• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” kundaligida 24-oktabrda sodir bo’lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri  24-oktabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

    Shoygu NATO mamlakatlari mudofaa vazirlariga qo‘ng‘iroq qilib, Ukraina “iflos bomba”ni portlatishga tayyorlanayotganini bildirdi

    Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning NATO mudofaa vazirlariga qo‘ng‘iroq qilib chiqishdan maqsadi G‘arbning Ukrainaga harbiy ko‘magini sekinlashtirish yoki to‘xtatishdan iborat bo‘lgan. Urushni tadqiq qilish instituti mutaxassislari shunday fikr bildirdi. Ularning qayd etishicha, Rossiya qo‘rquvni alanga oldirib, alyansni zaiflashtirmoqchi.

    Eslatib o‘tamiz, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 23-oktabr kuni Fransiya, Turkiya, Buyuk Britaniya va AQSH mudofaa vazirlari bilan telefon orqali bog‘langan va muzokaralar chog‘ida “Ukraina tomonidan ‘iflos bomba’ qo‘llangan holda provokatsiyalar amalga oshirilishi ehtimoli yuzasidan o‘z xavotirini” bildirgan. Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu versiyani asoslovchi hech qanday dalillarni taqdim etmagan.

    Muzokaralardan avvalroq Shoygu “RIA Novosti”ga bergan intervyusida “Kiyev rejimi Ukrainada ‘iflos bomba’ ishtirokida provokatsiya tayyorlayotgani” haqida ma’lum qilgan edi.Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Sergey Shoyguni keskin vaziyatni yanada kuchaytirish uchun bahona sifatida bunday bayonotlarni qo‘llamaslikka chaqirdi.

    Ukraina hukumati esa “iflos bomba” haqidagi xabarlarni yolg‘on deb atadi. Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning ta’kidlashicha, Ukraina Yadro quroli tarqatmaslik haqidagi shartnomani qo‘llab-quvvatlaydi. “Bizda hech qanaqa ‘iflos bombalar’ yo‘q va biz ularga ega bo‘lishni rejalashtirmayapmiz”, — degan Kuleba.

    O‘z o‘rnida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy vaziyatga quyidagicha baho bergan: “Rossiya o‘zi kelgan hamma joyda o‘zidan keyin ommaviy qabrlar, zindonlar, vayron bo‘lgan shahar va qishloqlar, minalangan yerlar, yo‘q qilingan infratuzilma va tabiiy ofatlarni qoldiradi. Yevropaning bizga tegishli qismida yadro quroli qo‘llashi mumkin bo‘lgan faqat bitta subyekt bor — va shu subyektning o‘zi o‘rtoq Shoyguga kimlargadir qo‘ng‘iroq qilishni buyurgan”.

    Isroil Ukrainaga Eron dronlariga qarshi kurashish uchun razvedka ma’lumotlarini taqdim etgan — NYT

    Isroil Ukraina harbiylariga Eron dronlariga qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan razvedka ma’lumotlarini taqdim etgan, deb yozadi New York Times ukrainalik mansabdorga tayanib.

    13-oktabr kuni Kiyev viloyatida muhim infratuzilma obyektlari kamikadze dronlar zarbalariga uchradi. Shundan keyin Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Isroil hukumatiga rasmiy nota yuborib, Kiyevga havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini yetkazishni so‘rashini ma’lum qilgan.

    18-oktabr kuni Isroil va Ukraina mudofaa vazirlari Benni Gans va Aleksey Reznikov o‘rtasida telefon orqali muloqot o‘tkazilishi kerak bo'lsada, biroq Isroil tomoni so‘nggi lahzada qo‘ng‘iroqni rad etdi.

    Muzokaralardan bosh tortilishini nashr Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning bayonoti bilan bog‘lamoqda, u avvalroq “Isroil tomonidan Kiyevga qurol-yarog‘ berilishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi barcha davlatlararo munosabatlarni buzishi” haqida ogohlantirgandi. Ertasi kuni Gans, Isroil Ukrainaga qurol taqdim etmasligini ma’lum qildi.

    Ukrainada yalpi safarbarlikni boshlash rejalashtirilmoqda — OAV

    Ukraina yalpi safarbarlik e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mahalliy nashrlar Ukraina Mudofaa vazirligiga tayanib xabar bermoqda. Kiyev Rossiyada e’lon qilingan qisman safarbarlik tufayli, frontda Rossiya armiyasi son jihatdan ustun kelishidan xavfsiramoqda.

    Xabarda aytilishicha, Ukrainada umumiy safarbarlik 24-fevraldayoq e’lon qilingan bo‘lsa-da, yangi bo‘linmalarni tashkil qilish va qurollantirish bo‘yicha cheklangan imkoniyatlarni hisobga olganda, yalpi safarbarlikka ehtiyoj bo‘lmagan, ammo endi vaziyat o‘zgarmoqda.

