• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Amerikalik yigit tomonidan yaratilgan birinchi internet virusi, “haqiqiy erkaklar o‘yini” — xokkeyda niqob paydo bo‘lishi va Vyetnam birinchi prezidentining o‘ldirilishi. Kun xronologiyasida 2-noyabr

    2-noyabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan dunyoda amerikalik aspirant tomonidan internet tarmog‘i uchun yaratilgan birinchi virus, xokkey niqobini o‘ylab topgan darvozabon hamda Vyetnam birinchi prezidentining o‘ldirilishiga oid faktlar o‘rin olgan.

    “Hech kim nima bo‘layotganini tushunmasdi”. Minglab kompyuterlarni falajlab, internetni o‘zgartirib yuborgan amerikalik talaba

    1988-yil 2-noyabr kuni Robert Morris tomonidan yaratilgan “qurtlar” (worm) birinchi marta Massachusets texnologiya institutida aniqlangandi. O‘sha yilning kuzida Kornell universiteti aspiranti Robert Teppen Morris o‘z davri uchun hali noma’lum bo‘lgan, faqat akademik va hukumat doirasidagi insonlar foydalana olgan internetni o‘rganishga kirishgan. Tarmoq ko‘lamini anglashga harakat qilgan yosh dasturchi tarixdagi birinchi “tarmoq qurti”ni yaratadi. Aspirant tomonidan yaratilgan virus AQSHda kompyuter firibgarligi bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi sud jarayoni hamdir.

    Foto: Getty Images

    Garvard universiteti bitiruvchisi va Kornell universitetining aspiranti bo‘lgan 23 yoshli Robert Morrisning “qurtlari” haqiqatan keng ko‘lamda tarqalgan. Virus 6 mingta internet-tuguni ishini falaj holatga keltirgan, bu vaqtda ularning umumiy soni 60 mingga yaqinni tashkil etgan, xolos. AQSH Hisob palatasi ma’lumotlariga ko‘ra, virus kompyuterlar tarmog‘iga ulangan 10 foiz qurilmalarga zarar yetkazgan.

    O‘n minglab qurilmalar ishdan chiqqach, Qo‘shma Shtatlarda haqiqiy vahima boshlangan. Morrisning “qurtlari” olimlar, dasturchilar, talabalar va amaldorlarning e’tiborini o‘ziga tortgan. “Nima bo‘layotganini tushunmaganimiz uchun hamma sarosimada edik. Bu AQSHga qarshi harbiy hujum degan taxminlar ham yangragandi”, — deya eslaydi The New York Times jurnalisti Jon Makroff. Oxir-oqibat Berkli institutiga mamlakatning eng yaxshi mutaxassislari jalb etiladi: ularga zararli virus oqibatlarini bartaraf etish topshirig‘i qo‘yilgandi.

    Foto: Getty Images

    1980-yillarda asosan ARPANET’dan foydalanilgan — bu AQSH Mudofaa vazirligining Istiqbolli tadqiqotlar agentligi (DARPA) tomonidan 1969-yilda yaratilgan butunjahon internet to‘ri muqobili edi. Tarmoqdan asosan ilmiy arboblar va hukumat shaxslari foydalangan. U vaqtlarda kiberjinoyatchilik haqida hech kim o‘ylamagan — ular onlayn holatda bo‘lish xavf tug‘dirishi mumkinligini tushunmagan ham.

    O‘z davrining onlayn olamini buzgan Morris taqdir taqozosi bilan kiberjinoyatchiga aylangan. Aslida u kimgadir zarar yetkazish yoki pul ishlash niyatida bo‘lmagan. Uning yagona maqsadi ilmiy qiziqish — dasturchi virusni tajriba loyihasi sifatida o‘ylab topgan.

    Foto: Getty Images

    Morrisning “qurtlari” murakkab dastur bo‘lib, u mustaqil ravishda tarmoq bo‘ylab tarqalishi va o‘zini o‘chirishga bo‘lgan urinishlarga qarshilik ko‘rsatishi mumkin edi. Virus avval boshida qurilmalarga zarar yetkazishda dasturlashtirilmagan bo‘lsa-da, unda xatolik yuz bergan. Buning oqibatida kompyuterlar dasturlarni o‘n martalab qayta ishga tushirgan, natijada serverlarga yuklama ortib ketib, ularni ishdan chiqargan.

