• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ukrainaliklar qanday chidayapti ekan” — Sirdaryodagi portlashdan dahshatga tushgan aholi

    22-oktabr kuni soat 04:55 da Sirdaryo viloyati Malik aholi punktidagi Mudofaa vazirligi omborida yakka tartibda portlash sodir bo‘lgandi. Ushbu hodisa oqibatida jarohat olgan 16 nafar bemorning 12 nafari Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasiga olib kelingan. Barcha jarohat olganlarga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 3742 ta turar va noturar joyning tomi, shifti, deraza va eshik romlariga qisman talafot yetgan.

    “Daryo” muxbiri voqea joyida bo‘lib, reportaj tayyorladi.

     

    Harbiy qism atrofida joylashgan mahallada istiqomat qiluvchi Ro‘zaxon Isoqovaning aytishicha, avval kuchli portlash bo‘lgan, keyin qattiq ovoz chiqqan.

    Ro‘zaxon Isoqova

    Ro‘zaxon Isoqova
    Foto: “Daryo”

    “Bomdod namozini o‘qishga turgan edim. Ayvonga chiqqanimda qattiq ovoz kelib, derazaga nimadir kelib urildi. Qo‘rqqanimdan dod deb, qaltirab ketdim. Oshxonamizdagi gaz ballonni portlab ketdimikan, deb o‘yladim. Birpasdan keyin guvullagan ovoz uchib o‘tdi. Osmon qop-qora tutun, atrof chang bo‘lib ketgandi. Oynalar sinib, uyim devoriga yoriq ketdi. Haligacha o‘zimga kelolganim yo‘q. Ukrainadagilar qanday chidayapti ekan-a? U yerlarda har kuni portlash bo‘lyapti. Bizdagi bitta portlashga shunchalik bo‘lgan bo‘lsa”, — dedi Ro‘zaxon Isoqova.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi kelib, xonadon egalaridan hol-ahvol so‘rab ketgan.

    Mehri Haydarova

    Mehri Haydarova
    Foto: “Daryo”

    Holatga guvoh bo‘lgan yana bir fuqaro Mehri Haydarovaning aytishicha, avval atrof yorishib ketgan, keyin qattiq ovoz chiqib, gumburlagan.

    “Zilzilada bo‘lgani kabi uy qimirlab ketdi. Nevaralarim qo‘rqib, dod solishdi. Oynalar singani, shiftlar ko‘chib tushganini hisobga olmasa, o‘zimizga hech qanday zarar yetgani yo‘q”, — dedi Mehri Haydarova.

    Farhod Haydarov

    Farhod Haydarov
    Foto: “Daryo”

    Harbiy qismdan 900 metr uzoqlikda ikkita tovuq fermasi joylashgan Farhod Haydarovning aytishicha, ferma binolariga juda katta zarar yetgan.

    “O‘sha harbiy qism yaqinida ikkita tovuq fermamiz bor edi. Ferma binosining shiftlari tushib, 50 ga yaqin darchasi sinib ketgan. Tomga nimadir kelib tushgan, shiferlari maydalanib, yo‘q bo‘lib ketgan. Katta ustunlariga shikast yetibdi. Kichkina teshikdan zarb kirib, eshik va romlarni 10 metr uzoqlikka otib yuborgan. Shifrlarni mixidan chiqarib tashlagan. Xuddi qoziq qoqqandek beton bo‘laklari yerga kirib ketgan”, — dedi Farhod Haydarov.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, sapyorlar guruhi atroflarni o‘rganib, bombaning qoldiqlarini terib, o‘sha yerga belgi qo‘yib ketishgan.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan guvohlarning aytishicha, portlash ta’siri Toshkent viloyatining Chinoz va Yangiyo‘l tumanigacha yetib kelgan.

    Hozirda portlash radiusi qancha bo‘lgani va uning aniq sabablari aytilganicha yo‘q.

    Otabek Nosirov

    Otabek Nosirov
    Foto: “Daryo”

    Yangiyer shahar hokimi Otabek Nosirovning ma’lum qilishicha, respublika va viloyat mutasaddilari tomonidan tezkor ishchi guruhlari tuzilib, har bir mahalla kesimida yetkazilgan zarar o‘rganib chiqilgan.

    “Yetkazilgan zarar jadval asosida o‘rganib chiqildi. Shunga muvofiq aholiga oyna va rom, shifer mahsulotlari yetkazib berilmoqda”, — dedi Otabek Nosirov.

    Sirdaryo viloyati hokimligi bergan ma’lumotga ko‘ra, portlashdan zarar ko‘rgan turar va noturar joy binolarga 10 ming kvadrat oyna va 4,5 ming listdan ortiq shifer yetkazib berilgan.

    Mudofaa vazirligining bildirishicha, ayni vaqtda hududga jalb etilgan harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy qism atrofidagi ayrim mahallalarning shikast yetgan xonadonlari ko‘zdan kechirilib, uy egalariga yordam ko‘rsatilyapti.

    Deraza oynalarining barchasi sinib ketgan xonadon

    Deraza oynalarining barchasi sinib ketgan xonadon
    Foto: “Daryo”

    “Xonadonlarning oynalari yangilanmoqda, tom qismiga zarar yetgan obyektlar ta’mirlanyapti. Hosil bo‘lgan chiqindilar to‘liq tozalanyapti. Harbiy qism hududida joylashgan harbiy shaharchada ham ayrim xonadonlarning singan oynalari va eshiklari ta’mirlanmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.

    Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
    24.10.2022, 10:00   Izoh (0)   14561
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda so‘nggi 5 yilda elektromobillar importi hajmi qanchalik o‘zgardi?

    24.10.2022, 09:21

    Rossiya O‘zbekistonga kungaboqar yog‘i, qandolat mahsulotlari va bug‘doy eksportini oshirmoqchi

    24.10.2022, 08:05

    O‘zbekistonda 25-oktabr kuni quyosh tutilishi kuzatiladi

    24.10.2022, 00:38

    Xalq sayli, modalar namoyishi, osh musobaqasi va atlas kiygan xorijliklar — Marg‘ilondagi “Atlas bayrami”dan fotoreportaj

    24.10.2022, 00:31

    Qoraqalpog‘istonda vazirlar, Surxondaryo va Qashqadaryoda esa sobiq hokimlar “ta’zirini yedi”: “Daryo”da haftalik dayjest

    23.10.2022, 23:31

    Shahrixonda ikki Cobalt o‘rtasidagi YTH oqibatida yong‘in kelib chiqdi (video)

    23.10.2022, 23:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Los-Anjelesda noma’lum erkak odamlarga qarata o‘q uzdi

    Dunyo | 5 avgust, 23:55

    Samarqand viloyatining uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:48

    Netanyaxu Tramp va Putin o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish uchun vositachilik qilmoqda — OAV

    Dunyo | 5 avgust, 23:45

    Toshkentda 21 kunda fuqarolardan 1715 ta tig‘li qurol musodara qilindi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:35

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.