Daryo

O‘zbekistonda 6 oyda fuqarolar davlatga qariyb 64 mlrd so‘mlik “yashil” energiya sotdi 

To‘langan subsidiyalarning eng katta qismi Xorazm viloyatiga to‘g‘ri kelgan

1 daqiqa o‘qish3 278 ko‘rishlar0 izoh0

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida jismoniy shaxslar tomonidan elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi hajmi qariyb 64 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, 28 538 nafar jismoniy shaxs quyosh energiyasi olish moslamalari uchun 63 milliard 498 million so‘m miqdorida davlat byudjetidan subsidiya olgan.

Foto: Google Images

Subsidiya olgan hududlar birinchiligida 19,1 milliard so‘m bilan Xorazm viloyati turibdi. Undan keyin 9,7 milliard so‘m va tegishli tartibda 4,9 milliard so‘m subsidiya bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent shahri o‘rin egallagan.

Subsidiyani qanday olish mumkin?

Quyosh panellari orqali subsidiya jamg‘argan fuqarolar pullarni “Soliq” mobil ilovasi “keshbek va imtiyozlar” xizmatining “Quyoshli xonadon” bo‘limidagi “kartaga pul o‘tkazish” bo‘limi orqali bank kartasiga o‘tkazib olishlari mumkin.

Taʼkidlash joiz, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt/soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar