Toshkent shahar hokimligi fuqarolarni 7—8-noyabr kunlari bo‘lishi kutilayotgan kuchli shamol va yog‘ingarchilikdan ogohlantirdi.
“Hurmatli toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlari!
‘O‘zgidromet’ markazi ma’lumotiga ko‘ra, 7—8-noyabr kunlari Toshkent shahrida kuchli shamol va yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.
Noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarini daraxtlar tagida qoldirmasligingizni, o‘zingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)