Toshkent shahri Sergeli tumanida 2,5 milliard so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda“A.” MCHJ rahbari va boshqalar bank filialidan ehtiyot qismlarni sotib olib, savdo faoliyatini kengaytirish uchun ajratilgan 2,5 milliard so‘m imtiyozli kredit evaziga “T.” MCHJ tomonidan ehtiyot qismlar yetkazib berilmagan bo‘lsa-da, go‘yoki ehtiyot qismlar yetkazib berilganligi to‘g‘risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirgani aniqlangan. U ushbu kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)