O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi press klubida Yo‘l harakati xavfsizligi muammolarini o‘rganish markazi boshlig‘i Mashrab Razzoqov yanvar—sentabr oylarida yuz bergan yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2022-yilning 9 oyida respublika bo‘yicha 6449 ta YTH sodir bo‘lgan. Ularning 1494 tasi o‘lim bilan yakunlangan. YTHlarning sabablari o‘rganilganda eng ko‘p holatga yo‘l infratuzilmasi to‘g‘ri tashkil etilmagani sabab bo‘lgani aniqlangan. To‘qnashuvlarning 49,3 foizi aynan yo‘l infratuzilmasidagi muammolar tufayli yuzaga kelgan.
YTHlarning:
- 884 tasi piyodalar o‘tish joylari tashkil etilmagani;
- 552 tasi veloyo‘laklar yo‘qligi;
- 509 tasi yo‘lni ikkiga ajratuvchi to‘siqlar o‘rnatilmagani;
- 381 tasi yo‘llar yoritilmagani;
- 381 tasi piyodalar harakatini cheklovchi panjaralar yo‘qligi;
- 284 ta yo‘lning transport oqimiga moslashtirilmagani;
- 109 tasi yo‘l qoplamasi ho‘l yoki muzlama bo‘lgani sabab sodir etilgan.
Izoh (0)