Joriy yilning sentabr oyidagi bank hisob varaqalari bo‘yicha operatsiyalar tahlil qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar bermoqda.
2022-yil sentabr oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5,5 mln tani tashkil etdi. 2021-yilning sentabr oyiga nisbatan 1,1 mln tranzaksiyaga (26,7 foiz) oshgan.
Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 2 ta hududda oshgan.
2022-yil sentabrda mamlakatning 2 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Toshkent shahrida (57,1 foiz) va Andijon (2,6 foiz) viloyatida kuzatilgan.
Shu bilan birga ushbu indeks 12 ta hududda kamaygan.
Xususan, Toshkent (-17 foiz), Sirdaryo (-14,7 foiz) va Surxondaryo (-11,9 foiz) viloyatlarda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada kamayish kuzatilgan.
Izoh (0)