Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida noqonuniy baliq ovlayotgan fuqarolar aniqlandi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, inspektorlar tomonidan 24-oktabr kuni tumanning “Bandboshi” mahallasi hududida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazilgan.
Reyd tadbirida 4 nafar fuqaro taqiqlangan baliq ovlash vositasi (elektr qarmoq) yordamida baliq ovlayotgani aniqlangan, lekin ular barcha vositalar va ovlangan baliqlarni tashlab voqea joyidan qochishga ulgurgan.
Ushbu holat yuzasidan barcha vosita hamda baliqlar tegishli tartibda olib qo‘yilib, tergov surishtiruv harakatlarini olib borish uchun viloyat prokuraturasiga yuborilgan.
“Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)