Farg‘ona viloyati IIB JXX YHXB ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limida ko‘plab fuqarolar navbatda turgani aks etgan video yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodagi holat 24-oktabr, dushanba kuni sodir bo‘lgan. Haftaning birinchi kuni haydovchilik guvohnomasi uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish uchun ko‘plab fuqarolar murojaat qilgani sababli mana shunday navbat yuzaga kelgan.
“Ushbu vaziyat boshqarma rahbariyati tomonidan nazoratga olindi va qisqa vaqtda muammo bartaraf etildi. Hozirda ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limida fuqarolar uchun bunday noqulaylik mavjud emas. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun fuqarolardan uzr so‘rab qolamiz”, — deyiladi rasmiy xabarda.
Izoh (0)