    Ko‘pchilik Morris dasturni yozish imkonini bergan ushbu chuqur texnologik bilimni otasidan olgan deb hisoblagan — katta Robert Morris Milliy xavfsizlik agentligi xodimi bo‘lgan va federal hukumatda IT-xavfsizlik bo‘yicha bo‘linmaga rahbarlik qilgan.

    “Qurt” tarmoqdagi nuqsondan foydalangan: birinchidan, o‘sha vaqtda mashhur bo‘lgan Finger va Sendmail servislari masofadan turib kompyuterda kodni ishga tushira olgan. Ikkinchidan, agar berilgan variant to‘g‘ri kelmasa, “qurt” konsolga masofaviy administratsiya orqali ulanishga uringan. Buning uchun virus parolni mustaqil tanlashi kerak bo‘lgan. Bu Morrisning dasturi uchun jiddiy qiyinchilik tug‘dirmagan: ko‘plab parollar foydalanuvchilarning ismlariga mos kelgan yoki o‘sha harflarning qayta tartibi ko‘rinishida yozilgan. Bundan tashqari, 400 ta so‘zdan iborat lug‘at yordamida ko‘plab parollar osonlikcha buzilgan.

    Qurilmaga kirgan virus o‘z nomini o‘zgartirgan, vaqtinchalik fayllarni o‘chirib tashlagan va xotiradagi ma’lumotlarni shifrlagan — bularning barchasi uning aniqlanishiga qarshilik ko‘rsatgan. Natijada virus ARPANET tarmoq trafigining ortib ketishiga sabab bo‘lgan, uni to‘xtatishning yagona yo‘li kompyuterni tarmoqdan uzish edi.

    Tadqiqotchilar jamoasi “qurt”ni o‘rganishga va uning oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan. Shu bilan birga, virusning ortida kim turgani borasidagi masala kun tartibidan o‘rin olgan. Morrisning o‘zi minglab kompyuterlar ishdan chiqishini kutmagan. Tez orada dasturchi ikki nafar do‘sti bilan bog‘langan va o‘z ixtirosi nazoratdan chiqib ketganini aytgan.

    Morris do‘stlaridan biridan anonim ravishda qisqa uzr so‘rab, zararli dasturni o‘chirish bo‘yicha qo‘llanmani e’lon qilishni so‘ragan. Biroq dasturchining qo‘llanmasi o‘z manziliga yetib bora olmagan — tarmoq oldingidek ishlamasdi. Shu kuni kechasi The New York Times tahririyatiga Morrisning ikkinchi do‘stidan anonim qo‘ng‘iroq kelib tushadi.

    Yigit jurnalistlarga “qurt”ning muallifi kim ekanini bilishini aytadi. U zararli dastur qasddan emas, balki dasturlashdagi xatolik sabab tarqalib ketganini bildirgan. Suhbat davomida Morrisning do‘sti tasodifan uning ism-sharifi bosh harflarini aytib yuboradi — RTM.

    Foto: Getty Images

    Ushbu ma’lumotdan foydalangan nashriyot tarixdagi birinchi kiberjinoyatchi kimligini aniqlaydi va u Kornell universitetining 23 yoshli aspiranti Robert Teppen Morris ekanini ma’lum qiladi.

    Morrisning jinoyatidan ikki yil oldin Kongress kompyuter firibgarligi to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgandi. 1989-yilda prokurorlar dasturchiga ayblov e’lon qiladi. Keyingi yilda esa sud hay’ati a’zolari uni aybdor deb topadi. Morris 1986-yilgi qonun bo‘yicha sudlangan birinchi insonga aylangan. Biroq u qamoq jazosidan qutulib qolgan: buning o‘rnida yigit jarimaga va 400 soat jamoatchilik ishlariga tortilgan.

    Foto: Getty Images

    Xokkeyni himoya shlemida o‘ynashni joriy etgan “Monreal”ning afsonaviy darvozaboni

    Zamonaviy xokkey darvozabonini himoya niqobisiz tasavvur etish qiyin. Golkiperning shlemi majburiy atributga aylanganiga ancha bo‘libgina qolmay, usiz har qanday professional ligada o‘ynash taqiqlangan. Biroq 63 yil oldin Milliy xokkey ligasida (NXL) o‘yin vaqtida yuzni biror narsa bilan himoyalashga bema’nilik sifatida qaralgan. Bu oddiy qabul qilinibgina qolmay, balki qo‘rqoqlik belgisi ham hisoblangan, 50-yillarning ideal darvozaboni yuzlari chandiqlarga to‘la Terri Savchuk bo‘lgan.

