2022-yilning uchinchi choragida Xitoy iqtisodiyotining o‘sishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,9 foizni tashkil etdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Birinchi uch chorakda o‘sish 3 foizni tashkil etgandi. Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 9 oy ichida 32,5 foizga o‘sib, 136,1 milliard dollarni tashkil etdi.
Raqamlar tahlilchilar prognozlaridan yaxshiroq bo‘lib chiqdi. Ekspertlar o‘sish ko‘rsatkichini 3,4 foiz bo‘lishini kutgan edi.
Xitoyning tashqi savdo aylanmasi yanvar—sentabr oylarida 4,75 trillion dollarni tashkil etib, 8,7 foizga o‘sdi. Xitoy bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, eksport 12,5 foizga, import 4,1 foizga oshgan.
Tashqi savdoda Xitoy O‘zbekistonning eng asosiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Joriy yilning yanvar—sentabr oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekiston Xitoyga 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotgan.
Avvalroq Si Szinpin 3-muddatga Xitoy yetakchisi etib saylangani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)