29 iyun, 23:05

    Ozarbayjon Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari tashrifini bekor qildi

    Dunyo | 29 iyun, 23:00

    “Nasiya bozorini davlat tomonidan tartibga solish rejalashtirilgan” — Timur Ishmetov

    Iqtisodiyot | 29 iyun, 22:30

    Superliga. “Buxoro” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 29 iyun, 22:15

    Eron MAGATE rahbari uchun yadroviy obyektlarga kirishni yopdi

    Dunyo | 29 iyun, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.