    Jak Plant

    Jak Plant
    Foto: Getty Images

    Ta’kidlash kerakki, uzoq vaqt davomida darvozabon shlemiga hech qanday talab bo‘lmagan. O‘yinchilarning klyushkasi to‘g‘ri bo‘lgani bois shayba kamdan kam holatda muz yuzasidan ko‘tarilgan va darvozabon yuziga tegib ketishi amrimahol edi. Ammo xokkey rivojlangan, kiyim-kechaklari bilan birga, shaybalarni uloqtirish tezligi va balandligi oshgan, darvozabon boshi esa himoyasizligicha qolavergan. Ular har bir o‘yinga hayotini o‘rtaga qo‘yish bilan tushgan, biroq hech narsani o‘zgartira olishmagan — chunki o‘yin qoidasi shunday edi.

    Eng kuchli va eskirgan har qanday aksiomani ham kuchli novator o‘zgartira oladi. Jak Plant 1960-yillardagi shu kabi insonlardan biri edi. 1959-yil 2-noyabr kungi uchrashuvda raqib tomonidan uzatilgan shayba burniga jiddiy shikast yetkazgach, u maydonga himoya niqobida tushadi.

    Jak Plant 1929-yil 17-yanvarda Kvebek provinsiyasidagi Notr-Dam-dyu-Mon-Karmel nomli shaharchada dunyoga kelgan. U to‘rt yoshidan xokkey o‘ynashni boshlagan — darvozabon pozitsiyasida muvaffaqiyatga erishgan. Jak 18 yoshida “Kvebek Sitadels” yoshlar jamoasidan o‘rin olib, e’tiborga tushadi: iqtidorli va nostandart darvozabon xizmatiga “Reynjers” va “Monreal” qiziqish bildiradi. Plant haqiqiy kanadalik sifatida “Monreal”ni tanlaydi.

    Foto: Getty Images

    Jak Plant NXL’dagi karyerasi endi boshlangan vaqtlardayoq himoya niqobidan foydalanib kelgan, ammo faqat mashg‘ulotlarda Plantga o‘yinda niqobdan foydalanishni “Monreal” murabbiyi Gektor Bleyk taqiqlagan, u golkiper uni taqsa, maydonchani yaxshi ko‘ra olmaydi deb hisoblagan.

    “Yagona sabab chandiqlar soni edi. ‘Monreal Kannadiens’da birinchi yil o‘ynaganimda Bert Olmstid tomonidan otilgan shayba o‘ng jag‘imni sindirgan. Keyingi yil chap jag‘im sindi. Shundan keyin to‘rt marta burnim, chanoq suyaklarim sindi, mayda jarohatlarni hisobga olmayapman. Niqob bu kabi jarohatlarning aksariyatini qaytarishi kerak edi. Bunday xulosaga kelganimdan so‘ng, uning konstruksiyasi ustida ishlay boshladim. Bu taxminan 1956-yil edi. Uch yil davomida ishladim va shisha tola ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi tanishim yordamida niqob namunasini tayyorlashga muvaffaq bo‘ldim”, — deya eslaydi Plant.

    Plant uzoq vaqt murabbiyining chizig‘idan chiqmay niqobsiz o‘ynaydi, biroq 1959-yilgi o‘yinda uning sabr kosasi to‘lgandi. “Reynjers” hujumchisi Endi Basgeyt uloqtirgan shayba darvozabonning burniga kelib tegadi, u maydonchani favqulodda tark etishga majbur bo‘ladi. U vaqtlarda jamoa tarkibida zaxira darvozabon bo‘lmagan, shu bois darvozani oddiy o‘yinchilar yoki umuman stadion xodimi himoya qilishi kerak edi. “Reynjers” bu o‘yinda mezmon edi va “Monreal”ga yaxshiroq nomzod berishi dargumon bo‘lgan. Ko‘p o‘tmay Plant maydonga qaytadi, biroq niqobda!

    Foto: Getty Images

    Tribuna hayratdan qotib qoladi, Gektor Bleyks esa noroziligini bildiradi, biroq “Monreal” yetakchisining boshqa tanlovi yo‘q edi va u to‘g‘ri qaror qabul qiladi. “Monreal” Jakning yordamida mehmonda 3:1 hisobda g‘alaba qozonadi.

