• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Shoygu NATO mamlakatlari mudofaa vazirlariga qo‘ng‘iroq qilib, Ukraina “iflos bomba”ni portlatishga tayyorlanayotganini bildirdi

    Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 23-oktabr kuni Fransiya, Turkiya, Buyuk Britaniya va AQSH mudofaa vazirlari bilan telefon orqali bog‘landi, deb yozadi Meduza. Ularning har biri bilan Shoygu Ukrainadagi “nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada kuchayib ketishga moyil bo‘lgan” vaziyatni muhokama qildi.

    Sergey Shoygu

    Sergey Shoygu
    Foto: “TASS”

    Fransiya, Turkiya va Buyuk Britaniya vakillari bilan muzokaralar chog‘ida, Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Shoygu “Ukraina tomonidan ‘iflos bomba’ qo‘llangan holda provokatsiyalar amalga oshirilishi ehtimoli yuzasidan o‘z xavotirini” bildirgan. Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu versiyani asoslovchi hech qanday dalillarni taqdim etmagan. Rossiya idorasining Pentagon bilan muzokaralar haqidagi xabarida Rossiya vaziri suhbat chog‘ida “iflos bomba” mavzusini ko‘targan-ko‘tarmaganiga aniqlik kiritilmagan.

    “Iflos bomba” — radioaktiv moddalardan tarkib topgan, biroq oddiy portlovchi moddaga asoslangan, ya’ni mustaqil yadroviy reaksiyaga qodir bo‘lmagan faraziy portlovchi qurilma. “Iflos bomba” odatda terroristik hujumning ehtimoliy turlaridan biri deb hisoblaniladi.

    Muzokaralardan avvalroq Shoygu “RIA Novosti”ga bergan intervyusida “Kiyev rejimi Ukrainada ‘iflos bomba’ ishtirokida provokatsiya tayyorlayotgani” haqida ma’lum qilgan edi. Rossiya davlat agentligi “turli mamlakatlardagi, shu jumladan, Ukrainadagi ishonchli manbalar”ga tayangan. Agentlik da’vo qilishicha, provokatsiya, go‘yoki, Rossiyani ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanishda ayblash va “shu tariqa dunyoda Moskvaga nisbatan ishonchga putur yetkazishga qaratilgan kuchli aksilrossiya kampaniyasini boshlash” uchun tayyorlanmoqda. “RIA Novosti” xabariga qaraganda, “iflos bomba”, go‘yoki, Ukrainada yaratilmoqda, Kiyev esa “yadro quroli tarkibiy qismlarining Ukrainaga taqdim etilishi ehtimoli yuzasidan” Buyuk Britaniya bilan muloqot olib bormoqda. Boshqa mustaqil manbalar bu axborotni tasdiqlamagan.

    Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Sergey Shoyguni keskin vaziyatni yanada kuchaytirish uchun bahona sifatida bunday bayonotlarni qo‘llamaslikka chaqirdi. Britaniya Mudofaa vazirligi ikki vazir o‘rtasida Rossiya tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan suhbat tafsilotlarini keltirib o‘tdi. Ikkala vazir ham suhbat chog‘ida o‘zini “professional tarzda tutgani va bir-biriga nisbatan hurmatni saqlagani”ni qayd etdi.

    Turkiya Mudofaa vazirligi, o‘z navbatida, xabar berishicha, suhbat mobaynida Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar Sergey Shoyguga Anqara mintaqada barqarorlikni qayta tiklashda yordam berishga tayyorligini bildirgan. “Tomonlar mintaqada vaziyatni yanada chuqurlashtirib yuborishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy provokatsiyalar qarshisida ogohlikni saqlash zarurligini qayd etdi”, — deyiladi Turkiya Mudofaa vazirligi xabarida.

    Ukraina hukumati “iflos bomba” haqidagi xabarlarni yolg‘on deb atadi. “Rossiyaning Ukraina, go‘yoki, ‘iflos bomba’ qo‘llashni rejalashtirayotgani haqidagi yolg‘oni qanchalik kulgili bo‘lsa, shunchalik xavflidir ham”, — dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba. Uning ta’kidlashicha, Ukraina Yadro quroli tarqatmaslik haqidagi shartnomani qo‘llab-quvvatlaydi. “Bizda hech qanaqa ‘iflos bombalar’ yo‘q va biz ularga ega bo‘lishni rejalashtirmayapmiz… Rossiyaliklar ko‘pincha o‘zlari rejalashtirayotgan narsalarda boshqalarni ayblaydi”, — dedi Kuleba.

    Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Shoyguning bayonotini izohlar ekan, “bezbetlik bilan yolg‘on gapirsa, bunga kimdir ishonadi, deb o‘ylaydigan subyektlar ijrosidagi mutlaqo va butunlay kutilgan bema’nilik” ekanini aytdi.

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainada “iflos bomba” faqat Rossiya tomonidan qo‘llanilishi mumkinligini ma’lum qildi.

    “Rossiya o‘zi kelgan hamma joyda o‘zidan keyin ommaviy qabrlar, zindonlar, vayron bo‘lgan shahar va qishloqlar, minalangan yerlar, yo‘q qilingan infratuzilma va tabiiy ofatlarni qoldiradi. Yevropaning bizga tegishli qismida yadro quroli qo‘llashi mumkin bo‘lgan faqat bitta subyekt bor — va shu subyektning o‘zi o‘rtoq Shoyguga kimlargadir qo‘ng‘iroq qilishni buyurgan”, — dedi Zelenskiy o‘z videomurojaatida.

    Bu Rossiya tomonidan so‘nggi vaqtlarda Ukrainaga qarata aytilayotgan birinchi ayblov emas. 18-oktabr kuni Rossiyaning Ukrainaga istilosiga qo‘mondonlik qiluvchi Sergey Surovikin Ukraina Xerson viloyatining bosib olingan hududida joylashgan Kaxov GES to‘g‘oniga yoppasiga raketa zarbalari berishni rejalashtirayotganini aytgandi. Amerika urushni tadqiq qilish instituti Rossiya, katta ehtimol bilan, Kaxov GES dambasiga zarar yetkazib, hodisada Ukrainani ayblashga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Shundan keyin Zelenskiy, Kiyev hukumati ma’lumotlariga tayanib, Rossiya harbiylari Kaxov GES dambasini minalab qo‘yganini aytdi.

    24.10.2022, 09:18   Izoh (1)   21997
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 63877142@telegram.org / 24.10.2022, 13:51

      Гуёки Киевда ифлос бомба килмаслиги мумкиндай, гуёки Владимир Зедленский оппок беайб куёнча, миллатини 50 йил оркага тортган сиёсий клоун!!!

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ilon Mask Washington Post gazetasini ikkiyuzlamachilar deb atadi

    24.10.2022, 00:06

    Eron Ozarbayjon chegarasida harbiy mashg‘ulotlar boshladi

    23.10.2022, 22:56

    Isroil Eronning Suriyadagi dron bazasiga hujum qildi

    23.10.2022, 21:50

    Xersondagi terakt oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, uch kishi yaralandi

    23.10.2022, 20:18

    Irkutskda harbiy samolyot ikki qavatli uy ustiga qulab tushdi (video)

    23.10.2022, 19:23

    Si Szinpin Xitoy xalqining buyuk vazifasi mamlakatni modernizatsiya qilish ekanini aytdi

    23.10.2022, 18:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.