Qashqadaryo viloyatida 5-noyabr kuni haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida “Jiguli” ag‘darilib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi shu kuni soat 21:55 lar chamasida 4R-84 Chiroqchi—Yakkabog‘—Sho‘rbozor avtomobil yo‘lining 18-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi R.G‘. “VAZ-2101” avtotransport vositasida harakatlanib kelayotganda boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda temir to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan.
YTHda hech kim tan jarohati olmagan.
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)