    Plant niqob yaxshi o‘yin uchun xalaqit bermasligini isbotlagan, ammo avvaliga u Bleyk bilan yuzi tuzalgach, niqobni yechishga kelishib olgan. Shunday bo‘lsa-da, qaysar Plant o‘yinlarga niqobda tushishda davom etavergan. Jak konservativ muxlislarga niqob golkiperning imkoniyatlarini hech qanaqa cheklamasligini, aksincha, yuzini o‘ylayvermay faqat shaybaga diqqatini qaratishini isbotlab bergan.

    Vyetnam birinchi prezidentining o‘ldirilishi

    Bundan 59 yil oldin Vyetnamning birinchi prezidenti Ngo Din Zyem davlat to‘ntarishi oqibatida hibsga olingan va ukasi bilan birga o‘ldirilgan edi.

    Foto: Wikipedia

    Zyem siyosiy karyerasini 1954-yilda, Vyetnam imperatori Bao Day uni bosh vazir etib tayinlaganda boshlagan. Bu vaqtda Fransiya ittifoqi tomonidan tor-mor keltirilgan davlat Jeneva konferensiyasi qaroriga muvofiq ikki qismga ajratilgan edi. 1956-yilda saylovlar o‘tkazish va birlashgan millat hukumatini tuzish reja qilingan. Bu vaqtda kelib Zyem va Bao Day hokimiyat uchun kurashni boshlagan. Imperator Zyemni yoqtirmagan, ammo u yordamida AQSHni jalb eta olishiga umid qilib tanlagan. Zyem 1955-yilning oktabrida, Janubiy Vyetnam respublikaga aylanishi borasidagi referendum o‘tkazilishini belgilaganida vaziyat keskinlashgan. Zyem referendum natijalarini soxtalashtirgan, g‘alaba qozongan va o‘zini yangi tuzilgan Vyetnam respublikasining prezidenti deb e’lon qilgan.

    Zyem birlashuv bo‘yicha saylovlar o‘tkazishdan bosh tortgan, bunga u Vyetnam Jeneva bitimiga imzo qo‘ymaganini asos qilib ko‘rsatgan. U mamlakat ustidan o‘zining despotik va nepotistik boshqaruvini mustahkamlashga kirishgan. Konstitutsiya Zyemga qonun kuchi bilan farmon chiqarish va o‘zboshimchalik bilan favqulodda vakolatlar berish huquqini taqdim etgan. Minglab dissidentlar, kommunistlar va millatchilar qamoqxonalarga tashlangan va qatl etilgan. Saylovlar muntazam soxtalashtirilgan. Muxolifat o‘lim jazosi bilan qo‘rqitilgan.

    Foto: Wikipedia

    Zyem millatni o‘z aka-ukalari va qarindoshlari yordamida nazoratda ushlab turgan. Uni ag‘darish bo‘yicha ikkita urinish muvaffaqiyatsiz yakunlangan. 1960-yili mamlakatda bosh ko‘targan parashyutchilar isyoni bostirilgan. 1962-yilda Vyetnam Harbiy-havo kuchlarining ikki uchuvchisi prezident saroyiga bomba tashlagan, ammo Zyemga portlashda hech qanday jarohat yetmagan.

    1963-yil 1-noyabr kuni generallar Dung Van Min (prezidentning harbiy maslahatchisi) va Chan Van Don (armiya shtabi boshlig‘i) Zyemga qarshi davlat to‘ntarishiga boshchilik qiladi. Isyonchilar yuqori rejim ofitserlarini yo‘q qilish bo‘yicha puxta rejani ishlab chiqardi. Prezident o‘ziga sodiq deb hisoblagan general Din ham isyonchilar tarafida ekanini bilmagan. Davlat rahbari to‘ntarishga urinish rejasidan xabardor bo‘lgan, bunga qarshi u “Bravo” nomi ostida aksilto‘ntarish ustida ish olib borgan. Ular yolg‘ondan qo‘zg‘olon boshlashi, shundan keyin u bostirilishi kerak edi.