    Avvalroq Kiyev to‘ldirish markazi boshlig‘i Maksimov Ukraina qo‘shinlarini to‘ldirishga ehtiyoj borligini, shu sababli hamma joyda harbiy majburiyatga ega erkaklarning barchasiga chaqiriq qog‘ozi topshirilishini aytgandi.

    Ayni vaziyatda Shols va fon der Lyayyen Ukraina uchun “Marshall rejasi” tuzilishini yoqlab chiqdi. Ukraina uchun “Marshall rejasi” zarur, uni hoziroq ishlab chiqishni boshlash kerak, dedi Germaniya kansleri Olaf Shols va Yevrokomissiya rahbari, Germaniya sobiq mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyen Frankfurter Allgemeine Zeitung nashri uchun yozgan maqolasida. Maqola Berlinda Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha konferensiya arafasida e’lon qilindi, unda, shu jumladan, Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal ham qatnashadi.

    Shols va fon der Lyayyen maqolada eslatishicha, Ukraina Yevroittifoqqa a’zo bo‘lish uchun nomzoddir. “Shuning uchun qayta tiklanish sari yo‘l — Ukrainaning Yevroittifoqqa tomon yo‘li hamdir. Ukraina qoidalarga asoslangan xalqaro tartibni, bizning tinchligimiz asosini, butun dunyo taraqqiyotini ham himoya qilmoqda. Shuning uchun biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsak, demak o‘z kelajagimizni, bizning umumiy Yevropamiz kelajagini qurayotgan bo‘lamiz”, — deya qayd etdi siyosatchilar. Yevrokomissiya rahbari va kansler shuni ham ta’kidladiki, Ukrainani qayta tiklash avlodlar vazifasidir, unga esa bugun kirishish kerak.

    “Bo‘lib o‘tgan hodisa yuzasidan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda” — Sherzod Asadov

    Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Sirdaryoda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan izoh berdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

    “OAV va blogerlarimiz tomonidan har xil fikrlar, savol tug‘ilyapti. Demak, bu portlashning tasnifi bo‘yicha. Yakka portlash nima degani o‘zi. Bu keyinchalik detonatsiya bermagan portlash. Ya’ni agar mana shu omborni oladigan bo‘lsak, bu omborxona 20-asrning 40 yillarida qurilgan, ilgari texnik qoidalarga ko‘ra juda ko‘p miqdorda qurol-yarog‘ saqlangan. Ammo 2016-yildan so‘ng prezident topshirig‘iga ko‘ra barcha omborlar rekonstruksiya qilinmoqda. Barchasining atrofida jahon standartlariga ko‘ra kichik omborlar qurilmoqda va ularda kam miqdorda qurol-yarog‘ saqlanmoqda.

    Barcha obyektlarda jahon standartlariga ko‘ra qo‘yiladigan talab asosida injener-muhandislik ishlari olib borilmoqda. Sirdaryo viloyatidagi portlash ham shunday omborlardan birida sodir bo‘lgan va xavfsizlik talablariga amal qilingani tufayli katta talafot bo‘lmadi. Bo‘lib o‘tgan hodisa yuzasidan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda va bunga olib kelgan barcha omillar inobatga olinib, keng jamoatchilikka e’lon qilinadi”, — degan Sherzod Asadov

    24.10.2022, 23:26   Izoh (0)   11594
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentning 2 tumanidagi ayrim joylarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

    24.10.2022, 23:16

    O‘zbekistonda aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash choralari ko‘rilmoqda

    24.10.2022, 21:37

    Toshkent viloyatida YPX inspektori avtohalokatga uchradi

    24.10.2022, 20:59

    Kamyob hodisa: bosh prokuror Oliy suddan o‘z o‘rinbosari tomonidan kiritilgan protestni qaytarib oldi

    24.10.2022, 20:35

    Qashqadaryoda 57 yoshli shifokorni kaltaklangan shaxs qamoqqa olindi

    24.10.2022, 20:26

    Surxondaryoda 50 sotix yer maydonini noqonuniy egallab olgan shaxs ushlandi

    24.10.2022, 19:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida ikki nafar qiz suv omboriga cho‘kib ketdi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 15:50

    Eron Isroilga josuslik qilgan shaxsni qatl etdi

    Dunyo | 6 avgust, 15:40

    “Bo‘sh joy yo‘q”. Jennifer Lopesni Istanbuldagi Chanel do‘koniga kiritishmadi

    Shou-biznes | 6 avgust, 15:27

    “O‘zgidromet” 7-avgustda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 15:15

    Suleyman Karimovning 325 mln dollarlik yaxtasi kimoshdi savdosiga qo‘yildi (video)

    Dunyo | 6 avgust, 15:10

    Ular taslim bo‘lmagan: nogironligiga qaramay muvaffaqiyatga erishgan aktyorlar

    Kino | 6 avgust, 15:00

    O‘zbekistonda hayvonlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha qonun qabul qilindi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 14:50

    Indoneziya Turkiyada ishlab chiqilgan KHAN ballistik raketa tizimini qabul qilib oldi

    Dunyo | 6 avgust, 14:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.