    Generallar Min va Don yuqori lavozimli ofitserlarni muammoli masalalarni hal etish bahonasida yig‘ilishga chaqiradi. Majlisda to‘ntarish boshlangani e’lon qilinadi. Kam sonli ofitserlar, jumladan, maxsus kuchlar boshlig‘i Tung fitnaga qo‘shilishdan bosh tortadi. Keyinroq Tung bosim ostida o‘z kuchlariga taslim bo‘lishni buyuradi. To‘ntarish oson kechgan, chunki isyonchilar Saygondagi asosiy obyektlarni egallagan va yo‘llarni yopib qo‘ygandi. Faqatgina saroyni himoya qiluvchi prezident gvardiyasi qolgan. Isyonchilar hukumat va armiya binolariga hujum qilib egallagan, ammo Zyem o‘z xohishi bilan iste’foga ketishiga umid qilib, saroyga bostirib kirmagandi. Zyem hokimiyatni topshirish taklifini rad etadi.

    2-noyabr tongida Zyem taslim bo‘ladi. Isyonchi ofitserlar Zyem va uning ukasiga mamlakatdan xavfsiz chiqib ketishni va’da qiladi. Soat 06:00 ofitserlar Oliy qo‘mondonlik shtab-kvartirasida yig‘ilish o‘tkazib, aka-ukalar taqdirini muhokama qiladi. To‘plangan harbiylarning aksariyati prezidentni surgun qilish taklifini ma’qullagan, Zyem davridagi sobiq politsiya boshlig‘i general Le esa uni qatl etish kerak, degan. Yig‘ilishda rasman ovoz berish jarayoni o‘tkazilmagan va kamchilik Leni qo‘llab-quvvatlagan.

    Foto: Wikipedia

    Min va Don to‘ntarishda ishtirok etgan AQSH armiyasi MRB ofitseri Lyusen Koneyn aka-ukalarni mamlakatdan olib chiqish uchun samolyot so‘ragan. To‘ntarishdan ikki kun oldin AQSHning Janubiy Vyetnamdagi elchisi Genri Kebot Vashingtonni isyonchilar shu kabi talabni bildirishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Mazkur talab Kennedi administratsiyasini qiyin ahvolga solib qo‘ygan, chunki ochiqdan ochiq samolyot taqdim etish AQSHning to‘ntarishga aloqadorligini ko‘rsatib qo‘yardi.

    Taslim bo‘lgan prezident va uning ukasi hibsga olinib, konvoy mashinasiga o‘tqizilgan. Orqa o‘rindiqda qo‘riqchilar ofitseri ham bo‘lgan. Konvoy temiryo‘l kesishmasida to‘xtagan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, aka-ukalar shu yerda avtomatdan otib tashlangan.

    Foto: Wikipedia

    “Birlashgan bosh qo‘mondonlik shtabi tomon yo‘lga chiqqanimizda Zyem tinch o‘tirardi, biroq Nyu va kapitan Nun bir-birini haqorat qilishga tushdi. Ularning qay biri birinchi boshlaganini bilmayman. Vaziyat yomonlashdi. Oldinlari Nyuni yomon ko‘rgan kapitan hissiyotlarga berildi”, — deydi mashina ichida bo‘lgan guvohlardan biri.

    Mashina temiryo‘lga yetgach, Nun Nyuga pichoq bilan tashlanib qolgan va unga 15-20 marta sanchib olgan. G‘azabga to‘lib Zyemga o‘girilgan va revolveridan uning boshiga o‘q uzgan. Keyin polda yotgan Nyuga o‘q uzgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Fransiyadan mustaqillikka erishgan Jazoir, AQSH prezidentini o‘ldirishga kelgan ikki puertorikolik va Rossiya imperiyasi taxtiga o‘tirgan Nikolay II. Kun xronologiyasida 1-noyabr

    02.11.2022, 09:30   Izoh (0)   55435
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    KXDR 10 ta ballistik raketa uchirdi, ulardan biri Janubiy Koreya chegarasini kesib o‘tdi

    02.11.2022, 09:19

    Eron Saudiya Arabistoniga qarshi harbiy operatsiya boshlashi mumkin — WSJ

    02.11.2022, 01:31

    Kiyev viloyatida shoshilinch ravishda 425 ta yadroviy boshpana tayyorlanmoqda

    01.11.2022, 23:07

    Buyuk Britaniyaning Collins lug‘ati “permacrisis”ni yil so‘zi deb topdi

    01.11.2022, 20:09

    "Agar Ukraina urushda g'alaba qozonib, Rossiyaning yangi hududlarini tortib olsa, Rossiya atom bombadan foydalanishi mumkin" — Dmitriy Medvedev

    01.11.2022, 19:49

    Fransiya Ukrainaga havo mudofaasini kuchaytirishda yordam beradi — Yelisey saroyi

    01.11.2022, 19:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Sistit — bu uyat emas!


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.